Tarixi muhammadiy
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAMROUL — ASAD G‘AZOTI
www.ziyouz.com kutubxonasi 134 ichiga kirib, masjidga kelgunlaricha ko‘cha yuzidan, uy-uydin chiqayotgan yig‘i tovushlari eshitilmoqda edi. To‘g‘ri kelib, Rasululloh ma’yuslik bilan masjid oldida to‘xtadilar. Sa’d ibn Mu’oz, As’ad ibn Huzayr, bu ikkovlari Rasulullohni suyab otdin tushirdilar. Jarohat og‘irligidan o‘zlari yurishga bo‘lmay, bularga suyanib uylariga kirdilar. So‘ngra oqshom namoziga hazrati Bilol azon aytdi. Yana shu ikki kishiga suyanib jamoatga chiqdilar. Namoz o‘qib bo‘lgandin so‘ngra masjiddan qaytdilar ersa, uylaridan yig‘ining ovozi eshitildi. «Bu yig‘i nimadur?» deb so‘radilar. Anda sahobalar: «Ansor xotunlari Hamza uchun yig‘laydilar, yo Rasulalloh», deyishdi. Buni onglab Rasululloh alar haqida «Raziyallohu ankunna va an avladikunna», ya’ni «Alloh sizlardin va avlodinglardin rozi bo‘lsin», deb duo qilgandin so‘ngra: «endi qaytinglar», dedilar. Mana shu kundin boshlab, ansor xotunlariga odat shul erdikim, o‘limga yig‘lamoqchi bo‘lsalar, dastlabda Hamzaga, so‘ngra o‘lganga yig‘lar edilar. Shu kecha Avs— Xazraj ansor sahobalarining kattalari Rasulullohning uy atroflarini o‘rashib, tong otguncha kuzatib chiqdilar. Qolganlari ehtiyotdin Madina shahrini aylanib, qo‘riqlashib turdilar. Chunki Quraysh mushriklari yo‘ldan yonib, qaytadin Madinaga hujum qilish ehtimoli bor edi. Rasululloh bu ulug‘ musibatdin keyin ansor xotunlarini o‘lganlarni qo‘shib yig‘lamoqdin qaytardilar. Anda ansor sahobalari: — YO Rasulalloh, o‘lganlarimizni qo‘shib yig‘lashdin xotunlarimizni man qilibdursiz. Agar alarning tirikliklaridagi yaxshiliklarini aytib yig‘lar bo‘lsak, bir oz bo‘lsa ham ko‘nglimizda rohat topgan bo‘lur edik. Bu ishga izn bering, — deyishdilar. Anda Rasululloh: — In faalna fala yaxmishanna vala-yaltimanna va la yaxluqonna sha’ran vala yashuqqonna jayban». Ya’ni, «Agar xotunlar yig‘lar bo‘lsalar, shart shuldurkim, yuzlarini yirtmasunlar, betlarini kacholamasinlar, sochlarini qirqmasinlar, yoqalarin yirtmasinlar, og‘izlaridan nosoz so‘z aytmasinlar», dedilar. Endi xotunlar shu aytilmish ishlardan o‘zlarini saqlay olsalar, musibat kunlarida yig‘lamoqning ziyoni yo‘qdur. Mashhur so‘z shuldurkim, Uhud urushida shahodat topgan kishilar yetmish necha kishi edilar. O‘n to‘rttalari muhojirlardan, qolganlari ansorlardin edilar. Ammo kofirlardin bo‘lsa, Uhud urushida ikki yuz o‘ttiz kishi o‘ldirildi. YOlg‘iz Hamzaning o‘zi o‘ttiz kishini o‘ldirdi, degan rivoyat bordur. Rasululloh shahar ichiga kirgandin keyin, munofiqlar, yahudlar musulmonlarga bo‘lgan bu musibatdin qandoq suyunganlarini ko‘ngillarda saqlab turisha olmay, turlik ta’na so‘zlarini tarqatgani turdilar. Shundoq der edilarkim: — «Endi Muhammad qandoq payg‘ambarman deb ayta olgay, o‘tgan payg‘ambarlarning hech biriga bundoq musibat yetmagandur. Agar Muhammad chin payg‘ambar bo‘lsa edi, o‘z tanasiga va yo‘ldoshlariga mundoq og‘ir musibat tushmas edi. Bunga o‘xshash podshohlik talabida yurgan kishi qandoq payg‘ambar bo‘la olur?» qabilidagi so‘zlar bilan xalq ichiga ko‘p fitna soldilar. Munofiqlar raisi ibn Ubay o‘g‘li Abdullohga: «Mening so‘zimga kirmay urushga chiqding, mana topgan foydang shuldur, o‘lar holga yetib, yarador bo‘lib qaytmishsan», deb ko‘p ta’nalar qildi. Bunga qarshi o‘g‘li Abdulloh: «Alloh taolo o‘z payg‘ambariga va ham mo‘minlarga nima ish qilgan bo‘lsa, shunda bir yaxshilik bordur», dedi. Munofiqlarning qilgan so‘zlarini onglab, Hazrati Umar Payg‘ambarimiz oldilariga kelib: — YO Rasulalloh, bu munofiqlarning so‘zlariga nechuk chidab tururmiz? Agar izn bersangiz, alarni qoldirmay qilichdan kechiraylik, — dedi. Anda Rasululloh: — YO Umar, ularni qandoq o‘ldirgani bo‘lur, tillarida bo‘lsa ham: «La ilaha illallohu, Muhammadur Rasululloh» deydurlar, bu so‘zni aytguvchilar ko‘nglidan emas, qilichdan qo‘rqib degan bo‘lsalar ham, Islom hukmiga bo‘yinsunsalar, o‘limdan qutulgaylar. Alarning qonlariga, jonlariga, mollariga to‘qinishmoqlik bizga harom bo‘lgay, — dedilar. Bu so‘zni anglagandin keyin, sabr qilmoqdin o‘zga chora qolmadi. Shuning bilan Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 135 munofiqlar haqida o‘ylangan choralar ham to‘xtaldi. Bilmak kerakkim, Rasulullohning qilgan g‘azotlari ichida eng ulug‘rog‘i ikki g‘azotdir. Birisi Badr, ikkinchisi Uhuddur. Bu g‘azotlarda hazrati Jabroil, Mikoil boshliq ko‘p farishtalar hozir bo‘lganliklari oyatu hadislar bilan sobit bo‘lmishdur. Qur’oni karimda Oli Imron surasida oltmish oyat bilan Uhud g‘azoti bayon qilindi. Bu oyatlarda musulmonlarga bo‘lgan musibatlarning sabablari ochiq ko‘rsatildi. Urushda birinchi darajali eng zarur ish bo‘lsa, askar boshlig‘ining buyrug‘ini butun bajarish edi. Ayniqsa, payg‘ambar atalgan kishi bosh bo‘lgan taqdirda aning amri farmonini chin tutmoq Alloh tomonidan buyrulmish farz edi. Mana bu Uhud urushida eng dastlab shu buyruq buzildi. Askarnng orqasini saqlaguvchi ellik nafar merganlar o‘ljaga qiziqib, o‘z o‘rinlarini bo‘sh qoldirib ketdilar. Ikkinchi, askarga birlik, ittifoqlik bo‘lishi bilan birga, jiddiyat, chinlik, o‘limdan qo‘rqmaslik kerak edi. Mana bu shartni ham buzdilar. Uchinchisi shulki, mo‘minlarning barcha ishlari, ayniqsa, jihodga o‘xshash, Islomning eng ulug‘ ibodati xolis Xudo uchun bo‘lishi kerak edi. Bu ishda hech qandoq dunyolik g‘arazlarning bo‘lmasligi lozim edi. Ish shundoq bo‘laturib, urush safida turgan askarlardan bir munchalari raislarining amriga qaramay, o‘lja, mol yig‘ishga kirishdilar. Qilgan jihodlari yolg‘iz Xudo uchun bo‘lmay qoldi. Mana shu yuqorida aytilmish ishlari, ularning o‘z ixtiyorlari bilan qilmishlari Uhud musibatining kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Bu taqdirning eshigini insonlar o‘z qo‘llari bilan ochdilar. Bunda yana bir hikmat bo‘yicha, gohi vaqtlarda payg‘ambarlarga ham shundoq musibat yetib turishi lozimdur. Lekin ularga bo‘lgan musibatning orti xayrlik bo‘lib, ish oxiri ularning foydasiga kelib chiqqay. Ishning bundoq bo‘lishida hikmat shuldurki, agar payg‘ambarlar har bir urushda doim g‘olibiyat uzra bo‘laversalar, ul chog‘da o‘ljaga qiziqishib yoki siyosatdin qo‘rqishib, munofiqlar ham musulmonlarga qo‘shilib olgay. Chin musulmonlarning yolg‘on musulmonlardin farqlari qolmagay. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda bu oyatni keltirdi: «Liyabtaliyallohu mafi sudurikum vali yumahhisa mafi qulubikum, vallohu alimun bi zatissudur». Ya’ni: «Alloh taolo sizlarga turli musibatlarni berib, ko‘ngillardagi yashirin narsalarni chiqarish uchun sizlarni sinaydi, dilinglardagi bekitilgan g‘ashlarni shu bilan tozalaydi. Chunki Alloh ko‘ngillarda ko‘milgan barcha sirlarni bilguvchidur», demakdur. Agar payg‘ambarlar o‘zlariga qarshi chiqqan dushmanlardin doim yengilaversalar, u chog‘da Xudo tarafidin kelgan payg‘ambarlarga bu ish loyiq bo‘lmay, maqsadlariga to‘sqinlik bo‘lur. Mana shuning uchun payg‘ambarlar dushmanlarini ko‘proq o‘rinlarda yengib tursalar ham, ba’zi bir joylarda yengilishlar ham bo‘lib turardi. Dushmanni yenggan chog‘larda ko‘rinmagan munofiqlar dushmandin yengilgan chog‘larda darhol o‘zlarini tanitadilar. Ularning yashirin yurgan sirlari u bilan yuzaga chiqadi. Boshqa mo‘minlar ham o‘z ichlarida fursat poylab yurgan ichki dushmanlari kimlar ekanligini yaxshi bilib oladilar. Shunga qarab ularning daf’iga kelajak kunlarda hozirlik ko‘radilar. Yana bir hikmat shul edikim, mo‘minlar uchun payg‘ambarlik maqomidan so‘ngi eng ulug‘ daraja shahodat topishdur. Bandalarining o‘z fe’llarini bahona qilib, mundoq ulug‘ darajani Alloh taolo ularga nasib qildi. Alloh taolo Uhud urushini Qur’oni karimda bayon qilib, yuqorida aytilmush so‘zlar mazmunida shu oyatlarni yubordi: «Va laqad sadaqokumullohu va’dahu iz tahussunahum biiznihi hatto iza fashiltum va tanaza’tum fil amri va asaytum min ba’di ma arokum matuhibbuna, minkum man yuridud dunya va minkum man yuridul axirata, summa sarafakum anhum liyabtaliyakum, valaqod afa ankum, vallohu zu fazlin alal mo‘minin». Ya’ni: «Alloh taolo sizlarga yordam beraman deb qilgan va’dasiga vafo qildi, dastlab urush boshlanishida Allohning yordami bilan, alarni o‘ldirib g‘alaba qozongan edingizlar, qachonkim, sizlarga o‘limdan qo‘rqinchlik paydo bo‘ldi, va o‘zaro ittifoqinglarni buzib, Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 136 payg‘ambar buyrug‘ini bajarmadinglar. Mana shu ishlar sabab bo‘lib, kelgan nusrat sizlardan qaytib ketdi. Yo‘q ersa, sizlarning eng suygan narsalaring dushmanga zafar topishni Xudo ko‘rsatgan edi. Buning shartlarini o‘zinglar buzdinglar, so‘ngra bu ulug‘ ne’matdin ajradinglar. Sizlardin ba’zilaring oxirat izlaguvchilardur. Yana ba’zilaring dunyo talab qilguvchilardur. Birinchilari esa Xudo roziligi uchun to o‘lgunlaricha o‘rinlarini bermay shahid bo‘ldilar, ikkinchilari bo‘lsa, o‘lja mol olishga qiziqib, boshliq buyrug‘ini buzdilar. Mana sizlardin shu sabablar sodir bo‘lgach, kofirlarni o‘ldirishdan to‘xtab, nusrat ularga og‘di. So‘ngra sizlarni kofirlar o‘ldirgali turdi. Ishning bundoq bo‘lganligi esa, Alloh taolo sinamoqchi edikim, bu holda mo‘minlar qandoq sabr qilgaylar. Yana ham Alloh mo‘minlarga mehribondur, chunki sizlarning bu gunohlaringni kechirdi. Allohning fazli karami mo‘minlargadur», demakdur. Alloh taoloning mo‘minlarga mehribonligi shuldurkim, bu urushda qilgan gunohlarini afv qildi. Yana ularni kofirlarning qilgan qasdidan o‘zi saqladi. Yo‘q esa, ularning maqsadi urushga chiqqan musulmonlarni qoldirmay o‘ldirib, qolgan mol-dunyolar, xotun-bolalarni o‘lja-asir qilmoqchi edilar. Bu ishning payti ham kelgan edi. Lekin Alloh taolo buni xohlamadi. Payg‘ambarimizning hurmatlaridan gunohlari bag‘ishlanib, xatolari kechirildi. Endi musulmonlarga bu voqeadin chiqqan ibrat shuldurkim, urush kunlarida o‘zaro ixtilof qilib bo‘linmagaylar. Urush safida eng keraklik, zarur ish ersa, askarning birlik, ittifoqligidur. Ikkinchi, mo‘minlar hech vaqt o‘limdan qo‘rqmagaylar, urushda o‘lib, shahodat topgan mo‘minlar Allohning eng aziz mehmonlaridur. Bu urush maydonlarida sabr qilgaylarkim, bu o‘rinda bahodirlik, qo‘rqmaslik kerakdur. Chunki qo‘rqoqlik tuganmas xo‘rlik kelturur. Botirlik uzilmas davlatga yetkirur. Qo‘rqoq o‘g‘illar ota-bobolarining hurmat- sharaflaridan ayrilib, doimiy qullikda qolgaylar. O‘z vatanida, o‘z uyida turug‘lik musofir g‘arib bo‘lgaylar. Eng oxiri dushmanlar qo‘lida xoru zorlikda yurib o‘lgaylar. Uchinchi shart shulki, urush kunlarida boshliqlariga qattiq bo‘yinsungaylar. Boshlar kesilib, qonlar to‘kilur ersa, dag‘i (yana) ularning buyrug‘ini buzmagaylar. Yuqorida aytilgan oyatning xulosa ma’nosi ham shuldur. Alloh taolo Uhud shahidlarining hurmatidan bizning gunohlarimizni ham, vatanlarimizga yo‘l berib, dushmanlarimizga oyoqosti qildirgan o‘tmishdagi bobolarimizning gunohlarini ham kechirsin. Dunyolik, oxiratlik barcha ishlarimizni so‘ngi kunlarda o‘zi o‘nglasin. Omin! HAMROUL — ASAD G‘AZOTI Bu g‘azotning bayoni shundoq edikim, Rasululloh Uhud urushidan qaytib Madinaga kirdilar. Ansor, muhojir raislari Uhuddin qaytgan kechada shu tuni uxlamasdin, Rasulullohning eshik oldilarida tong otguncha qo‘riqlab chiqdilar. Chunki Quraysh kufforlari o‘z yerlari Makka tomoniga qaytgan bo‘lsalar ham, yo‘ldin yonib yana Madinaga hujum qilishlari ehtimol edi. Quraysh kufforlari bo‘lsa, Uhuddan qaytishib, Malal degan joyga kelib qo‘ndilar, Qo‘shin raislari shu kecha o‘zaro so‘zlashib o‘tirib: «Bu urushda Muhammadni yengdik, Badr urushida o‘lganlarimizning o‘chini olib, ularning qasoslarini qaytardik. Shundoq ham bo‘lsa, bu ishni chala qoldirib, qaytganimiz yaxshi bo‘lmadi. Muhammad boshliq qolganlarini ham qo‘ymay kirishimiz kerak edi. Nega ularning xotun bolalarini asir olib, molu-dunyolarini o‘lja qilib qaytmadik. Bu urushda dushmanlarimizni yenggan bo‘lsak ham, uning yarashig‘ini qila olmadik. Endi ham bo‘lsa, bu yerdin yonib, Madina ustiga boraylik, alarni es olishga qo‘ymasdin, bu ishni tezdan bitiraylik», deb kengashdilar. Bularning so‘zlarini shu qo‘ngan joylarida Abdulloh ibn Umaril Muzan degan kishi anglab o‘ltirgan edi. Xudo diliga solib, darhol Rasulullohga kelib xabar berdi. Rasululloh buni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 137 eshitishlari bilan barobar, ular kelmasdin ilgari dushman ortidan chiqishga buyruq berdilar. «Kechagi Uhud urushiga chiqqanlardin boshqa hech bir kishi chiqmasun», dedilar. Ularning soni yetti yuzga yaqin edi. Shahid bo‘lgan yetmish necha kishidan boshqalari qolmay chiqdilar. Lekin ichlarida yaradorlari ko‘p edi. Besh-o‘n yerdan yarador bo‘lgan kishilar eran qilmadilar. Hazrati Talha ibn Ubaydulloh yetmish necha yeridan yaralik bo‘lsalar ham, yana bu askardin ajrab qolishga rozi bo‘lmadi. Shuning bilan Rasululloh Ibn Ummu Maktum muazzinni Madinaga voliy tayinlab, yo‘lga chiqdilar. Uhud urushida ko‘tarilgan g‘azot tug‘i Hazrati Aliga topshirilgan edi. Bu urushga chiqmaganlardin ko‘p kishilar bu safar birga chiqmoqqa tilagan bo‘lsalar ham, Rasululloh alarga ruxsat qilmadilar. YOlg‘izgina Uhudda mergan boshlig‘i bo‘lib, shu yerdan jilmay turib, shahid bo‘lgan Abdullohning o‘g‘li Jobirga ruxsat berdilar. Undan boshqa hech bir kimarsaga ruxsat bo‘lmadi. Buning sababi shul erdikim, Jobir aytdi: «Uhud g‘azotiga siz bilan chiqmoqchi edim, chiqolmay qolganim shu uchun bo‘ldikim, otamdin tug‘ilgan to‘qqiz qiz ichida men yolg‘iz o‘g‘il edim. Uhud g‘azotiga chiqar chog‘da otam aytdi: «Bu qizlar ustida qarab turgudek biror kishi bo‘lmasa, qandog‘ bo‘lg‘ay, umidim shuldirki, bu g‘azotda men shahodat topgayman, bularga qora bo‘lib sening turishing albatta kerakdur», dedi. Mana, otamning shu so‘zini qiyolmasdan nochorlikda sizdan ajrab qolgan edim. Endi bu safardin qolmasman, ruxsat qiling, yo Rasululloh», deb qattiq talab qilganidan keyin unga izn berdilar. Bu safarda Rasulullohdin boshqa otga mingan kishi yo‘q edi. Qolgan barcha sahobalar piyoda edilar. Shu chiqqanlaricha, yurib-o‘tirib askar Hamro ul Asad degan joyga yetdilar. Bu yer esa, Madinadan sakkiz mil yiroqda edi. Mana shu yerga yetganlarida Alloh taolo tarafidan bu oyat nozil bo‘ldi: «Allaziynastajobu lillahi var-rasuli mim ba’di ma asobahumulqarhu, lillaziyna ahsanu minhum vattaqov ajrun a’zim», ya’ni: «O‘tgan Uhud urushida shuncha ko‘p jarohatlangan bo‘lsalar ham, yana Alloh amriga va aning payg‘ambariga itoat qilib, yaxshilik qilguvchilarga, taqvo yo‘lini tutguvchilarga Xudo tarafidan ulug‘ savob bo‘lg‘uvsidir, Alloh taolo ularg‘a jannat ato qilg‘uvsidur» demakdur. Payg‘ambarimizning Madinadan chiqib, askar bilan shu joyga yetib kelganliklari alarga ma’lum bo‘ldi. Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayyaning ikkinchi urush ochmoqqa ra’yi yo‘q edi. Bu so‘zni anglagach, ul aytdi: — Ey Quraysh xalqi, bu urushda ersa o‘razimiz (baxtimiz) ochilib, bizlar g‘alaba qozondik. Urush obro‘yini oldik, endi qaytib borib, yana urush qilar bo‘lsak, qonlari qaynagan, o‘ch olmoqqa xumor bo‘lib, g‘azablangan, tajribalik dushmanlar bilan to‘nqashurmiz. Uhud urushida qatnashmagan kishilar ham yordamga chiqqaylar. Ana ul chog‘da urush bizning ziyonimizga chiqmagay, albatta, bizning foydamizga bo‘lgay, deb kim ayta olur. Endigi maslahat shulki, obro‘yimiz qo‘lda turgan chog‘da qaytganimiz yaxshiroqdur, — dedi. Buning ustiga Ma’badal Xuzoyi degan kishi Xuzoa qabilasining raislaridan edi, o‘zi iymon keltirmagan bo‘lsa ham, Rasulullohga xayrixohligi bor edi. Uhuddagi musulmonlarga bo‘lgan musibatni onglashib, kofir-musulmon, demay, butun qabila xalqi qattiq qayg‘urishgan edilar. Islom askari Hamroul Asadga tushganida, ul kishi kelib, Rasulullohga ko‘ngil aytib, shundoq dedikim: — Ey Muhammad, sizlarga bo‘lgan bu musibatga Xudo haqqi, bek og‘rindik, o‘z ustimizga tushgandek ko‘rib, bu ishga qattiq qayg‘urdik. Sendin boshqaga bu musibatlar bo‘lishini tiladik. Sening martabangni Alloh egiz qilishini suyub turdik. Lekin na choradurki, biz tilagandek bo‘lmadi, — dedi. Bu aytgan so‘zi Rasullulohga xush kelib, undin rozi bo‘ldilar. So‘ngra bu kishi u joydin jo‘nab, Ravho degan joyga kelganida Quraysh qo‘shiniga yo‘liqdi. Safvon ibn Umayya so‘ziga qaramasdin, Madina sari bormoqqa qasd qilishgan edilar. Shu orada Abu Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 138 Sufyonning ko‘zi Ma’badul Xuzoiyga tushdi. Buning Madina tomonidan kelayotganini bilgach: «Orqangda nima bor?» deb andin so‘radilar. Anda ula aytdi: «Bilganim shuldurki, Muhammad qalin qo‘shin tortib, qizg‘inlik bilan kelayotibdur. Uhud urushida bo‘lolmaganlar barisi bu safarda birga chiqmishdur. Butun askar qaynagan qozondek g‘azablanib kelmakdadurlar. Ularning eng suygan tilaklari ersa, sizlardin o‘ch olmoq ko‘rinur», dedi. Yuqoridagi Safvonning aytgan so‘zi ustiga buning so‘zi qo‘shimcha bo‘lib, Quraysh qo‘shiniga qattiq qo‘rqinch tushdi. Anda Abu Sufyon Ma’badil Xuzoiydin maslahat so‘rab: «Ey Ma’bad, endigi ish nimadur, qandoq qilsak biz uchun yaxshilik bo‘lur?» dedi. Anda Ma’badil Xuzoiy aytdi: «Muhammadning bu kelishiga qaraganda, bu yerdin sizlar ko‘chib ulgura olmasdin turib, uning qo‘shini kelib bosgay. Endi bu joydin tezroq ko‘chib, yo‘l tortmoqdin boshqa, sizlarga foydalik ish yo‘qdur», dedi. Bu so‘zlar bilan Quraysh qo‘shinlarining qo‘rqinchlari ziyoda bo‘lib, shoshilinch ko‘chib yo‘lga tushdilar. Qo‘rqinchlik bo‘lganlikdan og‘ir yuklarini olishga ulgurolmadilar. Ungachalik Islom qo‘shini oldidan uch kishi avval yo‘lga chiqqan edi. Dushman ko‘ziga ko‘rinib qolib, alardin ikkovi qo‘lga tushdi. Birovi qochib qutulib, dushmanning ketgan xabarini Rasulullohga yetkazdi. Qo‘lga tushgan ikki kishini omon bermay, darhol o‘ldirdilar. Alarning ko‘chib qochgan joylariga kelganlaridan so‘ngra urushmaslik to‘g‘risida Safvonning so‘zini Rasululloh onglagach, aytdilarkim: «Safvon din yo‘lida to‘g‘ri yo‘l topmagan bo‘lsa ham, Quraysh qavmini bu urushdan to‘sgani uchun dunyo ishida ularni to‘g‘ri yo‘lga solmishdur. Bu haqda alar uchun bek ulug‘ foydalik ish qilmishdur. «Vallaziy nafsiy biyadihi laqad savvamtu la humul hijorata valav rojau la kanuv kaamsiz zahibi». Ya’ni: «Mening jonim uning qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh oti bilan qasam qilurmankim, alar uchun osmondin azob toshlarini otmoqqa belgilagan edim, agar qaytib kelgan bo‘lsalar ketgan kunlar, o‘tgan zamonlardek nomu nishonsiz bo‘lib, barchalari qolmay halok bo‘lar edilar», deb Quraysh qo‘shinlari qaytgan taqdirda, g‘azab ilohiyga qolib, osmon azobi bilan halok bo‘lishlaridan xabar berdilar. Quraysh qo‘shinlarining qochib ketganini onglagach Rasululloh shu joyda uch kun turdilar. Payg‘ambarimiz amrlari bilan har tunda besh yuz yerda o‘t yoqilur edi. Bundin maqsadlari esa yiroqdin ko‘rgan dushmanlarga askar ko‘pligini ko‘rsatib, alarni qo‘rqitmoq va shul atrofdagi hali iymonga kelmagan arab qabilalariga haybat ko‘rsatmoq edi. Chunki Qur’on qonunida musulmonlar o‘zaro muomala ishlarida bir-birlariga makru xiyla qilmoq harom bo‘lsa ham, ammo urush kunlarida o‘rni kelar ekan. Makr-xiyla ishlatmoq Payg‘ambarimizning sunnatlaridur. Rasulullohning tarjimai hollarini o‘qiguvchi kishilar ko‘p joyda bundoq ishlarga uchraydilar. Uch kun o‘tgandin so‘ngra, dushmanlardin hech bir xabar bo‘lmagach, Madinaga qaytdilar. Bu qaytishlarida qora bosgandek bo‘lib, Quraysh shoiri Abu Izza degan kishi yo‘liqib qolib, qo‘lga tushdi. Bu ersa Rasulullohga va musulmonlarga har yerda tili ila ko‘p ozor yetkazgan kishi edi. Islom dinini va musulmonlarni yomonlab, she’r aytib, xalqni ularga qarshi qo‘zg‘amoq uning vazifasi edi. Abu Izza Badr g‘azotida ham qo‘lga tushib, u yerda olingan asirlar o‘zlari uchun har bir kishi boshiga to‘rt ming tangadan ming tangagacha to‘lan berib, qutulgan edilar. Rasululloh buni ul joyda tekinga ozod qilgan edilar. Shu shart bilankim, ikkinchi musulmonlarni yomonlashdin tilini saqlagay, bundin buyon she’r o‘qib, Islom diniga qarshi tashviqot qilmagay, yana musulmonlar bilan urushmoqqa chiqqan askar qo‘shiniga qo‘shilmagay. Mana shu shartlarni qabul qilib, bu va’dani ikkinchi buzmasga ahd berib, to‘lan to‘lamasdan tekinga asirlikdan qutulgan edi. Makkaga borgandin so‘ngra: «Barcha kishilar Muhammaddin pul to‘lab qutulgan bo‘lsalar, men quruq suv bilan uni aldab qutuldim», deb burungidan ham qattiqroq yomonlikka kirishgan edi. Va’dasiga vafo qilmay, Uhud urushiga chiqqan kuffor Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 139 qo‘shiniga qo‘shilib birga kelgan edi. Bu qilgan yomonligi o‘z boshiga yetib, bu yo‘li yana qo‘lga tushib qoldi. Rasululloh buni ko‘rgach, ani o‘limga buyurdilar. Ul aytdi: — Ey Muhammad, mening gunohimni kechgil, yosh qiz bolalarim uchun o‘limdan meni qoldirgil, ikkinchi bundoq qilmaslikka ahd berayin, — dedi. Anda Rasululloh aytdilar: «La yo‘ldag‘ul mu’minu min juhrin marratayni». Ya’ni: «Mo‘min kishi bir teshikdan ikki qayta o‘zini chaqtirmag‘ay, sen bizni bir yo‘li aldading, endi yana bizni aldayolmagaysan, — dedilar. Mana bu so‘zdin Rasulullohning butun ummatlari ibrat olgaylar. Bir ziyon ko‘rgan ishdan ikkinchi saqlanmagan kishi oqillar qatorida bo‘lmag‘ay. Ayniqsa, siyosat egalari, askar boshliqlari mundoq ishlarda bek soqlik qilgaylar. Shuning bilan yo‘l yurib, Rasululloh Madinaga salomat keldilar. Uhuddan qaytib, bu g‘azotga chiqqanlariga besh kun bo‘lgan edi. Shu kelgan kunlari Quraysh kofirlarining josuslaridan Muoviya ibn Mug‘ira degan kishi qo‘lga tushdi. Voqeasi shundoq edikim, Uhud urushi tugab, Quraysh qo‘shini Makkaga qaytgandin so‘ngra bu kishi o‘z erkicha ulardan ajrab qolib, yashirin ravishda Madina ichiga kirdi. To‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga kelib eshik qoqdi. Aning ayoli Payg‘ambarimiz qizlari Ummu Gulsum erdi. «Bu kimdir?» deb so‘ragach, Muoviya: «Usmonning yaqin qarindoshi erurman, andin bir tuya olgan edim, shuning aqchasini bermak uchun keldim, chaqirib bergil», dedi. Shu orada xiyol o‘tmay, Hazrati Usmon kelib qolib, ko‘rdikim, dushman kishisi o‘tiribdi. Urush o‘tganiga bir kun bo‘lmagan, ikki orada qancha qon to‘kilgan, shundoq kuyuk ustida buning kelganini ko‘rib, Hazrati Usmon qattiq cho‘chidi. Chunki bu kishi uning yaqin qarindoshi edi, arab odaticha qarindoshini dushmandan saqlayolmaslik eng og‘ir ayb ishlardin sanalur edi. Shuning uchun hazrat Usmon ani ko‘rganida: — Meni ham halok qilding, yana o‘zingni ham halok qilding, — dedi. Anda ul: — Bu yerda sendin o‘zga yaqinroq mening qarindoshim yo‘qdur, sendin panoh tilab keldim, endi meni o‘z omoningga olgaysan, — dedi. So‘ngra Hazrati Usmon uyining bir chetiga kirgizib qo‘yib, Rasulullohdin bu kishiga omon olgani ketdi. Shu orada Rasululloh eshitdilarkim, Muoviya ibn Mug‘ira josuslik bilan Madinada yuribdur. Ani tezlikda topmoqqa buyurdilar. So‘roqlagan kishilari izini topib, to‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga kirdilar. U qo‘rqqanidan uyda yashiringan edi. Uni uyda ko‘rmagach, Ummu Gulsum uning yotgan joyini ko‘rsatib, imlab qo‘ydi. Shu yerdan tutib uni Rasululloh huzurlariga keltirdilar. Darhol o‘limga hukm qildilar. Buni ko‘rib Hazrati Usmon: — YO Rasulalloh, sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Alloh oti bilan qasam qilurmankim, shu hozirda, bu kishi uchun omon so‘rab kelgan edim. YO Rasululloh buning qonini menga bag‘ishlang, — dedi. Anda Rasululloh aytdilar: — Senga buni bag‘ishladim, ammo sharti shuldurkim, bu kishi uch kundan ortiq Madinada turmasun. Agar shu shart buzulur ersa, Xudo haqi, omon yo‘qdur,— dedilar. Bundin so‘ngra Quraysh qo‘shinining oldini to‘sib, Hamroul Asad safariga chiqdilar. Qarasalar, bu safardin qaytib kelgunlaricha bo‘lgan voqeani Qurayshga yetkazmoq uchun, qilgan shartining buzilishiga qaramay, so‘z tinglab Madinada yurgan ekan. To‘rtinchi kuni Rasulullohning kelayotgan xabarini onglab, darrov qochib, yo‘lga chiqdi. Bu ishni Rasululloh onglagach, uning ortidan tutib kelmoq uchun ikki kishini buyurdilar. Biri Ammor ibn YOsir, ikkinchisi Zayd ibn Horisa edi. «Albatta, uni shundoq joyda bundoq ish ustida topgaysizlar», dedilar. Rasululloh qanday joyni aytgan bo‘lsalar, naq o‘shal joyda tutilib, o‘ldirildi. Bu safarda musulmonlardin ikki kishi shahid bergan bo‘lsalar ham, kofirlardin bu kishi o‘ldirilib, qasoslari qaytdi. Mana shu yilda Hazrati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling