Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
kishiga g‘alaba qilganliklari tarix kitoblarida ko‘p yozilmishdir. Shuni ham bilish 
kerakkim, yuqorigi oyatlarda berilgan va’dalar mo’minlarga qarata aytilgan. Agar 
mo’minlik, musulmonlik yo‘llaridan chetga chiqmasalar, uning sharoitini buzmasdan 
zafar jamalg‘alarini mumkin qadar to‘liqlagandan so‘ngra Allohdan nusrat so‘rasalar, 
yuqori oyatlardagi Allohning va’dasiga albatta ega bo‘lgaylar. 
Sahobalar esa haqiqiy iymonga ega bo‘lgan kishilardur. Shuning uchun Allohning 
va’dasiga ishonib, ko‘ngillari unga qanoat qilganlikdan, O‘ziga tavakkal qilib, dushman 
ko‘pligini ko‘zlariga ilmadilar. 
Shunday qilib, Islom askari Shom tuprog‘ida Mu’ta degan joyga kelganlarida u tomondan 
qalin dushman askari chiqib, shu yerda ikki qo‘shin askari to‘qnashdilar. Saflar tuzilib, 
bir-biriga ko‘zlar tikilib, urush boshlandi. Rasululloh bergan oq tug‘ni tutib askar boshlig‘i 
Zayd ibn Horisa oldinga intilib, Islom askari bilan hujumga o‘tdilar. 
Islom askari ersa, kuffor qo‘shini oldida ko‘kdagi qalin yulduzlar ichida qolgan hulkardek 
ko‘rinur edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam topshirg‘on oq bayroqni tutganicha 
olg‘a intilib, nayza-qilichlarning shig‘irlagan qaynam joyiga yetib bordilar. Dushman 
ko‘pchilik qilib, uni saqlagudek askarlari bo‘lmaganidan to‘rt yoqlama dushman hujumi 
ostida qolib, shu yerda Zayd ibn Horis shahid bo‘ldi, raziyallohu anhu. 
Bu kishi yiqilgudek bo‘lganida uning qo‘lidagi tug‘ini yerga tushirmasdan, ikkinchi amir 
Ja’far ibn Abu Tolib kelib tutdilar. Askar oldiga tushib, ot ustidan turib, qo‘lida tug‘ bo‘la 
turib, dushmanga hamla qildilar. Nayza-nayzaga, qilich-qilichga kirishib, bahodirlarning 
takbir sadosi bilan solgan suronlari ostida ko‘klar ingrashar edi. Qarasalar borgan sari 
ish og‘irlasha boshladi. Hazrati Ja’far buni ko‘rib, darhol otdan tushib piyoda bo‘ldi. Agar 
shahodat topar bo‘lsam, dushmanlar otimdan foydalanmasinlar, deb uni payini kesdi, 
so‘ngra takbir aytib butun askari bilan dushmanning qalin joyiga hamla qildilar. 
Dushman tarafidan urilib, tug‘ ko‘targan o‘ng qo‘li kesilib ketdi. Tug‘ni so‘l qo‘liga olib 
edi, buni ham kesdilar. Shunday bo‘lsa ham tug‘ni tashlamasdan qo‘ltig‘iga qisib turgan 
holda shahid bo‘ldi. Hazrati Ja’farning yoshi o‘ttiz uchda bo‘lib, u Hazrati Alining og‘alari 
edi. So‘ngra Islom tug‘ini uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha ko‘tardi. Bu kishi ham otliq 
edi, oldiga yurish, orqaga chekinish to‘g‘risida bir oz o‘ylanib turgach, ikki yo‘ldoshimdan 
ibrat olgudek bir ish qilur ersam, shunda najot topgayman, deb kofirlar to‘piga qarab 
arslondek otildi.  
Bir qancha urush-surishdan so‘ngra bu kishi ham shahid bo‘ldi. Shu bilan Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam askarboshi qilib belgilangan kishilarning uchovi ham urushning 
birinchi kunidayoq shahodat topdilar. 
Amirlikka tayinlangan kishilardan qolmadi. Buni ko‘rib sahobalardan Sobit ibn Arqam 
degani kishi: «Rasulullohning tug‘lari yerda yotmagay», deb darhol qo‘liga oldi. Bu kishi 
ersa, Badr urushida ish ko‘rsatgan ulug‘ sahobalardan edi. Tug‘ni ko‘targach: «Ey 
mo’minlar, askar amirsiz qoldi, tug‘ni kimga topshiramiz?» deb qattiq qichqirdi. 
«O‘zingga topshirdik», deb urush qilayotgan askarlar atrofdan javob berdilar ersa, u: 
«Yo‘q, buning egasi men emasdurman. Tug‘ni Xolid ibn Validga topshirgaymiz, bul ishga 
u mendan yaramliroqdir, urush ilmini yaxshiroq biladi», dedi. U shunday degach, 
barchalari rozilik bildirib, tug‘ni Xolid ibn Validga topshirdilar. 
Uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha shahodat topgandan keyin Islom askarining saflari 
buzilishga boshlagan edi. Hazrati Xolid tug‘ tutgandan keyin bularni tartibga soldi. Askar 
qurilishi tuzatilgach, bir oz orqaga chekinib, dushmanga qarshi mudofaa usulini 
qo‘lladilar. Bunday dahshatli urush ustida ketma-ket uch amirning o‘ldirilganiga ruhi 
tushmay, o‘zlari buzilayotgan, sochilgan askarni qilich-nayzalar ostidan chiqarib 
dushmandan mudofaa qilgudek bir kuchga keltirmoq bek qiyin ishdir. Bu ersa hazrati 
Xolidning dunYo qo‘mondonlarini hayron qoldirurlik darajada bu ishda mahorat 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
ko‘rsatganini bildiradi.  
Shu bilan orqaga chekinib, tutgan joylarida tog‘dek turish qilib, shu kunning urushini 
mudofaa bilan o‘tkazdilar. Ikki yoq askari yengilmasdan kech kirgach, har qaysisi o‘z 
o‘rinlariga chekindilar. Shu kecha tun qorong‘uligidan foydalanib hazrati Xolid bir hiyla 
topib, urush aldovini ishlatdi. Shundoqki, butun bayroqlarni o‘zgartirib, askar yasovini 
yo‘tkadi. Barong‘ar (o‘ng) o‘rnini jarong‘ar (chap)ga, orovul (old) o‘rnini chindovulga 
almashtirdi. Ertalabki urushga shu yasov bilan chiqqanlarini dushmanlar ko‘rgach, 
qo‘rqinchga tushib, Madina tomonidan shu kecha madad askari yetib kelmishdur, deb 
o‘yladilar. Shunday bo‘lib bu urush yetti kun davom etdi. Qo‘mondonlik hazrati Xolidga 
o‘tgach, uning buyrug‘icha dushmanga qarshi mudofaada bo‘ldilar. Bu urushda ersa, eng 
hayron qolg‘udek ish shuldirki, shunchalik ko‘p sonli, ko‘p kuchga ega bo‘lgan dushman 
qo‘shiniga urushgan uch ming askardan yetti kun ichida o‘n ikki kishi shahid bo‘lmish 
edi. Kuffor tomonidan ersa o‘ldirilganlarning hisobi yo‘q edi. Shuning uchun bu voqea 
mo’tabar kitoblarda Rasulullohning mo’jizalaridan hisob qilinmishdur. 
Shu urush tugagunchalik hazrati Xolid ibn Valid qo‘lida to‘qqiz dona qilich singanligini 
Imom Buxoriy rivoyat qilur.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu voqeadan vahiy orqali xabar topmish edilar. 
Buni anglatish uchun sahobalarni yig‘ib, so‘ngra minbarga chiqdilar. Muborak ko‘zlaridan 
yosh to‘kilar edi. «Xayrlik bo‘lsin» deb uch yo‘l aytgandan so‘ngra sahobalarga qarab: 
— Men sizlarga g‘azotga ketgan askarlarimizdan xabar berurman. Ular ersa borishib 
Mu’ta degan joyda dushmanga yo‘liqdilar. Birinchi amir Zayd ibn Horisa shu urushda 
shahodat topdi. So‘ngra tug‘ni Ja’far ibn Abu Tolib tutib dushmanga hujum boshladi. Bu 
ham shahid bo‘ldi. Uchinchi Abdulloh ibn Ravoha tug‘ ushladi. Uni ham shahid qildilar. 
Bular uchun istig‘for aytib duo qilinglar. Endi tug‘ni Xolid ibn Valid oldi. Ey bor Xudoyo, 
bu quling ersa sening qilichlaringdan bir keskin qilichdur, unga yordam bergaysan, — 
deb duo qildilar. 
Shu kundan boshlab bu bahodir yigitga «Sayfulloh», ya’ni «Allohning qilichi» deb laqab 
qo‘yildi. Shuning ustiga askar xabarchisi Ya’lo ibn Munayya degan kishi ham yetib keldi. 
Islom askari urushdan qaytgach, oldindan uni yuborgan edilar. Rasululloh bilan kelib 
ko‘rishganidan keyin, unga aytdilar: — Bu urushda bo‘lgan voqeani sendan burun men 
aytib berayinmi yoki o‘zing ayturmisan?  
Ul ham:  
— Ayting, Yo Rasulalloh, — dedi.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo‘lgan voqealarning hammasini boshdan-oyoq 
aytib berdilar. Anda xabarchi: 
— Qasam qilurman, Yo Rasulalloh, biz ko‘rgan ishlardan birini qoldirmay aytdingiz. Aniq 
bulurman, siz Allohning haq payg‘ambarisiz, bu ishni sizga Alloh bildirmishdur. Bo‘lmasa 
bunday g‘ayb ishlarni hech kim bilmagay, — dedi. 
Bu xabarni anglatgandan so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Ja’farning 
xotini Asmo’ binti Amis uyiga kirdilar. Bolalarini ko‘rgach, ularni har birini o‘pib turib, 
muborak ko‘zlaridan yoshlari oqib ketdi.  
Anda Asmo’:  
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu bolalar otasi Ja’fardan va uning yo‘ldoshlaridan 
musibat xabari kelganga o‘xshaydi, — deb o‘z odatlaricha ovoz chiqarib yig‘lagani turdi. 
Qo‘shni xotinlar buning tovushini eshitib uning uyiga yig‘ildilar.  
Anda Rasululloh:  
— Ey Asmo’, johiliyat odaticha yoqangni yirtib, yuzingni tirnama, yig‘i ustida og‘zingdan 
yomon so‘zlar chiqib ketmasun. Xudo rozi bo‘lmagan so‘zlardan, ishlardan tilingni, 
qo‘lingni saqlagil.  

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
Ey bor Xudoyo, Ja’farni jannatda eng yuqori darajali joyga yetkurgil, aning oilasiga ulug‘ 
ajr ato qilgil, — deb duo qildilar. 
So‘ngra u joydan chiqib, o‘z uylariga kirib, onalarimizga aytdilar:  
— Ja’far oilasidan xabarsiz turmanglar, ular uchun yemak pishirib uylariga yetkazinglar. 
Insonga o‘lim ishi yetdi ersa, uning qayg‘usi ovqat pishirmoq, yemak-ichmakka to‘sqinlik 
qilur, — dedilar.  
Shuning uchun o‘lim bo‘lgan uyga qo‘shnilar, qarindoshlar taom pishirib yetkurmagi 
sunnat bo‘ldi. 
Yana bir rivoyatda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ja’far uyidan chiqib, Hazrati 
Alining uyiga kirdilar. Hazrati Ja’far Hazrati Alining bir tug‘ishgan og‘alari edi. Fotima 
Rasulullohni ko‘rgach, o‘z odatlaricha «Vo ammoh» deb urushda o‘lgan amakisini yo‘qlab 
yig‘lagani turdi. Anda Rasululloh aytdilar: «Ja’far kabi er yigitga xotinlar yig‘lamasdan 
qarab tura olmaydilar. Lekin ularga aytib qo‘yinglar, yig‘lagan chog‘da qo‘llarini, tillarini 
saqlasin», dedilar. 
Shu bilan oradan uch-to‘rt kun o‘tgandan so‘ngra g‘oziylardan ham xabar keldi. 
Rasululloh buyurdilarkim, ularning oldilaridan kutib chiqib, qarshi olg‘aylar. Yaxshi 
safardan, uzoq yerlardan kelayotgan musulmonlarni kutib olish shundan bizlarga sunnat 
bo‘lib qolgan.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshliq barcha sahobalar va g‘oziylarning yosh 
bolalari yo‘l to‘sishib chiqqan edilar. Madinadan chiqishgan bolalar ersa, suyunganlaridan 
shodlik she’rlarini o‘qishur edilar.  
Anda Rasululloh aytdilar:  
— G‘oziylar o‘z bolalarini ot oldiga mindirib olsinlar. Ja’far o‘g‘li Abdullohni menga 
beringlar,— deb, uni o‘zlari otga o‘ngarib oldilar. So‘ngra aytdilarkim: 
— Ey o‘g‘lim, senga muborak bo‘lg‘ay, otang Ja’farni bu kecha menga ko‘rsatdilar. Uni 
jannatda farishtalar bilan birga uchib yurganini ko‘rdim. 
Rasululloh hazrati Xolid bilan ko‘rishganlarida bu urushda ko‘rsatgan mahoratini maqtab, 
undan ko‘p rozi bo‘ldilar. Shu safardagi askar ichida bo‘lgan Abdulloh ibn Umarning 
aytishicha, Zayd ibn Horisaning ikki qo‘li birdan kesilib, yana yetmish necha yeridan 
yaralanmish edi. Rasululloh belgilagan shu uch qo‘mondonni — Zayd ibn Horisa, Ja’far 
ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Ravoha — shahid bo‘lgan joylarida bir qabrga qo‘ydilar. 
Qolganlari ham shu o‘ringa ko‘mildi, raziyallohu anhum. 
Zarurat tushgan chog‘da besh-o‘n o‘likni bir qabrga qo‘ymoq shariatda durustdir. Uhud 
urushida o‘lgan shahidlarni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari shunday 
qilgan edilar. Bu bahodirlarning qabrlari butun Islom olamiga ziyorat o‘rni bo‘lib 
qolmishdur. Muborak ismlari ersa tarixlarda yozilib, inson olamida hurmat 
qozonmishdur. 
ZOTIS-SALOSIL G‘AZOTI 
Bu yer bilan Madinaning oralig‘i o‘n kunlik yo‘l edi. Tarixi hijratning sakkizinchi yili 
jumodul oxira oyida bu voqea bo‘ldi. Buning sababi ersa, o‘sha yerlik Quzoa qabilasi 
Madina atrofiga hujum qilmoq uchun tayyorgarlik qilayoturlar degan xabar Rasulullohga 
yetmish edi. Ish ulg‘aymasdan ilgari uning chorasini qilish kerak bo‘lganlikdan buning 
oldini olish uchun Amr ibn Osni chorlab, unga aytdilar: 
— Ey Amr, seni askarga boshchi qilib, dushman ustiga yuborurman. Sen bu safardan 
g‘animat mol topgaysan, dag‘i hech qanday ziyon ko‘rmasdan, salomat qaytgaysan. 
Anda Amr ibn Os: 
— Yo Rasulalloh, men molga qiziqib musulmon bo‘lmadim, balki Islom dinini haq bilib, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
iymon keltirdim, — dedi. 
Unga Rasululloh: 
— Halol mol yaxshi odamga qanday yarashadi, — dedilar. 
Chunki mol Alloh taolo tomonidan bandalariga berilgan ne’matdir. Agar banda buning 
shukrini qilar ekan, kundan-kunga u ne’mat ko‘payadi. Agar shukrini qilmas ekan, undan 
albatta bir kuni ajraladi. Inson olamida ilgaridan kelgan Allohning odati shuldir. Endi 
ne’matga shukr qilishning ma’nosi, shu narsani Allohning buyrug‘iga ishlatish, aning 
ustiga qo‘yilgan shariat haqlarini to‘liq bajarib turish demakdir. Insonning o‘zi to‘g‘ri 
yo‘ldan toymaguncha unga bergan ne’matni Alloh qaytarib olmaydi. Chunki Qur’onda 
aytadi: 
«Lain shakartum laaziydannakum va lain kafartum inna azabiy lashadiyd», ya’ni, «Agar 
shukr qilsanglar, bergan ne’matimni yana ko‘proq beraman, agar noshukrchilik qilar 
ekansizlar, menim azobim bek qattiqdur». Bu degan ersa, bu dunyoda u ne’matdan 
ajraysizlar, oxiratda ersa noshukrchilik qilganning azobini yana tortgaysizlar, demakdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, ansor va muhojir sahobalardan uch yuz 
askarga Amr ibn Osni amir qilib jo‘natdilar. Bular ichida ulug‘ sahobalardan ko‘p kishi bor 
edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu askarga oq tug‘, qora bayroq berdilar. 
Kunduzi yashirinib, hech kimga ko‘rinmay, kechasi tinmay yo‘l yurib dushman yeriga 
yaqinlashib kelganda, oldin yuborilgan tingchilar dushmanning ko‘pligidan xabar 
keltirdilar. Buni anglashi bilan Amr ibn Os Rasulullohga kishi choptirib, yordam askari 
so‘radi. Darhol hazrati Abu Ubaydani boshchi qilib, yana ikki yuz askar yubordilar. 
Bu keyingi askar ichida hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar ham bor edi. Bularga 
buyurdilarkim, Amr ibn Os askariga qo‘shilgaylar, so‘ngra har ikki amir birgalikda ish olib 
borgay, dedilar. 
Shu bilan keyingi askarlar tez yurib oldingi askarga yetib oldilar. Shu orada bir 
namozning vaqti kirib, ani o‘tamakchi bo‘ldilar. 
Islom qonunida askarga kim boshchi bo‘lsa, namozda imom bo‘lish aning haqqidur. 
Shunga qarab hazrati Abu Ubayda namozga imom bo‘lish uchun saf oldiga o‘tmoqchi 
bo‘ldi. Anda Amr ibn Os: 
— Seni Rasululloh menga yordamchi qilib yubormishdur. Butun askar ustida bosh 
qo‘mondonlik menim haqqimdur, — deb o‘zi imom bo‘lib namozga o‘tdi. 
So‘ngra Islom askari dushman yeriga kirgach, ular ustiga to‘satdan hujum qildilar. 
Dushman askarlari dastlabda ozroq urushgan bo‘lsalar ham, keyin yengilib qochdilar. 
Ko‘plari o‘ldirilib, butun mollari o‘ljaga qoldi. 
Shu kunlari esa qish mazgili (vaqti) bo‘lib, havoning anchagina salqinligi bor edi. Askar 
usti yupun bo‘lib, ularga sovuq o‘tgan bo‘lsa ham, o‘t yoqib isinishga amirlari Amr ibn Os 
unamadi. 
Yana shu tuni o‘zi ihtilom bo‘lib, bulg‘anmish edi. Sovuqdan qo‘rqib g‘usl qilmasdan, 
tayammum bilan namozga imom bo‘ldi. Qochgan dushman askarini quvlashga so‘rab 
edilar, unga ham ruxsat bermadi. Aning shu qilgan ishlaridan Hazrati Umar boshliq bir 
necha sahobalar norozi bo‘lishib, hazrati Abu Bakr Siddiq oldiga kelishdi. Anda u: 
— Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu safargi askar ustiga bu kishini boshchi qilib 
qo‘ymishdur. Urush ishida balki bizdan aning bilgani ortiqroq bo‘lgay. Endi bu to‘g‘rida 
na qilur ersa, unga hammamiz bo‘ysunishimiz kerakdir, — deb ularni bosib qo‘ydilar. 
So‘ngra Madinaga kelgach, Amr ibn Os: 
— Yo Rasululloh, sizga aytgandirlar, men bu safarda askarga yoqmaydigan bir necha ish 
qildim. Birinchisi, havo sovuq bo‘lsa ham askarlarga o‘t yoqib isinmoqqa ruxsat 
qilmadim. Buning sababi ersa, dushman josuslari tun qorong‘usida kelib o‘t yorug‘ida 
o‘ltirgan askarning ozligini payqab qolgaylar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
Ikkinchisi, dushmanlarimiz bizdan yengilib qochdilar, lekin bularni orqalaridan quvlashga 
ruxsat bermadim. Chunki dushman hiyla qilib yolg‘ondan qochgan bo‘lsa, bir yerga 
qo‘ygan buqtirma (pistirma) askari bo‘lib qolib, yana quvlagan kishilarga ziyon yetib 
qolmasin, deb o‘yladim. Ammo ihtilom bo‘lib qolganimda havo sovug‘idan qo‘rqib suvga 
tushmaganim to‘g‘ridur. G‘usl qilmasdan tayammum bilan namozga imom bo‘ldim, 
chunki Qur’onda Alloh aytmishdur: «Ey mo’minlar, o‘zinglarni halok qilg‘udek ishni 
qilmanglar, chunki Alloh taolo sizlarga bek mehribondur». Alloh shunday degach, 
o‘zimga ziyon bo‘lgudek ishni qilmadim, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning keyingi so‘ziga kulib qo‘ydilar. Lekin 
oldingi aytgan so‘zlarini to‘g‘ri topib:  
— Yaxshi qilibsan, — dedilar.  
ALXABAT G‘AZOTI 
Tarixi hijratning sakkizinchi yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch yuzdan ortiqroq 
bir bo‘luk askarga Abu Ubayda ibn Jarrohni boshchi qilib Madinadan besh kunlik 
uzoqlikdagi Qizil dengiz bo‘yidagi Juhayna qabilasiga yubordilar. Shu yili yomg‘ir yetarlik 
yog‘maganidan xalq ichida qahatchilik ham bor edi. Askar ozug‘i uchun yegulik bir necha 
sanoch (xalta) Madina xurmosidan boshqa ortiqcha narsa topmadilar. Borgan joylarida 
yo‘l to‘sib uzunroq turib qolishga to‘g‘ri keldi. 
Madinadan olgan ozuqlarini yeb tugatdilar. Eng keyin shu holga yetishdilarkim, 
boshchilari Abu Ubayda askarga xurmoni bir donadan ulashur edi. Buni ham yeyishib 
tugatgandan so‘ngra, hech narsa qolmagach, ochlikka chidayolmay samur daraxti 
(xabatni) yaprog‘ini yedilar. Shunday qiyinchilikka qolishgan chog‘da dengiz to‘lqini bir 
ulug‘ baliqni chetga chiqarib tashladi. Uch yuzdan ortiq askar, yigirma kunga yaqin shu 
baliqni yeyishdilar. Kundan-kunga quvvatlanib, tanlari sog‘lom bo‘ldi. Go‘shtni yeyishib, 
yog‘i bilan badanlarni moyladilar. 
Bu baliqning kattaligi shundaykim, buning ko‘zi ichiga oqib yig‘ilgan yog‘ni katta kosalar 
bilan quduqdan suv olgandek olishar edi. Abu Ubayda buyurdikim, aning bir dona 
qovurg‘asini olib yerga yotqizinglar. So‘ngra tuya mingan bir novcha kishi shuning 
egilgan joyidan engashmasdan o‘tib ketdi. Bu safarda yo‘l to‘sib qanchalik ko‘p tursalar 
ham, dushmanga yo‘liqishmadilar. So‘ngra Rasulullohning ruxsatlari bilan Madinaga 
qaytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baliq voqeasini eshitgach: «Bu baliqni 
sizlarga rizq qilib Alloh taolo dengizdan chiqarmishdur. Andin biror bo‘lagini keltirgan 
bo‘lsanglar, menga ham yediringlar, deb so‘radilar. 
Askar ichida o‘shal baliqdan saqlagan kishilar bor edi, darhol uni keltirib berdilar. 
MAKKA SHAHRINING FATHI 
Hijratning sakkizinchi yili Ramazon oyining o‘ninchi kuni Makka fathining safariga 
chiqdilar. Alloh taolo hayot olamida, bir ishni qilmoqchi bo‘lur ekan, eng avval aning 
sabablarini tayyorlag‘usidir. U ishning to‘sqinliklari o‘rtadan ko‘tarilgandan keyin, 
albatta, uni vujudga chiqargusidur. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shuni bilur edilarkim, Islom dinini butun dunyoga 
tarqatmoq uchun avval zamonlardan beri tarqoqlik holda yashab kelgan arab qabilalarini 
bir nuqtaga yig‘moq kerakdur. Bu maqsadni amalga oshirish uchun eng avval Quraysh 
qabilasini bo‘ysindirmoq lozimdur. Bularning itoatga kelishi Makka shahrining fath 
bo‘lishiga bog‘liqdur. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ngillarida bu orzu bo‘lsa ham, o‘tgan Hudaybiya 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
sulhi, bu ishga to‘sqinlik qilur edi. U ahdnomada yozilmish shartlar o‘rtadan ko‘tarilmay 
turib, Qurayshga urush ochmoq mumkin emas edi. U ahdnoma bo‘yicha qaysi tomonga 
qo‘shilishga har kim ixtiyorlik bo‘lgani uchun, Xuzo’a Rasulullohga, Bani Bakr qabilasi 
Qurayshga qo‘shilmish edilar. Bu ikki qabila u qo‘shilgan ikki qabila bilan urush-yarashda 
bir ittifoq bo‘lishga qattiq ahd-paymon qilishgan edi. Qaysi birlariga boshqalardan hujum 
bo‘lur ersa, har ikkoviga bo‘ldi demak edi. 
Islom dini kelmasdan ilgariroq Xuzo’a qabilasi bilan Bani Bakr qabilasi oralarida xun 
da’vosi bor edi. Bu orada Islom dini da’vosi ko‘tarilib, qabilachilik kabi chakana ishlarni 
unutmish edilar. 
Hijratning oltinchi yili Hudaybiya sulhi tuzilgandan keyin el ichi tinchlanib, yo‘llar ochilib 
erdi, yana arab eski odatlarini qo‘zg‘agali turdilar. 
Bani Bakr qabilasi Xuzo’a qabilasidagi eskidan qolgan qon qasosimizni olg‘aymiz deb, 
qo‘zg‘olon qildilar. Alarning ittifoqdoshlari Quraysh qabilasi ham bularga yashirin 
ravishda askar qo‘shmoqchi bo‘ldi. Hech bir ishdan xabari yo‘q bemalol yotgan Xuzo’a 
qabilasini kechalab bosib, alardan yigirmaga yaqin kishini o‘ldirdilar. 
Bu voqea sodir bo‘lgach, Rasulullohning ittifoqchilari Xuzo’a qabilasi o‘z raislaridan Amr 
ibn Solim qo‘l ostida bir hay’at tashkil qilib, Rasulullohga bu ishdan xabar berdilar. 
Hay’at kelmasdan ilgariyoq bu hodisa Xudo tarafidan bildirilgan edi. Onamiz Oyshani bu 
sirdan voqif qilib, safar asbobini tayyorlab turmoqqa buyurgan edilar. Oradan uch-to‘rt 
kun o‘tar o‘tmas Xuzo’a elchisi Amr ibn Solim yo‘ldoshlari bilan masjid eshigiga kelib 
to‘xtadi. Arab odaticha achinarlik, ta’sirlik she’rlar o‘qib, dushmanlaridan ko‘rgan 
musibatlarni bayon qildi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansor va muhojir sahobalar bilan masjidda o‘ltirgan 
edilar. Uning o‘qigan she’ridan ta’sirlanib, muborak ko‘zlariga yosh keldi, so‘ngra 
aytdilar: 
— Ey Xuzo’a xalqi, sizlarga yordam yetkizmakni albatta o‘z ustimga olurman. O‘zimni 
dushmandan qandoq saqlar ersam, sizlarni ham shundoq saqlagayman. Alloh oti bilan 
qasam qilurmanki, o‘z oilamni himoya qilgandek, sizlarni ham himoya qilurman. 
Bu voqea bo‘lgandan keyin Quraysh xalqi bildilarkim, bu qilgan ishlari ochiq xiyonat 
bo‘lib, o‘rtada tuzilgan ahdnoma shartlarini buzish demakdir. Ish bo‘lib o‘tgandan keyin 
foydasiz o‘kinishlar qilishib, oxirida shunday qarorga to‘xtashdilarkim, bu ishni tuzatmoq 
uchun Abu Sufyon Madinaga borib, o‘rtadagi ahdni yangilab, vaqtini yana uzunroq 
qilgay. Shu maqsad bilan Abu Sufyon Madinaga kelib o‘z qizi Ummu Habiba uyiga tushdi, 
bu ersa Rasululloh nikohiga kirmish edi. Qizi bilan ko‘rishgandan so‘ngra, Rasulullohning 
to‘shaklari ustiga o‘ltirmoqchi bo‘ldi. «Bu joyga mushriklar o‘ltirishi loyiq kelmagay», deb 
onamiz Ummu Habiba to‘shakni yig‘ib qo‘ydi. So‘ngra onamiz Ummu Habiba Abu Sufyon 
u yerdan chiqib, masjidda o‘ltirgan Rasululloh oldilariga kelib o‘z maqsadini gapirdi. 
Anda Rasululloh: 
— Ahdimiz buzilg‘udek hodisa bo‘ldimi? — deb undan so‘radilar. 
Abu Sufyon: 
— Andoq ish yo‘qdur, — deb javob berdi. 
— Yo‘q ersa, ahdnomani boshqadan tuzmoqning nima hojati bor? — deb so‘zini kesdilar. 
Lekin Abu Sufyon shu bo‘lib o‘tgan Xuzo’a voqeasidan xabari yo‘q kishidek bo‘lib, undan 
og‘iz ochmadi va Rasulullohga boshqa so‘zlashga ham jur’at qila olmadi. U yerdan turib, 
sahobalarning ulug‘lari Hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali va 
boshqalar bilan ko‘rishib, o‘z maqsadi uchun ulardan yordam so‘ragan edi, barchalari 
Rasululloh bilur, degan javob qaytardilar. 
Bir necha kun Madinada turib, hech ish bitira olmay, nochor Makkaga qaytib ketdi. U 
borgach, Quraysh xalqi: «Sen Madinaga borib yashirin ravishda musulmon bo‘lib, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
Muhammadga so‘z berib kelding», deb Abu Sufyonga tuhmat qildilar. Eng oxiri butlari 
oldida ularga qasam ichib berib, arang qutuldi. 
Abu Sufyon ketgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina atrofidagi butun 
qabilalardan askarga chaqirdilar. Lekin qayerga borishlarini hech kimga aytmadilar, sir 
tutdilar. Bul sirni uch-to‘rt kishidan boshqa hech kim bilmagan edi. Bundan maqsadlari 
ersa, Haramda urush bo‘lib, qon to‘kilmasdan Makka xalqini itoatga keltirish edi, 
mumkin qadar Haram hurmatini saqlashga chora ko‘rish edi. Shuning uchun Quraysh 
xalqini g‘aflatda qo‘yib, to‘satdan bosib olishni loyiq topdilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi so‘z bilan atrofga jarchilar yuborib, 
chaqiriq qildilar: «Har kim Allohga, qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, shu Ramazon 
oyida Madinaga hozir bo‘lsin». Bu buyruq o‘tgandan keyin Madina atrofidagi ushbu besh 
qabila — Aslam, G‘ifor, Muzayna, Ashja’ va Juhaynadan askar yig‘ilib keldi. Butun askar 
to‘planib bo‘lgach, Rasululloh shunday deb duo qildilar: «Ey bor Xudoyo, Quraysh 
josuslarining ko‘zlarini bog‘la, ularga hech bir xabar yetkazma». 
Bu duolari ijobat bo‘lib, xabarlar anglanmay, dushmanlarning ko‘zlari hech narsani 
ko‘rmay turdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safar hozirligini ko‘rib yo‘lga 
chiqish oldidan Hotib ibn Abu Balta’a degan bir sahoba bu voqeani bayon qilib, 
Qurayshga xat yozdi. Bir xotun kishi topib anga topshirdi. Agar bu xotun xatni ularga 
yetkazur ersa, biror narsa hadya qilmoqqa va’da berdi. Xotun xatni olgach, sochi orasiga 
yashirib yo‘lga chiqdi. Biror manzil yurgandan keyin Rasululloh bu ishdan vahiy orqalik 
xabar topdilar. Hazrati Ali bilan Hazrati Zubayrni chaqirib, ularga buyurdilarki: 
— Shu hozirda Makka yo‘lidagi Xoh bo‘stoniga borgaysizlar. O‘sha joyda Makkaga 
ketayotgan bir xotun kishiga yo‘liqarsiz. Shu xotunda Qurayshga yozilmish xat bor, uni 
keltiringlar. 
Bu ikkovlari chopganlaricha borib, Rasululloh aytgan joylaridan u xotunni topdilar. Xatni 
so‘rab edilar, ul xatni ko‘rganim yo‘q, deb tongali turdi. Xurjunlarini ag‘darib ko‘rib 
topolmadilar. Anda Hazrati Ali: 
— Qasam qilurmanki, Rasululloh so‘zlari chindur, xat borligida hech gumonimiz yo‘qdur. 
Agar o‘z ixtiyoring bilan chiqarib berur ersang, bizdan qutularsan, yo‘q desang, ul 
chog‘da seni yalang‘och qilib, xatni topib olgaymiz. 
Bu so‘zni anglagach, xotun qo‘rqqanidan sochi o‘ramlariga yashirgan xatni chiqarib 
berdi. Xatni keltirib Rasulullohga topshirdilar. Qarasalar, bu xatda Rasulullohning askar 
bilan Makkaga borishlarini Qurayshga yozilmishdur. Bu ish ersa sir tutilganlikdan uni 
dushmanga yozmoq musulmon kishiga ulug‘ jinoyat edi. Xat yozguvchi Hotibni chaqirib 
so‘radilar: 
— Bu nima qilganing? 
Anda ul: 
— Yo, Rasulalloh, mening bu qilgan ishimda shoshmagaysiz. Men Allohga va uning 
payg‘ambarlariga iymon keltirgan kishidurman, shu yo‘ldan chiqmadim, dinimdan 
qaytmadim. Lekin o‘zim Quraysh urug‘idan emasman. Alar ichida oilalarim bordur, o‘zim 
hijrat qilib Madinaga kelganimda ularni qoldirib chiqmish erdim. Quraysh ichida meni 
oilamni himoya qilguvchi qarindosh-urug‘larim yo‘qdur. Mendan boshqa Makkadan 
kelgan muhojirlarning ul joyda talon-bulondan saqlaguvchi qavmu qarindoshlari ko‘pdir. 
Shuning uchun, Yo Rasululloh, Qurayshga shu xatni yozib, xizmat qilur bo‘lsam, buning 
orqasida qolgan narsalarim saqlanib qolgaymu deb, shu ishni qildim. 
Anda Hazrati Umar: 
— Yo Rasulalloh, bu kishi Xudoga va uning Payg‘ambarlariga xiyonat qildi. Shu ish bilan 
o‘zining munofiq ekanini bildirdi. Ruxsat qiling, buning bo‘ynini uzib, boshqalarga ibrat 
qilay, — dedi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling