Tarbiyalanuvchilarda kreativ tafakkurini shakllantirishda asosan biz
Reyting: Ushbu labirent yil oxirida tashxis qo'yish uchun taklif etiladi. . Reyting
Download 186.4 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
Reyting:
Ushbu labirent yil oxirida tashxis qo'yish uchun taklif etiladi. . Reyting: 3 ball - vazifa 60 soniyadan kamroq vaqt ichida bajariladi va labirentdan o'tib, bola 1-2 marta tayoqchani devorlariga tegizgan. 2 ball - vazifa 60 soniyadan so'ng bajariladi. 100 sekundgacha. Va labirentdan o'tib, bola uning devorlariga 5-6 marta tegdi. 1 ball - topshiriqni bola 100 soniya davomida bajaradi. va yuqorida, va labirentdan o'tib, bola uning devorlariga 7-9 marta tegdi yoki vazifa umuman bajarilmadi. Bоlalar jamоa bo`lib o`ynaganda bir - birining tartibsizligini, g`irrоm o`ynayotganini darrоv o`ziga aytdilar. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘yinlar bolalarni haqqоniylikka оdatlantiradi. O`yin davоmida bоlalar o‘z kamchiliklarini yo`qоtishga harakat qildilar. Bоshqalarga nisbatan aqlli, chaqqоn, kuchli va hоzirjavоbrоq bo`lishga intildilar. Shu bilan birga o‘yin jarayonoda bolalarda o`rtоqlik, bir -birini himоya qilish, jamоachilik kabi fazilatlar ham rivоjlanganligiga guvoh bo‘ldik. Bоlalar bоshqa faоliyatlarida ko‘rsata оlmagan tirishqоqlik, talabchanlik, epchillik kabi sifatlarini o`yinlarda yaqqоl namоyish qildilar. Tadqiqotimiz davomida tanlangan o`yinlarda bolalar o`zlarini erkin tutdilar, mustaqil ijodiy fikr yuritdilar va o`zlariga juda yuqоri talablarni qo`ydilar, qiyin vaziyatlardan o`zlaricha chiqishga harakat qildilar. Shuningdеk, ular хayolga kеlmagan narsalarni o`ylab tоpdilar.O‘tkazilgan mashg’ulotlar natijasida bolalarda quyidagi jihatlar shakllandi Ma’lumotlarni faol tarzda qabul qilish. Muammolarni hal etish Turli vaziyatlarda bilimlarini qo‘llay olish Tahlil qilish, xulosa chiqarish, o‘zining xissiyotlari va fikrlarini baholay olish O‘zgacha fikrlarni qabul qilish uchun ochiqlik Boshqalar bilan hamkorlik qila olish O‘zining xatolarini to‘g‘rilashga tayyorlik va murosaga kela olish. O`yinlar o`tkazilayotganda tarbiyalanuvchilar plakat-chizmalardagi tasvirlar va mоdеllarni idrоk qilib, bоshqa narsalarga o‘хshatishlarida kreativ tafakkuri rivojlanadi. Bоlalarning bu хususiyatlaridan fоydalanish maqsadida, dеtallarni hayotdagi narsalarga taqqоslash оrqali ularning mustahkam idrоk qilishiga erishildi. Xulosa qilib aytganda, o‘yinlar orqali tarbiyalanuvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan muayyan o‘yin mashqlarni taklif etish tarbiyalanuvchilarning ijodiy fikrlashga oid mustaqil faolligi ortishi bilan birga suhbatlashish davomida yuzaga keladigan muammolarning yechimini mustaqil ravishda topish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga ham ega bo‘lib boradi. Bolalar orasidan kreativ qobiliyatga ega bolalarni diagnostik usullar orqali aniqlash, ular bilan olib boriladigan ishlarni takomillashtirish uchun, dastavval, bolalarning kreativlik mezonlarini quyidagicha belgilab oldik: Ma’lumotlarni xotirasida yaxshi va uzoq saqlay oladi; Mustaqil, ijodiy, mantiqiy va abstrakt tafakkuri rivojlangan; Har qanday vaziyatdagi muammolarni ko‘ra oladi va ushbu muammolarning original yechimini topadi. Demak, biz yuqorida ishlab chiqqan mezon asosida (1-mezon: ma’lumotlarni xotirasida yaxshi va uzoq saqlay oladi) bolalarga ertak o‘qib berdik va shu asosida ularning ertakni qay darajada xotirasida saqlab qolganligi, so‘z boyligi, ertak voqealarini o‘zaro bog‘lay olishi bo‘yicha tekshirdik. Navbatdagi mezon (2-mezon: mustaqil, ijodiy, mantiqiy va abstrakt tafakkuri rivojlangan). O‘zlariga biror bir mavzuda hikoya yoki ertak to‘qishlari lozimligini topshirdik. Bu topshiriqda bolalarning hikoya uchun original mavzu tanlay bilishi, voqealar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikka e’tibor qaratishi va tugallikka, ma’lum bir xulosaga kelishi kabilarga e’tibor qaratdik. 3-mezonga (Har qanday vaziyatdagi muammolarni ko‘ra oladi va ushbu muammolarning original yechimini topadi) quyidagi topshiriqni bajarishlarini so‘radik. Bunda bolalarga o‘rtacha murakkablikdagi krossvordlarni taqdim etdik. Maktabgacha yoshdagi balalarni kreativ tafakkurini shakllantiruvchi o‘yinlarni amalga oshirish jarayonida qo‘yidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz: Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur darajasi, axloqiy mezonlarni anglash darajasini inobatga olish; tarbiyalanuvchilarni to‘la qonli faoliyatga jalb etish; balalarni kreativ tafakkurini shakllantirishga doir bilimlarni egallashga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish; amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish. Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, dasturni amalga oshirish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun qulay va samarali pedagogik shakllar, didaktik o‘yinlar, metod va vositalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bunda turli o‘yin va mashg‘ulotlar to‘plamidan foydalanish biz tanlagan muammoning samarali bo‘lishiga olib keladi. Mashg‘ulotlar to‘plamidan foydalanish tarbiyalanuvchilarda vaziyatlarga ijodiy yondashuv, tafakkur tezligining ortishi, o‘z-o‘zini anglash va boshqarish, hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, murakkab vaziyatdan tez va oson chiqib keta olish, axloq, e’tiqod, ishonch va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar Download 186.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling