Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet95/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Soliq va majburiyatlar

1873-yildan so‘ng hosildor yerlarning katta qis-
.. . ,, mi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik
ma’muriyati sarf-xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlari-
ni yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish yo‘li bilan qoplay boshladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlaming qariyb 25 turi mavjud bo‘lgan. Dehqonlar solg‘ut - yer solig‘i, zakot, cho‘p puli - o‘tloqlardan foydalanganlik uchun soliq, turar joylardan o‘tov solig‘i kabilami todashgan.
Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlarni ham bajarishgan. Bu majburiyatlar orasida sug‘orish tizimini ta’minlash, yangilarini barpo etish eng ogdri edi. Xiva dehqonlari har yili kanal- lami tozalashga, kodarmalarni qurish va qayta tiklashga, to‘g‘onlar va ko‘priklarni ta’mirlashga chiqardi. Bu ishlarga dehqonlar o‘z ish qurollari va oziq-ovqati bilan kelardi. Majburiy ishga ehiqmaganlar esa muayyan miqdordagi mablag‘ni xazinaga todashlari shart bodgan. Xon farmonla- rini edon qiluvehi jarehi o‘z foydasiga afanak puli yig‘gan bodsa, ishlar nazoratehisi va mutasaddisi ham o‘z ulushini olishga harakat qilgan.
Dehqonlar aholining 90% gayaqinini tashkil etsalar-da, sug‘oriladigan yerlaming atigi 5% iga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlarning va vaqf yerlarida ijaraehi sifatida ishlab beri- shardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi hisobiga mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin, odatda, yer egasiga hosilning 40-50% i berilgan. Teng yarmiga ishlovehilar esa yarimchilar deb atal- gan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ish hayvoni ham bodmagan deh­qonlar esa zamindorlar qodida turli shartlarga ko‘nib ishlashga majbur edilar. Qarzdor dehqonlar o‘z qarzlarini uzish uehun madum vaqt davo- mida tekin ishlab berishlari lozim edi.
Shu zaylda xonlikda yersiz dehqonlar soni yildan yilga о‘sib borardi. Ular xonlar, beklar va ularning amaldorlariga tobora qaram bo‘lib bori- shardi. Bu jarayonlarning barehasi Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi.



Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling