Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
— Meni Alloh taolo olam xalqini haq dinga chaqirmoqqa, alarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoq 
uchun yubordi. Men Alloh tomonidan butun xalq uchun rahmat keltirdim. La’nat o‘qib, 
odam bolalarini o‘ldirmak uchun kelganim yo‘q, — dedilar. 
So‘ngra «Allohummahdi qovmiy vag‘firlahum, fainnahum la ya’lamun». Ya’ni: «Ey bor 
Xudoyo, qavmimni haq yo‘lga solgin, yozuqlarini kechirgil, chunki ular bilmaydilar», deb 
duo qildilar. 
Bu Uhud urushida bir necha sahoba xotunlar ham urushga qatnashgan edilar. Alardin 
biri Ummu Ammora otliq bir xotun erdi. Bu xotun ersa, eri Zayd ibn Osim va ikki o‘g‘li 
bilan to‘rt kishi bo‘lib, urushga kirdilar. Bular haqida Rasululloh «Rohima kumullohu ahlal 
bayti», ya’ni, «Alloh taolo barcha oilalaringni rahmat qilsin», deb duo qildilar. Ummu 
Amora buni anglab: 
— YO Rasululloh, yana duo qilgaysizkim, jannatda siz bilan birga bo‘lgaymiz, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey bor Xudoyo, bularni jannatda menga rafiq qilgaysan, — dedilar. Rasulullohdin bu 
so‘zni onglagach: «Endi dunyoda nima musibat ko‘rsam parvoyimga kelmas», deb 
mardonalardek urushga kirdi. Rasulullohning oldi-orqa, o‘ng-so‘llaridan hech ajralmay 
yurib urushdi. Va shul kuni o‘n ikki joyidan yaralandi raziyallohu anho. 
Yana bu g‘azotga kirgan xotunlarning birisi Ummu Ayman Barakadur. Bu xotun ersa, 
Rasulullohni kichikliklarida ko‘tarib boqqan, otalari Abdullohdin meros qolgan dodaklari 
erdi. Rasululloh buni asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisaga nikohlab berdilar. Bundan 
Usoma ibn Zayd tug‘ildi. Mu’ta g‘azotida besh ming askarga bu o‘g‘ilning otasi Zaydni 
bosh qo‘mondon qilgan edilar. Bu muborak xotun yaradorlarga suv bermak niyati bilan 
Madinadan chiqayotganlarida, Uhud urushidan qochquvchilarga qarshi keldi. Alarning 
yuz-ko‘zlariga qum tuproqlar sochib: 
— Ey o‘limdan qo‘rqqan nomardlar, Rasulullohni dushmanlar qo‘liga qoldirib, uyalmay 
nechuk kelursiz, yo‘q ersa, xotunlardek egirchak olib egiringlar, qilich-nayzalaringizni biz 
xotunlarga topshiringlar, — deb shundoq so‘zlar bilan alarni qattiq uyaltirdi. 
O‘zi Uhud maydoniga qarab jo‘nadi, ko‘rdiki, bu urush musulmonlar ziyoniga aylanibdur. 
Rasulullohning vujudi-shariflari, bosh-oyoqlari degudek, bir qancha joylari yaralanibdur, 
buni ko‘rib, toqat keltirolmay, qilich olib urushga kirdi. Kofirlar tomonidan Habbob degan 
kishi bu muborak xotunni nishonga olib o‘q otdi, arablar odaticha, xotun va bolalarni 
o‘lja olish bo‘lsa ham, alarni urish, o‘ldirish yo‘q edi. Ammo ul nomardning otgan o‘qi 
Ummu Aymanga kelib tegib, yiqildi. Bu qilgan ishiga maqtanib, u kofir qattiq kuldi. 
Rasululloh buni payqab turgan edilar. Bu holni ko‘rib, qattiq xafalandilar. YOnlarida o‘q 
otib turgan Sa’d ibn Abi Vaqqosga uchida tig‘i yo‘q quruq yog‘och o‘q olib berdilar va: 
«Buning bilan u kofirdan Ummu Ayman qasosini qaytargil» dedilar. So‘ngra Sa’d ibn Abi 
Vaqqos tig‘siz yog‘och o‘qni unga qaratib otgan edi, xato qilmay, bo‘g‘iziga tegib, shul 
onda yiqildi. Buning chalqancha tushib yiqilganini ko‘rib, Rasululloh ham kuldilar. Bir 
zum ilgari Ummu Ayman yiqilganida bu kofir xush bo‘lib kulgan edi, xiyol o‘tmay bu ish 
o‘z boshiga tushdi. Buni ko‘rib Rasululloh: 
— Ey bor Xudoyo, Ummu Ayman qasosini Sa’d qaytardi, aning duosini sen har vaqt 
ijobat qilgil, — dedilar. 
Shuning uchun bu duo barakotidan Sa’d ibn Abi Vaqqosning duolari hamisha maqbul edi. 
Ma’lumdurki, ushbu Uhud urushida dushmanlarning soni o‘n mingga yaqin edi. Bularga 
qarshi qo‘yilgan islom qo‘shini mingga yetmas edilar. Yuqorida aytilishicha, urush 
boshlanishi bilan musulmonlar g‘alaba qozongan bo‘lsalar, o‘zlari sabab bo‘lib, bu 
g‘alabani qo‘ldan chiqardilar. Mana shuncha ko‘p dushman askarlari ichida qancha 
bahodirlar bor ersa, barchalari Rasulullohni o‘ldirmak qasdida ustilariga hujum qilishib 
ko‘rdi. Lekin, Alloh taolo Payg‘ambarimizni saqlab, alardin hech birlari maqsadlariga yeta 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
olmadi. Va bir necha sahobalardin boshqalari, ayniqsa, yuqorida nomlari yozilmish o‘n 
to‘rt odam o‘limga bosh bog‘lab, jonbozlik bilan Rasulullohni dushmandan qo‘riqladilar. 
Haqiqatda esa «Vallohu ya’simuka minannas», ya’ni, «Alloh taolo seni dushmanlardan 
saqlaydi», degan oyat nozil bo‘lib, shuning mazmunicha, alarning yomon qasdidan 
Payg‘ambarimizni Alloh o‘zi asradi. Bu oyat ifoda qilgan Allohning va’dasi chin bo‘ldi. 
Rasulullohning muborak mengzalari (yuzlari) qattiq yaralangan edi. Dushmanlardan Ibn 
Qam’aning otgan toshi yuzlariga tegib, buning zarbidan dubulg‘a halqasi yuz suyaklariga 
botib ketdi. Hazrati Abu Ubayda bu halqani chiqarmoqchi bo‘lib, qo‘llari bilan 
chiqarolmay, tishlab tortganlarida, oldingi ikki tishlari qo‘mirilib ketdi. muborak 
yuzlaridan va tishlaridan to‘xtamay qon oqqali turdi. Lekin Rasululloh yerga oqib tushgali 
qo‘ymay, surtib turdilar. Buning sababi, «Agar qonim yerga tomsa, bularga osmondin 
balo azobi tushgay», dedilar. Shu chog‘da Rasulullohga qattiq chanqoqlik paydo bo‘ldi. 
Buni bilib, Hazrati Ali qalqonlarini to‘ldirib suv keltirdilar. Uzun turib, suvning rangi 
o‘zgarib qolganlikdan uni ichmadilar. Darhol Muhammad ibn Maslama qayerdandir bir 
idishda toza suv keltirdi. Undin qonib ichib, haqqiga duo qildilar. 
Shu orada hazrati Fotima boshliq bir necha Madina xotunlari kelishdi. Rasulullohni bu 
holda ko‘rishib xotunlar yig‘lashib ketdilar. Rasulullohning bosh-ko‘zlarini qonga 
bo‘yalganini ko‘rib, hazrat Fotima chiday olmay, Rasulullohni quchoqlab ko‘p yig‘ladi. 
So‘ngra Hazrati Ali suv quyib, qonlik yaralarini yuvdilar. Yaralarining og‘zi ochilib 
ketganlikdan, qaytadan qon oqa boshladi. Buni ko‘rib, Fotima, kuydirgan bo‘yraning 
kulini yaralariga sepdi. Shu bilan qon to‘xtadi. Yana shu o‘rtada dushmanlardan bir 
bo‘lak kishilar tog‘ ustidan ko‘rinish qilib, maqsadlari shul tomondan hujum qilmoqchi 
edilar. Rasululloh alarni ko‘rib: 
— Ey bor Xudoyo, kofirlar mo‘min qullaringni yengib, alardin yuqori turmoqlari loyiq 
bo‘lmagay, Sening yordaming bilan har vaqt quvvat topgaymiz, yo‘q ersa, bular bilan 
urushmoqqa bizda kuch yo‘qdur, — dedilar. 
Buni onglab, Hazrati Umar boshliq bir necha muhojir sahobalar alarga qarshi chiqib, tog‘ 
ustidan qo‘g‘lab tushdilar. Mana bu oyat shu chog‘da nozil bo‘ldi: 
«Vala tahinu vala tahzanu va antumul a’lavna inkuntum mu’minin», ya’ni, «Ey 
mo‘minlar, bo‘shashmanglar, qayg‘urmanglar, albatta, sizlar ustundursizlar, agar chin 
mo‘min ersanglar», demakdur. 
Bu oyat mazmunida mo‘minlar uchun bek ulug‘ bashorat bordur. Chunki buning 
mazmunicha, har vaqt ustunlik va g‘olibiyat haqiqiy mo‘minlarga xos sifatlardandur. 
Chunki bu dunyo maydoni bo‘lsa, mo‘minlar uchun sinash o‘rnidur. Alloh taolo 
mo‘minlarni urush kunlarida gohi yengish, gohi yengilish bilan sinab boqadur. Agar 
musulmonlar chin mo‘minlik maqomini saqlay olsalar, har ishning sababini o‘z o‘rnida 
qilsalar, eng so‘ngi g‘alabani qozonishlarida hech shak-shubha yo‘qdur. Yuqorigi oyat 
ustiga mana bu hadis bordurkim, Rasululloh aytdilar: «Al-islamu ya’li vala yu’la», ya’ni 
«Islom ustun bo‘lur, ostin bo‘lmas, g‘olib kelur, mag‘lubiyatda qolmas» demakdur. 
Endi yuqorida aytilmish oyat, hadisdan chiqqan ma’noga qaralsa, qullikda qolgan, butun 
huquqlaridan ajrab, asoratga tushgan musulmonlar haqida qandoq hukm chiqarsa 
bo‘lur. Tushungan har bir odam buni o‘zi bilur. Yana maqsadga kelaylik. 
Rasululloh urushda olgan jarohatlarining ko‘pligidan, shu kungi peshin namozini turib 
o‘qishga kuchlari kelmay, o‘ltirib o‘qidilar. Sahobalar ham ko‘pchiliklari yarador, majruh 
bo‘lganliklaridan alar ham o‘ltirib iqtido qildilar. Shundoqkim, Hazrati Talha ibn 
Ubaydulloh, raziyallohu anhu, bu urushda yetmish necha joydin jarohatlangan edi. 
Yalang‘och qo‘li bilan dushman qurolidan Rasulullohni qo‘riqlab yurib, necha barmoqlari 
kesildi. Qon ko‘p oqqanlikdan, qonsirab yiqildi. Buni ko‘rib, Abu Bakr Siddiq aning yuziga 
suv sepib edi, hushiga kelishi bilan, — «Rasululloh nima bo‘ldilar, u kishi qandoqdur?», 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
— deb so‘radi. Omonliklarini onglab: «Ey Abu Bakr, endi bizga har qancha musibat 
yetsa, osondur», dedi. Ya’ni, Rasulullohni tirik ko‘rishdan umidlari uzilmish edi. Tirik 
borliklarini anglagach, buning quvonchligida boshqa mehnat mashaqqatlarini unutdilar. 
Yana sahobalardan Abdulloh ibn Jahsh, amir Hamzaning jiyanlari Uhud shahidlaridan 
edi. Uhud urushiga chiqardin bir kun ilgari shundoq deb duo qildilar: 
— Ey bor Xudoyo, erta urush maydonida qattiq ko‘ngillik, bir dushman bahodirini menga 
yo‘liqtir. Ul meni o‘ldirgan so‘ngida, unga qanoat qilmay, ko‘zimni o‘yib, quloq 
burunlarimni kesib tashlasin. Tongla qiyomat kuni sening dargohingga borganimda: «Ey 
Abdulloh, nega quloq-burning kesilmishdur, deb so‘ragaysan. — Sening yo‘lingda, 
payg‘ambaring yo‘lida kesildi, deganimda, «Rost aytursan», deb bu yo‘lda chinligimni 
bildurursan, — dedi. Darhol duolari qabul bo‘lmish edi, o‘zi degandek kofir 
bahodirlaridan Axnas ibn Shurayq degan kishi qo‘lida o‘ldirildi. So‘ngra quloq-burunlari 
kesilib, ko‘zlari o‘yilib, shahidi a’lo darajasiga yetdilar. 
Shu kundagi urushda chopib turgan qilichi temir sovutlar ustiga qattiq urganlikdan uzilib 
ketgan edi. Rasululloh buni ko‘rib, darhol bir xurmo yog‘ochi shoxini olib, qo‘liga 
berishlari hamon, ul yog‘och qilichga aylandi. Uning otini Urjun qo‘ydilar. Urjun, deb 
arab tilida xurmo shoxini aytilur. Bu mo’jizalik qilich Abdulloh ibn Jahsh bolalari qo‘lida 
uzoq yillar saqlanib keldi. Abdullohning onasi — Umayma Abdulmuttalib qizi 
Payg‘ambarimizning ammalari edi. Bu er yigitni o‘ldirguvchi kishini ko‘p hayol o‘tmay, 
shu maydonda Hazrati Ali o‘ldirdi. 
Yana ulug‘ sahobalardin shu urushda Hazrati Hanzala shahid bo‘ldi. Madinaga Islom dini 
kirmasdan ilgari, yerlik arablar raisi, yuqorida sifati aytilgan Abu Omirning o‘g‘li edi. 
Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelganlaridan so‘ngra, ul kofir Islomdan yuz o‘girib, 
o‘ziga qarashlik kishilar bilan Madinadan chiqib, Makka kofirlariga qo‘shilmish edi. Bu 
urushda eng avval Rasulullohga qarab qarshi o‘q otgan kishi ham shul edi. Hazrati 
Hanzala Xudo yo‘lida otasini o‘ldirish haqida Rasulullohdan izn so‘ragan bo‘lsa ham, bu 
ishga ruxsat qilmadilar. Uhud so‘qishida kofirlar tarafida askar boshlig‘i bo‘lgan kishi Abu 
Sufyon edi. Hanzala, raziyallohu anhu, Abu Sufyonga hujum qilib, aning otiga qilich 
soldi. Andin yiqilishi barobar, qo‘rqqanidan Abu Sufyon qattiq qichqirib yubordi. Hazrati 
Hanzala qilich ko‘tarib, Abu Sufyonni chopgali turganda, uning soqchilaridan Shaddod 
ibn Asvad chaqqonlik bilan Hanzalaga qilich urib, ani shahid qildi. Rasululloh aytdilar: 
— Na ishdurkim, maloikalar Hanzalani bulut ustiga ko‘tarib, kumush tos ichida 
yuvayotganlarini ko‘rdim,— dedilar. Buning sababi ersa, Hazrati Hanzala shul kuni 
Madina qizlarining biriga yangidan uylangan edi. Ertasi kuni urush boshlanmoqchi bo‘lib 
qoldi. Yangi kelin ustida bir kecha qo‘nmoqqa Rasululloh izn berdilar. Shu kecha xotin 
tush ko‘rsa, tushida osmon yorildi. Hanzala yoriqning u yog‘iga o‘tib g‘oyib bo‘ldi. Bu 
ko‘rgan tushining ta’biricha, shu urushda uning shahid bo‘lishini xotini gumon qildi, uzun 
tun o‘tib bir-birlariga yovuqlashmadilar (yaqinlashmadilar). Erta namozini o‘qigandin 
so‘ngra bu ish voqe’ bo‘ldi. Mana shu chog‘da bular g‘usl-tahorat olmasdin ilgari borliq 
askarlar tezdin dushmanga qarshi chiqsin, deb Rasulullohdin buyruq chiqdi. Buyruq 
kechiktirilmasin, deb g‘usl qilmasdin, yugurib chiqib askar safiga qo‘shilmish edi. 
Rasululloh bu xabarni onglagandin so‘ngra: «Hanzalani farishtalar yuvganlarining sababi 
shu ekan» — dedilar. Bu muborak kishini butun Hadis kitoblarida «G‘asisul maloika» deb 
ayturlar. Ya’ni, «farishtalar yuvgan kishi» — demakdur. Otasi Abu Omir bo‘lsa, tamom 
umrini Rasulullohga dushmanlik qilib o‘tkazdi. Kundan-kunga Islom rivoj topganini 
ko‘rib, hasadi oshib ketgandin arab yerida chidab turolmay, oxiri Shom viloyatiga qarab 
qochdi. YOlg‘izdan-yolg‘iz qolib, har yerda urilib-surilib yurib, xor-zorlik bilan, iymondin 
ulush ololmay, kofir qavmida o‘ldi. Buning o‘g‘li Hanzala, shahidi a’lolik darajasiga yetib, 
aning jasadini bulut ustida farishtalar yuvdilar. O‘ylab qarasak, bu qandoq nozik

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
yashirin sirdur. Buning haqiqatini Allohdin o‘zga kim bilur. 
Rasululloh bu kofirning tentib yurib, yolg‘iz qolib, kofirlikda o‘lishini ilgariyoq xabar 
bermish edilar. Buning haqida nima degan bo‘lsalar, shundoqligicha bo‘lib, mo’jizalari 
barchaga ma’lum bo‘ldi. 
Yana shu Uhud urushida musulmonlardin Amr ibn Jamuh shahid bo‘ldi. Bu kishi ersa 
ansor sahobalaridan erdi. Ulug‘ yoshlik, oyog‘i cho‘loq edi. Har biri yo‘lbarsdek to‘rt o‘g‘li 
bor edi. To‘rtovlari ham barobar askar safiga hozir bo‘ldilar. Otalariga aytdilarkim: 
Sizning Xudo oldida qabul bo‘lguvdek uzringiz bordur, siz tomondin biz to‘rt o‘g‘il urush 
maydonida turibmiz, endi sizga urushga chiqmoqning nima hojati bordur? deb otalarini 
qaytardilar. Bolalaridan bu so‘zni onglagach, yashirincha Rasululloh oldilariga kelib 
aytdilarkim: 
— YO Rasulalloh, siz bilan birga bugun urushga chiqmoqchi edim, sizdan ajrab qolmoqqa 
toqatim yo‘qdur. O‘g‘illarim ersa, bu ishga to‘sqinlik qilib tururlar. Alloh haqi, meni bu 
ishdin to‘smasinlar, ajab emas, bu urushda Alloh taolo menga shahidlikni nasib qilsa, 
shu turganimcha jannatga kirib olib, u joyda ham cho‘loqlanib bosib yursam, men uchun 
na ulug‘ davlatdur, — deb yig‘ladi. Anda Rasululloh aytdilar: «Alloh oldida sening uzring 
maqbuldur, sen kabi kishilarga jihod qilishni Alloh buyurmaydur» degan bo‘lsalar ham, 
o‘g‘lonlariga qarab aytdilarkim: «Agar ani bu ishdin tutmas ersangiz, shahodat topsa, 
aning maqsadi hosil bo‘lgay», dedilar. Bu so‘zni o‘g‘illari ham qabul qildilar. 
Rasulullohdin bu so‘zni onglashlari bilan, darhol turib, qamchini ilgiga olib, yuzini qiblaga 
qaratgancha: 
— Ey bor Xudoyo, bu urushda menga shahidlikni nasib qilgaysan va bu ulug‘ darajadin 
meni noumid qilmagaysan, — deb duo qilgandin so‘ngra urushga kirib, shahodat topdi. 
Rasululloh: «Buning cho‘loq oyog‘ini to‘g‘ri bosib, jannatda yurganini ko‘rdim», dedilar. 
Yana bu kishining yuqorida aytilmish to‘rt o‘g‘lining biri Hammod dag‘i (ham) shahid 
bo‘ldi. Buning qayin og‘asi Abdulloh ibn Amr ham shahid bo‘lmish edi. Amr ibn 
Jamuhning xotini Hind ham boshqa bir necha sahoba xotunlari bilan urush maydonida 
chanqagan askarga suv berib turmoqda edilar. Bu xotun ko‘rdikim, oilasidan uch kishi 
shahid bo‘libdur — eri Amr, o‘g‘li Hammod, qarindoshi Abdulloh. Bu shahidlarni bir 
tuyaga yuklab, Madina mozoriga ko‘mmoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdi. Buning oldidan 
onamiz Oisha bir necha xotunlar bilan qarshi keldilar. Urush xabarini so‘rab, qo‘shinning 
qayg‘uli holini angladilar. Hammalari qattiq qayg‘urishgan bo‘lsa ham, Rasulullohning 
salomatliklarini onglab, boshqa musibatlardin tasalli topdilar. Shundoq qilib, bulardin 
ajragandin so‘ngra Madina sari tuyani yetaklamoqchi bo‘lgan edi, tuya cho‘kib olib, ul 
yoqqa yurishdan bosh tortdi. Agar Madinaga qarab yetaklasa, to‘xtamay Uhudga qarab 
sudrab ketar edi. Buni ko‘rib ul xotun shu ishdan Rasulullohga xabar berdi. Anda 
Rasululloh aytdilar: 
— U tuya yurmakka qandoq yo‘l topa olgaykim, Xudo tarafidin yurmasga 
buyurilmishdur. Uhud shahidlarining qabrlari ana shu yerda bo‘lishi lozimdur, — deb 
tuyani qaytarib keltirmoqqa buyurdilar. 
Hazrati Huzayfaning otasi Yamon va Sobit ibn Vaqsh, bu ikki kishini Madinada qo‘rg‘on 
ichiga qo‘yilgan xotun, bolalarga bosh qilib qoldirgan edilar. Chunki bularga qarilik 
yetgan, har ikkovlari kuch-quvvatdan ketgan kishilar edi. Birovlari turib, aytdilarkim: 
«Hoy, falonchi, ikkovimizdan agar umrimiz qolgan bo‘lsa, eshak suv ichib qongunchalik 
fursatimiz qolgandur. Shunchalik arzimagan umrimizni ayab, o‘limdan qo‘rqib, shahidlik 
darajasidan quruq qolmaylik, yigitligimizda havasga chopgan qilichlarimizni bugungi 
kunda Xudo yo‘lida ham chopib ko‘raylik» deb qilichlarini oldilar. Urush maydoniga borib, 
musulmonlarga qo‘shila olmasdan, kofirlar saflariga aralashib qolib, alarga qilich soldilar. 
Xudodan o‘zlari tilaganlaridek, har ikkovlari ham shahidlik darajasini topdilar, raziyallohu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
anhum. Birlari mushriklar qo‘li bilan o‘ldirilgan bo‘lsa ham, ikkinchilari urush 
to‘polonchiligida payqalmasdan Islom qilichlari ostida qolib, shahid bo‘ldi, Xudo yo‘lida 
bo‘lgandin keyin, har qandoq sabablar bilan o‘lgan bo‘lsa ham, mo‘minlarning shahodat 
topishida hech shak yo‘qdur. Chunki bandaning dunyodagi barcha qilgan ishlari aning 
niyatga bog‘liqdur. «Innamal a’malu binniyyati», ya’ni «Bandaning har bir qilgan ishlari 
uning niyatiga qarab bo‘lur», degan payg‘ambarimizning so‘zlari ochiq dalildur. Bu 
kishining o‘g‘li Huzayfa ko‘rdikim otasi Yamon tanilmasdin musulmonlar tomonidan 
o‘ldirilmishdur. Bu ishdin bek g‘amgin bo‘lib, buning hukmini Rasulullohdin kelib so‘radi. 
Rasululloh aning shahodat topganini bildirdilar. Shundoq bo‘lsa ham, yana xazinadan 
xun to‘lab, mol bermoqchi bo‘ldilar. Anda Huzayfa: 
— YO Rasulalloh, Xudo yo‘lida otam jonini qurbon qildi, men aning qon-molini 
musulmonlarga sadaqa qilib, alarga bag‘ishladim, — dedi. Bu so‘zdin Rasululloh ko‘p rozi 
bo‘ldilar. 
Huzayfa, raziyallohu anhudan bir necha hikmatlik va ibratlik so‘zlar aytilmishdur. Alardin 
biri shul edikim, andin so‘radilar: 
— Tiriklar o‘ligi kimdur? 
Anda ul aytdi: 
— Tiriklar o‘ligi ul kishidurkim, bir nohaq ishni ko‘rib turib, sukut qilgay, ul ishga qo‘li 
bilan yoki tili bilan qarshilik qila olmagay, hech bo‘lmaganda ko‘ngli bilan bo‘lsa ham, ul 
ishga norozilik nafratini bildirmagay. 
Shuning uchun Payg‘ambarimiz aytdilar: 
— Agar bir kishi shariat harom qilgan narsani, ishni ko‘rsa, albatta, ul ishga qo‘li bilan 
qarshi tursin. Agar bunga qudrati yetmasa, tili bilan qaytarsin, bunga ham yaray 
olmasa, hech bo‘lmasa ko‘ngli bilan norozi bo‘lsin. Bu so‘ngisi — iymonning eng kuchsiz 
bo‘lishidandur. 
Agar ko‘ngli bilan ham ul ishga norozi bo‘lganin sezmas ersa, bundin Alloh saqlasinkim, 
bu ish iymonsiz kishilarning belgisidur. Dinsizlik, dahriylik ofati tarqalmish joylarda, 
yuqorigi hadisi sharifda yozilgan uch darajaning birinchi, ikkinchilarining yo‘qolganida 
hech shak yo‘qdur. Endi, uchinchi darajalik musulmonlarga kelsak, bularning topilishlari 
ham sanoqlidur. Bu ish esa, shu kunlardagi dahriy hokimiyati ostida jon talashib 
kelayotgan, chin, haqiqiy mo‘minlarga ochiq ma’lumdur. Ko‘zlarimiz ko‘rib, quloqlarimiz 
eshitgandin keyin, bu so‘zlarni yozdim. 
Yana o‘z maqsadimizga kelaylik. Abu Sufyon xotuni Hind Utba qizi o‘ziga o‘xshash bir 
necha shoira xotunlar bilan she’r o‘qib, urush qizdirmoq uchun Makkadin chiqqanligi bu 
so‘z boshida yozilmish edi. Bu shoira xotun Uhud urushida musulmonlarni yengib, 
kofirlar g‘alaba qozonligini ko‘rdi. 
Hazrati Hamza boshliq yetmish necha kishi musulmonlardin shahid edilar. Alarning 
muborak jasadlari qonlariga bo‘yalib, maydon ichida yotmish edi. «Agar 
dushmanlarimizni yengsak, alarning quloq-burunlarini kesib bo‘ynimga taqurman», — 
deb bu xotun ont ichgan edi. Shu qilgan ahdini bajarish uchun musulmonlarning 
o‘liklarini oralab, alarning quloq-burunlarini kesib, munchoq o‘rnida bo‘yinlariga taqdi. 
Hind xotun amir Hamzaning qornini yorib, bag‘rini chiqazib chaynadi. Lekin uni yuta 
olmay, og‘zidan purkib tashladi. Xotunning bundoq qilgani ersa, ul o‘ziga ahd qilmish 
edikim, — «agar Hamza qo‘limga xoh tirik xoh o‘lik tushar bo‘lsa, uning bag‘rini 
(yuragini) chaynab yegayman» — deb. Mana shu qilgan ahdiga vafo qilib, uni chaynab 
yutmoqchi bo‘ldi. 
Rasululloh buni eshitib — «Alloh taolo Hamzaning jasadini do‘zax o‘tiga harom 
qilmishdur, aning vujudidan hech narsani do‘zax o‘ti kuydirolmagay. Agar ul xotun 
chaynagan Hamza jigarini yutgan bo‘lsa edi, buning hurmatidan do‘zax o‘tida kuyishdan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
qutilur edi»— dedilar. 
So‘ngra bu xotun egiz bir tosh ustiga chiqib turib, borliq tovushi bilan qichqirib, she’r 
o‘qidi. O‘qigan she’rida Badr urushida amir Hamza tarafidan o‘ldirilgan otasi Utba, aka-
ukalari Shayba, Valid va bosh-qa o‘ldirilganlarni yod qildi. Alarning qasoslari uchun 
tengdoshlaridan boshga-bosh, jonga-jon olganlarini bildirdi. Amir Hamzaning jigarini 
chaynab ahdiga vafo qilganlarini aytib maqtandi. «Muhammaddin o‘chimni oldim, 
dushmanlarimning qonlariga qondim. Endi armonim qolmadi» deb qattiq baqirib, so‘ngra 
tosh ustidan tushdi. Bundin keyin bu xotunning eri Abu Sufyon tosh ustiga chiqdi. Borliq 
tovushi bilan un solib aytdikim: 
«Insonlar aro urush albatta navbatlikdur, kechmushda qayg‘urgan bo‘lsak ham, bugungi 
kun biz uchun suyunchlikdur. Badr urushi sizlarining foydanglar uchun bo‘lmish edi. 
Uxud urushi bizning qasosimizni qaytardi. Badr urushida biz yutqazgan bo‘lsak ham, 
Uhud urushida bizning yutug‘imiz ulug‘dur». Abu Sufyon bu so‘zlarni maqtanchiqlik bilan 
aytgandin keyin «I’la Hubal, i’la Hubal» deb qattiq qichqirdi. Ya’ni, «Ey Hubal, bundin 
ham martabangni yuqori ko‘tar», deb maqtandi. 
O‘shal zamondagi arablarning Ka’ba toshlariga osib qo‘ygan uch yuz oltmish butlari bor 
edi. Quraysh qabilasi ushbu Hubal otliq o‘z butlarini barcha butlar ulug‘i deb ishonur edi. 
Anda Rasululloh Abu Sufyon so‘zini eshitib: 
— Ey Umar, buning so‘ziga javob aytgil, — dedilar. 
«Allohu a’lo va ajallu la savoa qatlana fil jannati va qatlakum fin nar», ya’ni «Alloh 
ulug‘dur, o‘rtamizda tenglik yo‘qdur. Bu urushda bizdin o‘lganlar jannatga kirgaylar, 
ammo sizlardin o‘lganlar ersa, tamuqqa (do‘zaxga) tushgaylar». Hazrati Umar Abu 
Sufyonga shul javobni qaytardi. Anda Abu Sufyon ani onglab:  
— Bizning Uzzo nomlik butimiz bor, sizlarda yo‘qdur» — dedi.  
Anda Rasululloh aytdilar:  
Alloh mavlana, vala mavlalakum, ya’ni, «Allohdek ulug‘ egamiz bordur, sizlarning 
undoq ulug‘ eganglar yo‘qdur — dedilar. 
Har ikki tomondin bu so‘zlar o‘tgandin so‘ngra, Abu Sufyon hazrati Umarni atab chaqirdi. 
Rasululloh: «Ey Umar, aning oldiga borgil, holiga boqib javob aytgil» deb u bilan 
so‘zlashmakka ruxsat qildilar. Hazrati Umar uning qoshiga keldi esa:  
— Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur, 
uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.  
Hazrati Umar:  
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar 
— dedi.  
Anda Abu Sufyon:  
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur 
— dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn 
Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan 
edi. Bu so‘zning bayoni yuqorida o‘tmishdur. 
Ikkinchi bir rivoyatda Abu Sufyon musulmonlarga qarab: «Muhammad tirik bormu?» deb 
uch marotaba baqirdi. Rasululloh: «Indamanglar» dedilar. Bu tomondin hech qandoq 
javob qaytarilmagach: «Qahofa o‘g‘li Abu Bakr tirik bormu, Hattob o‘g‘li Umar bormu?» 
deb har birlarini uch qaytadan chaqirdi. Bunga ham musulmonlar javob qaytarmasdin 
sukut qildilar. So‘ngra Abu Sufyon o‘z askariga qarab: «Sizlarga bashorat bo‘lgaykim, bu 
chaqirilmish kishilaring o‘ldirilmishdir, bular ichida javob qaytargudek kishilar 
qolmabdur», dedi. Hazrati Umar bu so‘zni anglab chidab turolmay: «Ey Xudo dushmani, 
sen aytgan odamlarning barilari tirikdurlar, sening qo‘rqqan kunlaring bu yaqinlarda 
yana oldingga kelgusidur», dedi. So‘ngra Abu Sufyon qichqirib nido qildikim: «Bu so‘qish 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling