Tarjima haqida
turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
2. turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring, 3. Rabbingizni ulug'lang, 4. liboslaringizni poklang, 5. butlardan yiroq bo'ling, 6. (berayotgan narsangizni) ko'p sanagan holingizda ehson qilmang, 7. Rabbingiz uchungina sabr qiling! 8. Qachonki, (qiyomat e'loni uchun) sur chalinganida, 9. ana o'sha kun qiyin kundir. 10. Kofirlarga oson bo'lmagan (kundir). 11. (Ey, Muhammad,) Men so'qqabosh qilib yaratgan kimsani O'zimga qo'yib bering! 12. Men unga keng-mo'l boylik berdim. 13. Hoziru nozir o'g'illarni ham. 14. Yana unga (hayot ne'matlarini) muhayyo qilib qo'ydim. 15. So'ngra u yana ziyoda qilishimni tama qilur. 16. Yo'q! Chunki, u oyatlarimizga qarshilik qiluvchi edi. 17. Yaqinda Men uni baland dovonga duchor qilajakman.
19. Halok qilingur, qanday hisobga oldi?! 20. Yana halok qilingur, qanday hisobga oldi?! 21. So'ngra u (o'ylagan rejalariga) qaradi. 22. So'ngra (Qur'ondan ayb topa olmagach,) yuzini tirishtirdi va burishtirdi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 419
23. So'ngra (Haqdan) yuz o'girdi va kibr qildi. 24. Bas, dedi: "Bu (Qur'on) sehrning o'zidir. 25. Bu ayni basharning so'zidir". 26. Yaqinda Men uni Saqar (jahannam)da toblaydurman. 27. (Ey, Muhammad,) Saqarning nima ekanligini qayerdan ham bilar edingiz?! 28. U (biror kofirni) qoldirmas ham, qo'ymas ham (balki kuydirib, azob berur). 29. (U) terilarni qoraytirib kuydiruvchidir. 30. Uning ustida o'n to'qqiz (farishta qo'riqchilik qilur).
ilohiy mo''jizalarni kashf etishga urinishlar ro'y bermoqda. Biz oyatlar zimnida behad mazmun va ma'nolar borligini to'la tasdiq etgan holda bizgacha yozilgan ishonchli tafsirlarga taqlid qilgan holda raqamlardagi ilohiy sir-sinoatlar haqida ortiqcha so'z yuritmadik.
sinash uchun ularning sanoqini (o'n to'qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, mo''minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz (munofiqlik) bo'lgan kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U (jahannam) insonlar uchungina bir eslatmadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 420
41. jinoyatchi (kofir)lar haqida 42. (Ular do'zax ahliga): "Sizlarni Saqarga nima kiritdi?" (deganlarida), 43. ular ayturlar: "Bizlar namozxonlardan emas edik, 44. miskin (bechora)ga taom beruvchi ham bo'lmadik. 45. Bizlar (behuda so'zlarga) sho'ng'iydiganlar bilan birga sho'nqir edik. 46. Jazo kuni (Qiyomat)ni yolg'onga chiqarar edik 47. to aniq narsa (o'lim) kelgunicha".
49. Nega ular eslatmadan yuz o'giruvchidirlar?! 50. Xuddi cho'chigan eshaklarga o'xshab 51. sherdan qochib. 52. Yo'q! Ulardan har bir kimsa o'ziga ochiq sahifalar berilishini istar. 53. Yo'q! Balki, ular oxiratdan qo'rqmaslar. 54. Yo'q! U (Qur'on) bir eslatmadir. 55. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur. 56. Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur'ondan) eslatma olurlar. U (Alloh) taqvoga ahl (loyiq) va mag'firat ahli hamdir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 421
QIYOMAT SURASI
Surada qiyomat kuni bo'ladigan hodisotlar, qayta tirilishning haqligi, hisob-kitob, jazo va mukofotlar, dunyoparastlikning tanqidi, oxiratda Alloh o'zi tanlagan solih bandalariga diydorini ko'rsatishi, shirku kufrda o'tganlarning yuzlari qaro bo'lishi, o'lim achchig'i va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan.
2. Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)! 3. Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?! 4. Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz! 5. Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi. 6. "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi. 7. Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda, 8. oy ham tutilganda, 9. quyosh va oy birlashtirilganda, 10. ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur! 11. Yo'q! Boshpana yo'qdir! 12. U Kunda yolg'iz Rabbing (huzurida) qaror topishgina bordir. 13. U Kunda insonga (dunyodalik choqida) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarning xabari berilur. 14. Balki, (U Kunda) inson (a'zolari) o'zining zarariga guvohlik beruvchidir. 15. Garchi (u) uzrlarini (o'rtaga) tashlasa ham. 16. (Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling.
o'zlarini qiynab bo'lsada, yoddan chiqarmaslik uchun ko'p takrorlar edilar. O'aq taolo ul zotni bu mashaqqatdan ozod etdi. Binobarin, vahiyni bir eshitishlarida yod olish qobiliyati ato etildi.
18. Bas, qachon Biz (Jabroil tilida) uni o'qisak, Siz ham uni o'qishga ergashing! 19. So'ngra uni (Qur'onni) bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 422
20. Yo'q! (Ey, Makka mushriklari,) balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko'rasizlar. 21. Oxirat (Kuni)ni esa tark etasizlar. 22. U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi, 23. Parvardigorlariga boqib turuvchidir. 24. Yana u Kunda ba'zi yuzlar burishgan, 25. o'zlariga, albatta, noxushlik bo'lishini o'ylab (kutib) turarlar. 26. Darhaqiqat, (jon) halqumga yetgan, 27. (vafot etayotganga): "Dam soluvchi kishi bormi?" - deb qolingan, 28. (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglagan, 29. (jon berish qiyinligidan) oyoq - oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda 30. yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir. 31. Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi. 32. Balki, u (Qur'onni) yolg'on dedi va (imondan) yuz o'girdi. 33. So'ngra gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi. 34. (Ey, ko'rnamak inson,) holingga voy sening, yana voy! 35. So'ngra holingga voy sening, yana voy! 36. Inson o'zini bekor tashlab qo'yiladi deb o'ylaydimi?! 37. Axir, u (bachadonga) to'kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa emasmidi?! 38. So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, tikladi. 39. So'ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi. 40. Ana shu (Alloh) o'liklarni tiriltirishga qodir emasmi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 423
INSON SURASI
Surada Alloh taolo inson zotini yo'qdan bor qilgani, so'ngra ikki qarama-qarshi yo'nalishga ravona qilib qo'ygani, kufr va imon egalarining oqibatlari, Payg'ambar (a. s.)ga tasalli beruvchi o'gitlar va boshqa ilohiy ko'rsatmalar mavjud.
uni eshituvchi va ko'ruvchi qilib qo'ydik. 3. Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi (musulmon) bo'lsin va xoh noshukr (kofir) bo'lsin, yo'lga yo'lladik. 4. Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alanga (do'zax)ni tayyorlab qo'yganmiz. 5. Albatta, yaxshilar (jannatda) mizoji kofur bo'lmish qadahdan (may) ichurlar.
7. Ular (dunyoda o'z zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahshatlari) keng yoyiluvchi Kundan qo'rqurlar. 8. Taomni esa suyub tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar. 9. (Ular ayturlar): "Bizlar sizlarni faqat Alloh "yuzi" uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ish uchun) biror mukofot va minnatdorchilik kutmasmiz. 10. Bizlar Rabbimiz (tomoni)dan bo'ladigan, (azobdan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan qo'rqurmiz". 11. Bas, Alloh ularni o'sha Kunning yomonligidan saqlar va ular(ning yuzlari)ga tarovat, (dillariga) surur baxsh etar. 12. Yana sabrlari sababli ularni jannat va (egnilariga) ipak (liboslar) bilan mukofotlar. 13. Ular u joyda so'rilarga yastangan hollarida o'tirurlar. U joyda quyosh (harorati)ni ham, zamharir (qish sovug'i)ni ham ko'rmaslar. 14. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzishga oson bo'lishi uchun) egib qo'yilgan bo'lur. 15. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va (o'zi kumushdan yasalgan bo'lsa-da, nafislikda) shisha bo'lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. 16. Shisha bo'lganda ham kumushdan, (ularni soqiylar) o'lchab qo'yganlar. 17. (Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo'lmish qadahlarda ichirilurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 424
18. U yerdagi chashmaning nomi Salsabil deb atalur.
27. Albatta, ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og'ir Kunni (Qiyomatni) esa qo'yurlar. 28. Biz ularni yaratdik va (barcha) a'zolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o'zlariga o'xshashlarini almashtirib qo'yurmiz. 29. Albatta, bu (sura) bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa (uni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo'l olur. 30. (Ey, insonlar,) xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina ro'yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasidir. 31. U xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo'ygandir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 425
MURSALOT SURASI
Mursalot - estirilgan (shamol) Surada qiyomat kuni haq ekanini isbotlash uchun Alloh taolo ma'lum mavjudotlar nomiga qasamyod etadi. Undagi oyatlarda insonning yaratilib, dunyoga kelishi, dunyoda yashashlikdan asosiy maqsad esa oxirat uchun hozirlik ko'rish ekani, hozirlik ko'rish o'rniga foniy dunyo maishati yo'lida oxiratini sotib qo'yganlarning holiga voy bo'lishi ajib uslublar bilan ifoda etilgan.
21. So'ngra u (suvni - nutfa)ni puxta qaror (topadigan joy)da qilib qo'ymadikmi?! 22. (Ya'ni, ona qornida) ma'lum muddatgacha. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 426
23. Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz! 24. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 25. Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi 26. tiriklarni ham, o'liklarni ham?! 27. Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk suvni ichirdik. 28. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 29. (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi) boringlar! 30. Uch bo'lakli soyaga boringlar! 31. Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham to'smaydigan ("soya"dir u). 32. Darvoqe, u (jahannam) qasrdek (ulkan) alangalarni otur. 33. (Ular) xuddi sariq tuyalarga o'xshar. 34. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 35. Bu (Kun) ular so'zlay olmaydigan 36. hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir! 37. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 38. Bu Ajrim Kunidir! (Ey, bu Kunni yolg'on degan kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham jamladik. 39. Bas, agar sizlarda (do'zaxdan qutqaradigan) biror hiyla bo'lsa, Menga o'sha hiylangizni ko'rsatingizlar! 40. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 41. Taqvodor zotlar esa (u Kunda), albatta, soya-salqinlar va chashmalarda 42. va ko'ngillari istagan mevalar ichida bo'lurlar. 43. (Ularga deyilur): "Qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (jannat ne'matlarini) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringizlar". Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling