Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”
-mavzu: Maktabda o`lkashunoslik to`garagi faoliyatini tashkil etish
Download 494 Kb.
|
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)
10-mavzu: Maktabda o`lkashunoslik to`garagi faoliyatini tashkil etish.Reja:1. O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish. 2. To`garakning ish rejasi. 3. O`lkashunoslik to`garagining ish faoliyati. Maktablarda o`quv-tarbiya ishlarning saviyasini bugungi kunda yuksak talablar darajasiga ko`tarishda o`lkashunoslik to`garagi katta ahamiyatga ega. Tarixiy o`lkashunoslik to`garaklari hamda muzeylarning o`rta va oliy o`quv yurtlari tarix fakul’tetlari qoshida tashkil etilishi, bu ishga maktab o`qituvchilari jamoasi, yoshlar va ota-onalar qo`mitasi xamda talabalarning keng jamoatchiligining jalb etilishi uning ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishga yordam beradi. Maktabda o`lkashunoslik to`garagini tashkil etish o`quvchilarning o`z o`lkalarini chuqur o`rganishlariga katta yordam beradi. O`lkashunoslik to`garagini tashkil etishdan oldin ana shu muhim va murakkab ishga rahbarlik qila oladigan, o`lkashunoslik ishini chin ko`ngildan sevadigan va bu sohada etarli bilim va malakaga ega bo`lgan mutaxassisdan rahbar tanlash va uni maktab o`qituvchilar kengashida tasdiqlab olish zarur. O`lkashunoslik to`garagining rahbari eng avvalo, o`lkashunoslik nimalarni o`rganadi, o`lkashunoslikning manbalari, ob`ektlari turlari, uning rivojlanish tarixi, ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarini juda yaxshi tushunishi va bilishi kerak. Binobarin, ana shularni o`rganib olmasdan turib, biron natijaga erishib bo`lmaydi. O`lkashunoslik to`garagi ishi uning quyidagi asosiy manbalarini o`rganishdan boshlanadi: A) O`lkashunoslik haqida qisqacha ma`lumot V) O`lkashunoslikda arxeologiya, etnografiya va toponimikaning roli va ahamiyati S) O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri arxivshunoslik, muzey eksponatlari haqida batafsil so`zlab berish. Xo`sh, bu manbalarning har biri qanday masalalar bilan shu\ullanadi? Demak, ish o`lkashunoslikning birinchi manbai «arxeologiya nima» degan savoldan boshlanadi. Arxeologiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib «arxayos» - qadimgi «logos» fan degani, ya`ni qadimshunoslikni o`rganadigan fan ma`nosini anglatadi. Dastlab bu atamani miloddan avvalgi IV asrda Aflotun o`zining «Gippiy» diologida «qadimgi zamon haqidagi fan» sifatida tilga olgan. Bu fan Evropada ancha qadimdan rivojlanib kelgan. Rus arxeologiyasi ham o`zining tarixiga ega. O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududida ham SHarqshunos olimlar, havaskor arxeologlarning olib borgan bu sohadagi ishlari bilan tanishtiriladi. So`ng boshqa fanlar qatori arxeologiya fani ham keyingi davrda rivojlanganligi, O`zbekiston arxeologiyasining vujudga kelishida, rivojlanishida rus sharqshunoslarining ko`rsatgan xizmatlari, mahalliy arxeologlarning olib borgan ishlari hozirgi kundagi o`zbek arxeologlarining ulkan yutuqlari to`\risida to`garak rahbari batafsil gapirib beradi. Arxeologlar o`rganadigan predmet, ob`ektlari haqida tushuncha beradi. So`ng, arxeologiyaga yaqin va uni aniqlikda yordam beradigan fanlar ustida to`xtaladi. O`lkashunoslikning ikkinchi manbai etnografiya bo`lib, u o`tmishda va hozirda xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari, madaniyatiga doir ma`lumotlarni hamda millatlarni kelib chiqishiga, ularning moddiy va ma`naviy madaniyatini o`sib borishiga doir materiallarni o`rganadi. O`lka tarixini o`rganishning yana bir asosiy manbai toponimikadir. Toponimika qanday masalalarni o`rganadi degan savol tu\ilishi tabiiy. Toponimika ham lotin tilidan olingan bo`lib, ikki so`zning birikmasidan tashkil topgan. YA`ni, «topos» joy, «onoma» nom, demak joyning nomini o`rganadigan fan degan ma`noni bildiradi. Greklar bu fanni «er tili» ham deb ataydilar. Toponimika qishloq, tuman, shaharlarning nomlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotdagi o`zgarishlar zamirida o`rganadi. O`qituvchi rahbar toponimika haqida gapirayotganda uni bevosita tilshunoslikka oid bo`lgan va toponimlar deb hisoblangan quyidagi terminlari haqida ham to`xtalib o`tish zarur, aniqki, o`quvchilar material yi\ish jarayonida mana shunday terminlarga ham e`tibor beradigan bo`ladilar. O`lkashunoslik to`garagining asosiy manbalaridan biri arxiv hujjatlaridan foydalanish ekanligini to`garak rahbarlari yana bir bor aniq dalillar bilan tushuntiradilar. Maktabda o`lkashunoslik ishlarini olib borish quyidagicha bo`ladi: O`lkashunoslikni o`zi ikkiga bo`linadi: a) maktab o`lkashunosligiga, b) bolalar turistik stantsiyasiga. Maktab o`lkashunosligi darsda va darsdan tashqarida amalga oshiriladi. Bolalar turistik ekskursiya stantsiyasi ekspeditsiya va poxodlar uyushtiradi. Natijada darsdan tashqari olib borilgan xamda turistik ekskursiya stantsiyalari tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya va turistik poxodlarda to`plangan materiallar maktab o`lkashunoslik to`garagida muhokama qilinadi. Bunda rahbar o`qituvchi o`lkashunoslikni barcha manbalari bilan o`z a`zolarini batafsil tanishtirishi shart. To`garakka shu ishga astoydil qiziqadigan tarix, geografiya, inson va jamiyat, adabiyot va boshqa fanlardan puxta bilimga ega bo`lgan, sinchkov, qidiruvchan, izlanuvchan o`quvchilar tanlab olinishi kerak. To`garak a`zolari bilan obdon maslahatlashilgandan so`ng, to`garakning ishchi rejasi tuziladi va bu reja o`qituvchilar yi\ilishida tasdiqlanishi, so`nggina to`garak rahbari o`z a`zolarini har bir soha bo`yicha qilinadigan ishlar xarakteri bilan tanishtirishi, ularga yo`l yo`riqlar ko`rsatishi kerak. O`lkashunoslik to`garagining ish rejasi tahminan qo`yidagicha bo`lishi mumkin. 1. Jamoa va davlat xo`jaligi, qishloq, ovul, tuman yoki viloyat tarixini o`rganish; 2. Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq va tuman tarixini yoritadigan fotoal’bom, fotovitrina, stend va panno tashkil qilish. 3. To`plangan materiallar asosida jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman, shahar tarixini ommalashtiruvchi mahalliy matbuotdan foydalanish. 4. Barcha to`plangan materiallarni umumlashtirib, o`z o`lkasini tarixini yaratish. Endi birinchi sohamiz jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman tarixini qo`yidagicha guruhlarga bo`lib o`rganish mumkin: a) Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman hududidagi joy nomlarining ma`nosi, kelib chiqishini o`rganish. b) Xuddi shu hududlarda faxriy otaxonlar haqida materiallar yi\ish. v) YUqorida aytilgan hududlardagi shu hudud tarixiga oid tarixiy yodgorliklarni saqlash, topish, o`rganish va ulardan foydalanish. g) SHu hududlarga oid qo`lyozmalar, yozma hujjatlar topish; Albatta, bu ishlarni bajarish vaqti yil davomida bo`ladi. To`garak a`zolarining har biri muayyan topshiriqlar olishlari kerak. Topshiriq berish vaqtida to`garak a`zolarini yuqorida ko`rsatib o`tilgan to`rt soha bo`yicha gruppalarga bilish ma`qul. Har bir guruh o`ziga berilgan soha bo`yicha ish rejasini tuzib chiqishi kerak va bu o`lkashunoslik to`garagining maxsus kengashida tasdiqlangandan keyin ish boshlashi zarur. «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`\risida»gi qonunni birinchi moddasiga muvofiq, quyidagilar tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradi: Tarixiy yodgorliklarga xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealar bilan jamiyat va davlatning rivoji, milliy ozodlik harakati, ikkinchi jahon urushi, ijtimoiy texnikaviy qurilish bilan xalqlar madaniyati va turmushining rivoji bilan atoqli, siyosiy, davlat va harbiy arboblarning, xalq kahramonlarining, fan va san`at arboblarining hayoti bilan aloqador bo`lgan imoratlar, inshootlar, esdalik joylar va boshqalar kiradi. Arxeologiyaga oid yodgorliklar ko`hna shaharlar, qal`alar, qo`r\onlar, qadimiy manzilgohlar, qadimiy dafn joylar, tosh haykallar va boshqalar kiradi. San`at yodgorliklariga–monumental, tasviriy, amaliy, dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlari kiradi. YOzma hujjatlarga davlat va davlat boshqaruv organlarining aktlari, yozma hujjatlar, kino, fotohujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek qadimiy va boshqa qo`lyozmalar hamda arxivlar, musiqa yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi. O`lkashunoslik to`garagi ishiga iloji boricha qishloq yoki maktab hududidagi ko`pchilik ommani jalb etish maqsadga muvofiq. Ayniksa, etnografiya, toponomikaga oid va qadimiy qulyozma kitoblar hamda hujjatlar to`plashda o`sha hududda istiqomat qiluvchi qariyalar suhbatidan ko`proq foydalanish lozim. To`garakda muhokama etilgan har bir masala maktabda o`qitilayotgan tarix, inson va jamiyat fanlarining oldiga qo`yilgan pedogogik talablarni amalga oshirishda katta hissa qo`shadi va o`quvchilarning shu fanlardan olayotgan bilimlarini mustahkamlashga hamda kengaytirishga yordam beradi. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling