Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni
Download 50.61 Kb.
|
tarjimaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning amaliy ahamiyati.
Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy
ahamiyati tilshunoslik fanining nisbatan yangi sohasi hisoblanmishpragmatika fanining bugunga qadar erishgan yutuqlarini o‘rganish ularni umumlashtirish, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan. Unda yana tarjima va pragmatika tushunchalari bilan tanishish, pragmatika haqida,uning maqsadi va vazifasi nimalardan iboratligi haqidagi dastlabki qarashlar borasida so‘z yuritiladi. Talabalar «pragmatika nima? Uning tadqiq manbai nimadan iborat? U serqirra nutq faoliyatining qaysi jihatlarini o‘rganadi?» degan savollargailmiy asoslangan javoblar olishadi. Shuningdek, tarjima pragmatikasining o‘ziga xosligi,nutq jarayoni hamda asarlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish ushbu ishning asosiy nazariy ahamiyatini kasb etadi. Ishning amaliy ahamiyati. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb qilib kelayotgan tilning progmatik jihatlari tarjimondan chuqur lingvistik bilimdan tashqari yana ko’pgina boshqa fanlar, madaniyatlar ma’lumotlaridan ham xabardor bo’lishni talab qiladi. Tarjimada pragmatik vositalardan o’rinli foydalanish esa asliyatda ifodalangan zaruriy ma’noni to’la-to‘kis yetkazib berishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu malakaviy ishning аmаliy аhаmiyati shundаn ibоrаtki, tarjimaning pragmatik xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, ularning tahlilini, tаrjimаdа bеrilishini, asosli misollar bilan yoritish; mаvzu bo‘yichа talabalar uchun qo‘shimcha yoki asosiy qo‘llanma sifatida o‘zlarining mustaqil ishlarida, referatlarida foydalanish yoki mа’ruzа mаtnlarigа mаxsus mаvzu sifаtidа kiritish mumkin. Bundan tashqari o‘rganilgan fond bilimlarni amalda qo‘llash, tarjimaning pragmatik xususiyatlaridan foydalanibtarjimajarayonida uchraydigan har qanday leksik muammolarni bartaraf qilish, shuningdek, nutq, badiiy asarlar tarjimasini mashq qilish va bu jarayonda duch kelingan muammolarni tahlil qila olish bituruv malakaviy ishning amaliy ahamiyatini tashkil etadi. Download 50.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling