Tarbiyaning maqsad va vazifalar


Download 0.74 Mb.
bet5/7
Sana25.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1227860
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiyaning maqsad va vazifalar

Ahloqiy tarbiya – harakterning ahloqiy sifatlari, ko‘nikmalar va hulq-atvorning shakllanish jarayoni. Ahloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va ye’tiqodlar, jamiyatning tegishli me’yorlariga mos keladigan ko‘nikmalar va hulq-atvorning ahloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Ahloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi bo‘lmagan me’yorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va me’yorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan ahloqiy sifatlar- halollik. adolat, burch, tartiblilik, mas’ullik, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va boshqalar.

Hissiy (estetik) tarbiya shahsni tarbiyalashning turlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi – voqelikka estetik munosabatni shakllantirish. Uning vazifalari: - estetik bilimlarni shakllantirish; - estetik madaniyatni tarbiyalash; - estetik hissiyotni rivojlantirish; - estetik idealni shakllantirish; - hamma narsa: fikrlashda, ishlarda, hatti-harakatlarda, tashqi ko‘rinishda va har qaerlarda go‘zal bo‘lishga intilish.

Mehnat tarbiyasi – mehnat faoliyatiga qo‘shish jarayoni, har tomonlama va uyg‘un rivojlangan shahs shakllanishining asosi. Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy hulq-atvorni shakllantirish Iqtisodiy tarbiya jamiyatning iqtisodiy hayotini tushunish, bozor sharoitlarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ishbilarmonlik hislatlari va boshqalarni ta’minlaydi. Ekologik tarbiya –ekologik ong shakllanishi, yekologik madaniyat tarbiyasi jarayoni.

Tarbiya tehnologiyasi Tarbiya tehnologiyasi – tarbiya jarayonida shakllar, yo‘llar, usullar, va vositalarning jamuljamligidir. Tarbiya jarayoninng yahlitligi majmuaviy yondashuv orqali amalga oshiriladi. Majmuaviylik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro harakatning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllarining birligini anglatadi. Tarbiyaning zamonaviy tehnologiyalari quyidagi talablarni bajaradi: – tarbiyalanuvchilarga uchta yo‘nalish bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadi: ongga, hissiyotga va hulqqa.; – ijobiy natijaga tarbiya va shahs o‘zini tarbiyalashiining uzviy birikuvida erishiladi; – tarbiyaga aloqador barcha ijtimoiy institutlar va birlashmalarning (ommaviy ahborot vositalari, adabiyot, san’at, maktab, tartibot idoralari va boshqalar) birligi va kuch-g‘ayratlarining muvofiqlashtirilishi – majmuaviy yondashuvning zaruriy shartidir; – shahsning ma’lum fazilatlari aniq tarbiya ishlari tizimi orqali amalaga oshiriladi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling