«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»
Download 274.85 Kb.
|
Hamkorlik pedagogikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonparvarlik
Insoniylashtirish – jamiyatda insonparvarlik amallarini kuchaytirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, muloyimlik va insoniylik bilan uyg‘unlashgan holdagi tugallangan estetik shaklga ega bo‘lgan insoniy qobiliyatlarni yuqori madaniy va axloqiy darajada rivojlantirish demakdir.
Insonparvarlik ( «inson» arabcha; «parvar» fors-tojikcha; «lik»o‘zbekcha qo‘plik qo‘shimchasi bo‘lib-kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm) odamzodning qadri, uning erkinligi qobilyatlari har tomonlama nomoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta'min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma'nosini anglatadi. Buyuk adiblarimizning fikricha, insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonning mahsuli hisoblanadi. Insonparvarlik g‘oyalari, baxt saodat va adolatga erishish orzu-havaslari, xalq og‘zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy falsafiy, pedagogik ta'limotlarda uzoq o‘tmishdan beri o‘z aksini topib kelmoqda. Insonparvar ta'lim - umuminsoniy qadriyatlar, insonning hayoti va sog‘lig‘i, shaxsning erkin rivojlanishi ustivorligi tamoyillariga asoslangan ta'limdir. Ta'limni insonparvarlashtirish tadbirlari talaba-o‘quvchilarning o‘z ixtisosliklari bo‘yicha bilimlari orqali ham, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar orqali va umuman madaniy, ma'naviy-axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali shakllangan ko‘nikma va malakalarida samimiylik, haqgo‘ylik, odamgarchilik, iymon-e'tiqod kabi sof insoniy sifat va fazilatlarning ustun bo‘lishini ta'minlashga, bo‘lajak mutaxassisning o‘z kasb-hunari bo‘yicha faoliyatida el-yurtning sihat-salomatligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy rivoji to‘g‘risida, mamlakatning tinchligi va osoyishtaligi, ekologik jihatdan tozaligi, obodonchiligi, Vatanning taqdiri va kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganishi va o‘zining bular uchun ham mas'ul ekanligini chuqur his etishini tarbiyalashga qaratilgandir.
Download 274.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling