Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59

«AL-USHAYRA» G‘AZOTI 
Buvot safaridan ikki oy o‘tgandan so‘ngra Quraysh qabilasi yana bir katta tijorat karvoni 
tayyorlab, Shom shahriga jo‘natmoqchi bo‘ldilar. Bu safarda ko‘p miqdorda savdo 
sarmoyasi yig‘ilgan edi. Qabila boylaridan erkak-xotun bo‘lib, ko‘p kishilar bu tijoratga 
qatnashgan edilar. Bu ulug‘ karvonga Abu Sufyon rais saylangan edi. O‘zi bilan yo‘ldosh 
qilmoqqa qabiladan yana yigirma necha kishini tanlab oldi. Lekin bu safarning qachon 
bo‘lishini, qaysi kunda yo‘lga chiqishlarini nihoyat yashirin tutdilar. Shundoq bo‘lsa ham 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
so‘z tarqalib, bu xabar Rasulullohga yetdi. Muhojir sahobalardan bir yuz ellik kishi bilan 
karvon yo‘lini to‘smoqchi bo‘lib, Ushayra degan yerga keldilar. Lekin bular kelmasdin bir 
necha kun ilgariyoq bu yerdan karvon o‘tib ketgan edi. Bu g‘azotga atalib bog‘langan oq 
tug‘ni hazrati Amir Hamza ko‘targan edi. Bu safardan asl maqsadlari qo‘lga kelmagan 
bo‘lsa ham, bu yerlik a’robiylardan Bani Mudlij qabilasi va yana ularning yoqdoshlari 
bilan ittifoqnoma tuzdilar. Buning bilan alarning yog‘iyliklari do‘stlikka aylandi. 
Shuning bilan Rasululloh Madinaga qaytib kelib, o‘tib ketgan Quraysh karvonining 
qaytishini kuzatib turdilar. Bu orada besh-o‘n kun o‘tmay turib, Fexr qabilasidan Kurz ibn 
Jobir degan kishi o‘tloqda yotgan bir qancha Madina mollarini haydab qochdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam Hazrati Ali boshliq bir necha sahobalar bilan alarni quvlab 
«Safvon» degan soyga keldilar. Tog‘ ichiga tarqalib ketgan bosmachilarga 
yetisholmasdan, Madinaga qaytdilar. Bu safardan kelgunlaricha ansorlardan Zayd ibn 
Horisa Rasululloh o‘rinlariga xalifa bo‘lib turdi. Bayroq Hazrati Ali qo‘llarida edi. Yana shu 
yilning Rajab oyi oxirlarida Rasululloh sahobalardan sakkiz kishini saylab oldilar. Bularga 
Abdulloh ibn Jahsh degan kishi boshliq qilib yo‘lga chiqdilar. Qo‘liga bir xat yozib berib, 
ikki kun yo‘l yurgandin so‘ngra uni o‘qib ko‘rmakka buyurgan edilar. Shu muddat 
o‘tgandin keyin, o‘qib ko‘rsa, shu so‘z yozilmish edi: 
«Bu xatni o‘qigan zamoning to‘xtamay Naxla degan yerga yetib, shu orada poylab tur. 
Shom shahriga o‘tgan Quraysh karvonini kuzat, alarning qaytar chog‘ini bilding ersa, 
bizga ildamlik bilan xabarini keltur». Rasulullohning bu maqsadini Madinada turishgan 
vaqtda bularga bildirmadilar, aning uchunkim, o‘z ichlaridagi dushmanlardan, birinchi — 
munofiqlar, ikkinchisi — yahudlarning Makka mushriklari va boshqa din dushmanlari 
bilan yashirincha aloqalari bor edi. Musulmonlarga zarar yetkazish alarning eng suygan 
vazifalari edi. Rasululloh tomonidan ko‘rilgan choralar, qilinayotgan tadbirlarni birma-bir 
tashib, ularga yetkizmoqda edilar. Ana shu josuslardin saqlanish uchun, bu maqsadni 
Madinada so‘zlamadilar. So‘ngra Abdulloh ibn Jahsh xat buyrug‘i bo‘yicha shu 
belgilangan joyga qarab yurdi. Yo‘ldoshlaridan Sa’d ibn Abi Vaqqos, Utba ibn G‘azvon, 
bu ikkovlari mingashib kelayotgan tuyalarini yo‘qotishib qo‘yib, shuni izlab ortda 
qolishdi. Qolganlari esa xatda aytilgan Naxla degan joyga kelib, bir pana joyda pisib 
yotdilar. Shu oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Shom tomonidan kelayotgan kichikroq bir qofila 
(karvon) ko‘rindi. Bunda karvon boshchilaridan Amr ibn Hazramiy, Usmon ibn Abdulloh, 
buning qarindoshi Navfal ibn Abdulloh, Hakam ibn Kayson, mana shu kishilar bor edi. Bu 
ish Toif shahri bilan Makka oralig‘ida bo‘lgan voqeadur. Sahobalar o‘zaro kengash 
qildilar. Boshliqlari Abdulloh ibn Jahsh: 
— Agar bu karvon ahli shu kecha bizdan qutulib, omon topsalar, tuni bilan yurib o‘tirib, 
Harom tuprog‘ina kirib ketishlari mumkindur. U chog‘da bizning hujumimizdan albatta 
qutulgan bo‘lurlar. Agar shu kechada turib, alarni bosib qo‘lga tushirsak, Harom 
oylarining hurmatini saqlamagan bo‘lib, butun arablar oldida ta’naga qolurmiz, — dedi. 
Endi buni bilmak kerakkim, johiliyat zamonida, Islom dini chiqmagan davrda arab 
xalqining o‘z boshiga erklik birorta podsholari yoki hukumatlari yo‘q edi. Bir tarafdin, 
ya’ni Shom tarafdagilari qaysari Rumga, ikkinchi tarafdin, ya’ni Iroq tarafidagilari Eron 
podsholariga tobe’ edilar. Har ikki chegaradan yiroq yerlarda, tog‘u cho‘llarda yashovchi 
qabilalar hech kimga bo‘ysunmas edilar. Lekin tabiiy jangovarlik, zotiy urushchanlik, 
buning ustiga urug‘-aymoq tortishuvlari natijasida, o‘zaro uzluksiz urushlar davom etib, 
doimiy ravishda qon to‘kishlari bo‘lib turmoqda edi. Shundoq bo‘lsa ham, Islom 
kirmasdin ilgari, arablar ikki narsaning hurmatini qattiq saqlar edilar: Harom tuprog‘i 
ustida zulm-xiyonat qilmaslik, har yil ichida to‘rt oy urush-talashdin yiroq bo‘lib, qon 
to‘kmaslik va ul to‘rt oyning otlari shular: 1. Zulqa’da. 2. Zulhijja. 3. Muharram. 4. 
Rajab. Bu oylarni «ashhurul xurum» deb ataydilar. Hurmatlik oylar, yoki qon to‘kish 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
xarom, degan oylar bo‘lur. Qur’oni karimda necha o‘rinda keltirilmishdur. Harom tuprog‘i 
ersa, Alloh izni bilan, bu qutlug‘ uy yasalgandin buyon buning hurmati o‘z tarafidan 
saqlanib keldi. YOlg‘iz insonlar emas, hayvonlar tomonidan ham bu uyga adabsizlik 
ko‘rsatuvchilarga samoviy jazolar berildi. Hadis, tarix kitoblari bu so‘zlar bilan 
to‘lgandur. Buning haqligi Fil surasidagi voqeadan ham ma’lum, u har bir musulmonga 
ochiq dalildur. Bu to‘g‘rida kerakli so‘zlarni keng yo‘sinda tarixiy bayonlari bilan o‘z o‘rni 
kelganda, yana ham ochiqroq qilib ayturmiz, inshaalloh! Mana endi, yuqorida Abdulloh 
ibn Jahshning: «Karvonlar Haramga kirsa, bizdan qutulur, agar shu kecha alarga hujum 
qilsak, rajab oyining hurmatini buzgan bo‘lib, arablar oldida ta’naga qolurmiz» degan 
so‘zlarining sababi shu edi. 
Shundoq qilib, sahobalar bu karvonga hujum qilish yoki qilmasga ikki yoqlama bo‘lib 
turishib, oxiri hujum qildilar. Shu kuni rajab oyining tuganchisi edi. Sahobalardin Vahb 
ibn Abdulloh dushmanlardin Amr ibn Hazramiyni qoraga olib, o‘q otdi. Jon yeriga tekkan 
ekan, shu orada jon berdi. Usmon ibn Abdulloh, Hakam ibn Kayson — bu ikki kishini asir 
oldilar. Buni ko‘rib, dushman to‘pi buzildi. Boshqalari Navfal ibn Abdulloh karvonni 
tashlab qochdi. Endi, dushman tomonidan ortiqcha qarshilik ko‘rilmagach, Abdulloh ibn 
Jahsh va uning yo‘ldoshlari butun karvonga ega bo‘ldilar. Qo‘lga tushgan o‘lja mollarini 
yuklashib, yuqorigi ikki asir birlikda, salomat Madinaga keldilar. Islom dini chiqqandin 
beri musulmonlarning dushmanlardan dastlabki tushirgan o‘lja mollari shu edi. Bu 
kishilar Madinaga kelganlaridan keyin, bular ustidan so‘z tarqaldi. Butun arablar ichida 
«ashhurul xurum» atalgan to‘rt oy ichida urushib, qon to‘kmaklik harom bo‘lganligidan, 
rajab oyining oxirgi kuni bu voqea bo‘lganligi ma’lum bo‘lib, butun xalq tomonidan qattiq 
ta’naga qoldilar. Ayniqsa, madinalik yahudlar, ularning yashirin do‘stlari— munofiqlar bu 
ish ustida ko‘p shovqin ko‘tardilar. Alam o‘tgan Quraysh mushriklari bo‘lsa, butun 
arablarga jar chaqirib, faryod qilgani turdilar. Buning ustiga, Rasululloh tarafidan: «Men 
bularni urushga amr qilmagan edim», degan so‘z eshitildi. Bu so‘z chiqqandin keyin 
boshqa sahobalar tomonidan ham alar haqida qattiq-quruq so‘zlar aytilgani turdi. Bu 
kelgan o‘lja mollardin Rasululloh o‘zlariga biror narsa ayirmadilar. Yoki boshqalarga 
taqsim ham qilib bermadilar. Rasulullohning bundoq muomala qilganlarini ko‘rishib, bu 
ishni qilgan, undan ajr-savob kutishib turgan Abdulloh ibn Jahsh, uning yo‘ldoshlari 
sakkiz sahobaning boshlariga g‘am tog‘i ag‘darildi. Bu qilgan ishlariga qattiq o‘kinib, ko‘p 
pushaymon bo‘ldilar. Hijolatdin bosh ko‘tarolmay, ma’yusliklari nihoyatiga yetdi. Mana 
shu chog‘da mehribon Allohning marhamati bilan oyat nozil bo‘lib, ular xijolatdin 
chiqdilar: 
Yas aizvnaka anishshahril haromi qitalin fiyh. Qul qitamun fiyhi kabir. Va soddun an 
sabilillaahi va kufrun bihi val masjidil haromi va ixroju ahlihi minhu akbaru indalloh. Val 
fitnatu akbaru minal qatl. 
Alloh taolo Payg‘ambarimizga aytadi: «Yuqorigi hurmatlik to‘rt oy ichida urushmoq, qon 
to‘kmoq, hukmini kishilar sendin so‘raydilar. Sen alarga aytgil, bu oylarda urushmoq 
ulug‘ gunohdur, ammo Alloh yo‘lidan qaytarmoq, Allohga inkor qilmoq, Masjidul 
Haromga kirishdan mo‘minlarni to‘smoq, shu yerlik kishilarni o‘z vatanlaridan bezdirib, 
qochishga majbur qilmoq, mana shu ishlar Alloh oldida undan ham ulug‘roq gunohdur. 
Haq dinga kirgan mo‘minlarni turlik fitnalar bilan dindan chiqarmoq — kishi o‘ldirgandin 
ham yomonroq gunohdur. Ya’ni, sizlarning Rajab oyida urush qilib, ulardin bir kishi 
o‘ldirganinglarni ulug‘ gunoh ko‘rurlar. Haqiqatda esa o‘zlarining yuqorida qilgan ishlari 
Xudo oldida eng ulug‘ gunoh hisoblanadur. Shunday bo‘lgach, ularning sizlarga ta’na 
qilishga hech yo‘llari yo‘qdur», — degan mazmundagi oyat nozil bo‘lgandin keyin, ul 
sakkiz sahobaning boshlaridin hijolat ko‘tarilib, ko‘ngillaridagi g‘am-qayg‘ulari tarqaldi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bulardin rozi bo‘lib, keltirgan g‘animat 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
mollarini taqsim qilib berdilar. Shu bilan masala tamom hal bo‘ldi. Yahudlar va 
munofiqlarning bundin kutgan maqsadlari yuzaga chiqmadi. Quraysh mushriklari ham 
asir tushgan ikki kishi uchun fidya mol yuborib, qaytarishni talab qildilar. Bu sakkiz 
kishidan ikkovlari Sa’d ibn Abi Vaqqos, Utba ibn G‘azvon yo‘qotgan tuyalarini izlashib, 
yo‘lda ajrashganlaricha, hali kelmagan edilar. Shuning uchun payg‘ambarimiz: «Bizning 
kishilarimiz salomat kelmagunlaricha, bu asirlarimizni bo‘shata olmaymiz», dedilar. Shu 
orada ul ikki sahoba ham Madinaga salomat yetishib keldi. So‘ngra asirlar uchun fidya 
mollarini qabul qilib, alarni ham bo‘shatdilar. Bu ikki asirning birisi Hakam ibn Kayson o‘z 
ixtiyoricha musulmon bo‘lib, Madinada qoldi. Ikkinchisi, Usmon ibn Abdulloh kofirligicha 
Makkaga ketdi. 
QIBLANING O‘ZGARTIRILISHI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlaridan so‘ngra Quddusi sharifga 
qarab, o‘n olti oy namoz o‘qidilar. Lekin ko‘ngillarida Ka’baga qarab namoz o‘qishni bek 
orzu qilar edilar. Chunki Ka’ba Ibrohim Xalilullohning qiblasi edi. O‘tgan payg‘ambarlar, 
Odam alayhissalomdan Xotam alayhissalomgacha hammalari Quddusi sharifga qarab 
ibodat qilur edilar. YOlg‘iz Ibrohim Xalilullohga Alloh izni bilan Ka’ba — qibla bo‘ldi. 
Quraysh sayidlari: «Muhammad o‘zi Ibrohim Xalilulloh yo‘lidaman, deydur, andoq ersa, 
nechuk Ka’baga qarab namoz o‘qimaydi, yahudlar qiblasi Baytul Maqdisga qaraydi», deb 
ta’na qilishur edi. Buning ustiga yahudlar: «Muhammad bizning dinimizga qarshi bo‘lsa 
ham, o‘zi qiblamizga tobe’dur», der edilar. Rasululloh Makkada turgan chog‘larida 
Quddusi sharifga qarab namoz o‘qigan bo‘lsalar ham, namozda Ka’baga orqa o‘girmagan 
edilar. Ammo Madinaga kelganlarida, namoz o‘qisalar, Ka’ba dol orqada qolishga to‘g‘ri 
keldi. Rasulullohga bu ish ham ko‘p og‘ir kelgan edi. Jabroil alayhissalomga: «Alloh taolo 
meni yuzimni yahudlar qabilasidan Ka’baga o‘girarmikin», deb ko‘ngillaridagi orzularini 
bildirdilar. Anda Jabroil alayhissalom bu maqsadni Allohdan talab qilishni maslahat 
berdilar. Rasululloh: «Mening bu tilagim qachon qabul bo‘lgay», deb ko‘p 
termulganlikdan, duo qilganlarida yuzlarini ko‘k sari ko‘tarur edilar. 
Bir kuni Ummu Bashar degan sahobiya xotunning uyiga uni ko‘rgani keldilar. Shu yerda 
peshin namozining vaqti kirgan edi. Shu joydagi mahalla masjidiga chiqib, sahobalar 
bilan peshin namozini o‘qishga turdilar. Ikki rakat o‘qiganlarida Jabroil alayhissalom: 
«Favalli vajhaka shatrol masjidil Harom» oyatini vahiy keltirdi. Ya’ni: «Yuzingni Ka’baga 
aylantir», degan Xudo tarafidan amr bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
namoz ichida, turgan holda yuzlarini Ka’baga o‘girdilar. Mana o‘shal kundan boshlab, 
butun musulmonlarning qiblasi Ka’baga qaror topdi. Shu kunda ham Madinai 
Munavvarada ikki qiblalik masjid, degan bir-biriga qarama-qarshi, ikki mehroblik bir 
masjid bordur. Uni hojilar ziyorat qilurlar. Bu voqea ham Payg‘ambarimiz haqida ulug‘ 
ne’matlardin sanalur. Chunki boshqa payg‘ambarlar umrlari bo‘yicha qilgan ibodatlari bir 
qiblaga qaratilgan edi. Ammo bizning Payg‘ambarimiz qilgan toat-ibodatlarini ikki 
qiblaga qarab ado qildilar. Ikki qiblaning savob darajalari ul zotga hosil bo‘ldi. 
RO‘ZANING FARZ BO‘LISHI 
Shu yilning Sha’bon oyida Alloh taolo tomonidan vahiy kelib, musulmonlarga har yili bir 
oy Ramazon oyida ro‘za tutmoq farz bo‘ldi. Bundan ilgari Payg‘ambarimiz va sahobalar 
har oyda uch kun — o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlari ixtiyoriy ro‘za 
tutar edilar. Kitoblarda bu kunlarni «ayyomi bayzo», ya’ni «oydin kunlar» deb atardilar. 
Har yilda bir oy Ramazon oyida — ro‘za tutmoq besh binoi Islomning birisidur. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Inson asli yaratilishida ikki taraflik sifat bilan yaratilmishdur. Ya’ni, jismoniy hayvoniy va 
ruhoniy malakoniy sifatlarga egadur. Har ikki tomonning tarbiyati o‘ziga xos, g‘izosi 
bilan (ozuqa) bo‘lur. Ya’ni, yemak-ichmak insonning jismoniy tarbiyati bo‘lganidek, 
namoz, ro‘za, toat-ibodat uning ruhoniy tarbiyatidur. Inson bolasi jismoniy sifatlari 
tomonidan qaralsa, hayvon bolasidan hech qandoq farqi yo‘qdur. Agar inson hayvoniy 
sifati bilan qo‘yilsa, ul holda o‘zidan boshqa hech narsani tanimaydur. Boshqa birovlar 
uchun qayg‘urish uning esiga ham kelmaydur. Ochlik, chanqoqlik eng og‘ir ishdur. 
Buning qiyinligini har kim aqli bilan bilsa ham bo‘lur. Lekin ochlikni tatigan kishi, uni 
tatimaganlardan yaxshiroq bilur. Shuning uchun Alloh taolo har yili bir oy, boy-chog‘oy, 
shoxu gado demay, bir oy ro‘za tutmoqni barchaga bir tekis farz qildi. Hammaga 
ochlikning achchig‘ini totqizdi. Ochlik qandoqligini, totiganlarga ochlik bilan ezilgan 
ojizlarni eskartdi. Endi ro‘zaning ruhoniy tomoniga qarasak, agar sharoiti rioya qilingan 
taqdirda, uning qalbiga, ruhiga, boshqa ibodatlarga qaraganda tezroq ta’sir qilishida 
hech shak yo‘qdur. Ibodat, riyozat ta’sir qildi, demak, qalb, ruh quvvat topib, yomon 
xulqlardin pok bo‘ldi, demakdur. 
Insonda doimo qarama-qarshi ikki tortishuv bordur. Birinchisi, rahmoniy aql, ikkinchisi, 
shaytoniy nafsdur. Buni Payg‘amlarimiz: «Limmai rahmoniy, limmai shaytoniy», dedilar. 
Bu ikki kuch odam bolasini doimiy suratda talashurlar. Haqiqatda esa bularning biri 
jannat, ikkinchisi do‘zaxdur. Bu ikkovidan qaysi biriga qo‘shilsa, bandada ixtiyor bordur. 
Lekin shuni bilmoq kerakkim, namoz, ro‘za, toat-ibodat bilan rahmoniy aql quvvat 
topadi. Agar bulardan ajrab, fisq-fasod, nafsi havo yo‘liga kirsa, shaytoniy nafsi rivojga 
kiradi. Mana bu ikki quvvatning qaysi tomoni rivojlik, kuchlik bo‘lsa, inson shu tomonga 
moyil bo‘lur. Shuning uchun, ro‘za oyining tuganchisida fitr-sadaqa berishni shariat vojib 
qildi. Ro‘za sharofatidan ko‘ngillari yumshagan mo‘minlar buni og‘ir olmay, ixlos bilan 
ado qilishlarini bildi. 
Rasululloh Madinaga kelgach, ikki yildan keyin Ramazon oyining ro‘zasi, musulmonlarga 
shu oyat bilan farz bo‘ldi: 
«Ya ayyuhallazina amanuv kutiba alaykumus siyamu kama kutiba alallazina min 
qablikum». 
Ma’nosi: «Ey mo‘minlar, bir oy Ramazon ro‘zasi sizlarga farz bo‘ldi, sizlardan ilgari 
o‘tgan payg‘ambarlarga ham ro‘za farz bo‘lgan edi». 
ZAKOTNING FARZ BO‘LISHI 
Yana shu yili boy kishilarga nisobi yetgan mollaridan zakot berish farz bo‘ldi. Zakot farz 
bo‘lishi haqida shu oyat tushgan edi: 
«Aqimus solata va atuz zakata», ya’ni «Namoz o‘qinglar va zakot beringlar», demakdur. 
Agar bir kishining o‘z hojatidan ortiqcha kumush aqchasi ikki yuz tangacha, oltin bo‘lsa, 
yigirma tilloga yetsa, yoki tijorat savdo qilish uchun saqlagan molining bahosi 
o‘shanchalik bo‘lsa, buning ustiga yil aylanib o‘tgan bo‘lsa, mana shul molning qirqdan 
birini zakot niyati bilan faqir, miskin, yetim-esirlarga bermak farzdur. Zakot — besh 
binoi Islomning birisidur. 
Shunga o‘xshash, agar bir kishining qo‘yi qirqqa yetsa, sigiri o‘ttizga, tuyasi beshga 
yetganida, bularning ustiga yil aylanib o‘tganda, shulardan shariat buyurganicha zakot 
chiqarmoq va chiqqan dehqonchilik unumlarining o‘ndan birini Xudo yo‘liga topshirmoq 
barcha musulmonlarga farzdur. Bularni yig‘ib olish, shariat ko‘rsatgan o‘ringa topshirish 
ishlari podshoh yoki hukumatning haqqidur. Agar bu ushur zakotlarni olish-berishda 
Qur’on ko‘rsatganicha ish qilsalar, musulmon faqirlarining hojatsiz bo‘lishlarida hech 
shak yo‘qdur. Kasbdan ojiz qolib, hojatga tushgan kishilarning turmushlarini to‘liq ta’min 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
qilishga albatta bu ish kafildur. Boshqalarga o‘xshab, bu haqda turli tadbirlar o‘ylab 
chiqarishga hech hojat yo‘qdur. Agar inson olamining oqil donishmandlari insof 
yuzasidan chuqur nazar qilsalar, dunyo yo‘qsullarini ta’minlamoq uchun eng birinchi 
chora shuldur. Boy-chog‘oylar orasida yashirin yotgan hasad o‘tini o‘chirishga eng o‘tkir 
dori shuldur. Nechuk shunday bo‘lmag‘aykim, Alloh taolo bandalarining dunyo va 
oxiratlik ishlarini tuzatish uchun o‘z hikmati bilan chiqargan eng ulug‘ bir tadbirdur. Bu 
hikmatlik hukmni amalga oshirish butun hojatlik insonlar haqqini himoya qilish 
demakdur. 
BADR G‘AZOTI 
Bu g‘azot ersa, butun Islom olamida bo‘lgan g‘azotlar ichida eng ulug‘ atalmishdur. 
Buning ulug‘ligi moddiy jihatdan, ya’ni askarning ko‘pligi, yaroq-jabduqning mo‘lligidan 
emas, balki ma’naviy-diniy tomondan qaralganda, bek ulug‘ g‘azotdur. Yuqori olam, 
ya’ni yetti qat osmon, to Lavhu Qalam, Arshi a’zam farishtalari oldida ham bu g‘azotning 
shuhrati bordur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyoga kelishlari bilan, hidoyat 
quyoshi yangidan tug‘ilgan bo‘lsa ham, lekin bu qutlug‘ g‘azot natijasida hidoyat ahllari 
zafar bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarib, butun zalolat olamiga maydon o‘qidilar. Ulug‘ 
farishtalardin Jabroil, Mikoil, Isrofil alayhissalom, bu uchovlari uch tug‘ ko‘targan uch 
ming farishta bilan maydonga hozir bo‘ldilar. Bu sirni Alloh taolo Payg‘ambarimizga 
Qur’onda bu oyat bilan xabar berdi: 
«Ala yakfiyakum an yumiddakum rabbukum bisalasati alafin minal malaikati munzalin». 
Ma’nosi: «Kifoya qilmasmu, Rabbingiz sizlarga madad bersa o‘z tarafidan tushirilgan uch 
ming farishtalar bilan», degan bo‘lur. 
Yuqorigi uch ulug‘ farishtalar tug‘-bayroqlari bilan bu maydonga hozir bo‘lganlaridek, 
bularga qarshi Iblis mal’un, Bani Kinona qabilasining raisi Suroqa ibn Molik suratiga 
kirib, bu ham hozir bo‘ldi. Shu qabila kishilarining suratlariga kirgan bir qancha kofir 
jinlardan qo‘shin tuzib, tug‘-bayroqlar ko‘targan holda Badr maydoniga keldilar. Quraysh 
mushriklari bularning kelganlarini ko‘rib, ko‘ngillari taskin topdi. Yo‘q ersa, bu ikki qabila 
orasida eskidan qolgan adovatlari bor edi. Bundoq vaqtda alarning qarshi harakat qilib 
qolishlari mumkinligidan qo‘rqar edilar. Suroqa suratiga kirgan iblis mushriklarga aytdi: 
«Bizdan ko‘nglinglar tinch bo‘lsin, men sizlarga yordam berish uchun keldim. Endi bu 
urushda sizlarga dushmandan yengilmoq yo‘qdur», deb Abu Jahlning ukasi Hars ibn 
Hishom qo‘lini tutdi. Biroq shu chog‘da Jabroil alayhissalomga Iblisning ko‘zi tushdi. Tani 
simobdek larzaga tushib, darhol tutib turgan kishi qo‘lini siltab tashlab, orqasiga 
qaramay qochdi. Kofirlardan birovi turib: «Ey Suroqa, yordamga keldim, deb bizni 
quvontirgan eding, endi o‘z so‘zingga vafo qilmay, qayon borursan?», dedi. Suroqa 
aytdi: «Sizlar ko‘rmaganlarni men ko‘rurman, endi bu joyda turmoqqa toqatim yo‘qdur», 
deb askarlari bilan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Endi bu g‘azotning boshlanishi shundoq edikim, yuqorida aytg‘animizcha, Makka 
mushriklarining katta karvoni Rasulullohga tutqich bermasdin, Shom viloyatiga o‘tib 
ketgan edi. Bir necha kundan keyin ularning Shomdan qaytgan xabarini eshitdilar. Anda 
sahobalarga aytdilar: «Bu kelayotgan karvonni agar qo‘lga tushirsak, biz ulug‘ o‘ljaga 
ega bo‘lurmiz. Endi shuning chorasiga kirishaylik, kimning ot-ulog‘i oldida hozir bo‘lsa, 
biz bilan chiqsin. Ot ulog‘i yo‘q kishilarni kutib turishga vaqt sig‘maydi», deb yo‘lga 
chiqdilar. Bu voqea hijratning ikkinchi yili, Ramazon oyining to‘rtinchi kuni edi. Bu 
muborak g‘azotga tayyorlanib chiqqan sahobalarning soni uch yuz o‘n uchga yetdi. 
Buning ikki yuz qirqtachasi ansorlar bo‘lib, qolganlari esa muhojirlar edi. 
Abdulloh ibn Ummu Maktumni Madinaga vaqtlik voliy qilib qo‘ydilar. Bu askarning borlik 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
ko‘ruklari ikki ot, yetmish tuya bo‘lganlikdan, yo‘l bo‘yi gezaklashib (almashib) 
minishdilar. Rasululloh yo‘lga chiqqanlarida Shom tomondan kelayotgan karvonning 
boshlig‘i Abu Sufyon edi. Bu kishi Hijoz tuprog‘iga o‘tgandan sergaklikka boshlab, 
zag‘izg‘ondek soqlik ila yo‘l tutdi. Har qo‘nolg‘uga borish oldidan tingchilar yuborib, 
Madina tarafidan saqlanib kelar edi. Ilgarilab karvon oldidan yuborgan tingchilari 
Payg‘ambarimizning yo‘l to‘sgali chiqqani xabarini keltirdilar. Buni onglashib karvon 
ahliga qattiq qo‘rqinchlik tushdi. Zamzam ibn Amr degan kishini yo‘ldan yigirma misqol 
oltinga ijara olib, tezda Makkaga xabar qilgali yubordilar. Bul kishi ersa yelmayon tuyaga 
minib, bir necha kun ichida Makkaga yetdi. Shahar o‘rtalig‘iga kelib, tuya ustida tikka 
turdi, kishilar qarasalar, teskari qo‘mlagan tuyaga mingan, tuyani quloq-burni kesilib, 
qoni oqqan, kiygan ko‘ylagining orqa-oldi yirtilib, yoqasiga yetgan. Mana shundoq kishi 
seskanurlik holda turib: «Har kimga molu jon kerak bo‘lsa, ildamlik bilan Abu Sufyon 
yordamiga yetsun, Muhammad yo‘ldoshlari bilan qofila karvonni bosmoqchi bo‘lib, 
Madinadan chiqdi», deb jonining boricha qattiq qichqirdi. 
Dushman tomondan qo‘rqinchlik xabar yetkazgan kishilarning shundoq dahshatlik 
sifatda kelishlari arab odatlaridan edi. Bu dahshatlik xabarni eshitgan Quraysh xalqi 
butunlay qo‘zg‘aldilar. Abu Jahl boshliq butun qabila boshliqlari Rasulullohga qarshi xalq 
g‘azabini qo‘zg‘ashga qattiq kirishdilar. Quraysh raislaridan Abu Lahabdan o‘zga bu 
safarga chiqmagan kishi qolmadi. Bu bo‘lsa, o‘z o‘rnida Os ibn Hishom degan kishini to‘rt 
ming tangaga yollab yubordi. Oldirashlik (tezlik) bilan tayyorlik ko‘rishib, ikki kun ichida 
yo‘lga chiqdilar. Askar qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha 
sovutlangan yugurik otlari bor edi. Childirma chalib urush qizdirmoqqa, she’r o‘qib, 
o‘zlarini maqtab, musulmonlarni yomonlamoqqa kanizaklardan bir necha qo‘shiqchi 
oldilar. 
Payg‘ambarimizning Makka mushriklarining bunchalik qilgan ishlaridan xabarlari yo‘q 
edi. Bu chiqishlaridan kutilgan maqsad karvon molini qo‘lga tushirish edi. Shuning uchun 
vaqt o‘tmasun deb tezdan hozirlik ko‘rib, shul kuniyoq Madina tashqarisiga chiqib, 
qo‘shin tuzdilar. Shul joyda ko‘rik o‘tkazib, urushga yaramlik askar tayyorlandi, yoshi 
yetmagan bolalar, kuchsiz qari-qartanglar qaytarildi. Shu yerdan ikki kishini tingchi qilib 
kaytgan qofila qayerga kelganini bilmak uchun yubordilar. Madinadan ikki-uch kun yurib, 
Ravho degan joyga kelganlarida Quraysh qo‘shinlarning kelayotgan xabari bilindi. 
Tingchilikka ketgan ikki kishi kelib, bir-ikki kun ichida alar Badr vodiysiga yetib 
kelishlarini bildirdilar. Buni anglab, Rasululloh askar boshliqlarini yig‘ib: «Ey mo‘minlar, 
ikki toifaning birini bizga bermakka Alloh va’da berdi: yoki Shom tomonidan kelayotgan 
Quraysh karvoni bizga o‘lja bo‘lg‘usidur, yoki bularni to‘sib chiqqan qo‘shinlari bilan 
to‘qnashsak, zafar topkumizdur», dedilar. Anda ba’zi sahobalar: — «Yo Rasulalloh, 
shoshqunlik bilan karvon to‘smoqqa chiqqanligimizdan, yaroq-jabduqlarimizni to‘luqlab 
olmagan edik, qanday bo‘lur ekan?» — deb Quraysh askarlariga to‘qnashlikni 
tilamaganliklarini sezdirdilar. Anda Miqdod ibn Asvad o‘rnidan turib aytdi: «YO 
Rasulalloh, Alloh taolo sizni qaysi ishga buyurgan bo‘lsa, shunga qarab yurish qiling. 
Muso qavmi — Bani Isroil aytgan so‘zni bizlar aytmaydurmiz (Payg‘ambarlari alarni 
g‘azotga chaqirganda: «Ey Muso, biz urush qilmasmiz, Tangring bilan sen borg‘il urush 
qilib shaharni dushmanlardan bo‘shatgil, so‘ngra biz kiraylik, ul chog‘lik biz o‘ltirib 
turaylik», degan edilar). 
Alloh oti bilan ont icharman, agar bizni olib, Barakal G‘amod shahriga yurar bo‘lsangiz 
(arablarning aytishlaricha, dunyoning bir chetidagi shahar), oldi-orqangizdan, o‘ng va 
so‘l yoningizdan chopa-yurib, siz aytgan joyingizga yetkururmiz». 
Yana ansor sahobalaridan Sa’d ibn Mu’oz aytdi: «YO Rasulalloh, bizlar sizga iymon 
keltirdik, sizga Alloh yuborgan (elchi) deb ishondik. Sizning buyrug‘ingizda bo‘lmoqqa, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling