Poetik - faqat she’riyatda ishlatiladigan kutarinki ruxdagi pragmatik ma’noli so’zlar.
Terminologik - bu turga ilm-fanga oid pragmatik ma’noli so’zlar kiradi.
Xar bir millatning fikrlash doirasi, ma’naviy dunyosi bir-biridan farq qiladi. Buni, ko’pincha, millatning diniy e’tikodi va falsafiy mushoxadalarining turlicha ekanligi bilan izoxlash mumkin. Ammo birbiridan o’zok kit’a va o’zaro kardosh bo’lmagan tillarda umuminsoniy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar ham bor. Masalan, Xumboldt universiteti o’qituvchisi doktor Doris Shuls bir masalaga e’tiborni karatadi: nemis va o’zbek tillaridagi «mexmondustlik» (gastfroendshtaft) so’zi bir xil ma’nodagi ikki: gast (mexmon), froendshtaft (dustlik) so’zlaridan tarkib topgan. Demak, tili va dini bo’lakcha xalqlar orasida ham mushtarak tushunchalarni anglatuvchi so’zlar mavjud. Tarjimondan ana shunday sinchkovlik bilan o’z tili va tarjima leksikasini kiyoslab o’rganish, xar bitta so’zning eng muqobil variantini tanlash talab qilinadi.
Ba’zi xollarda bitta jumlada ikki-uch xil pragmatik emotsional buyok uchrashi mumkin:
Please come in (rasmiy). Come in (neytral).
Come in, will you (maishiy, salbiy buyokli).
Get the hell in here (familyar, salbiy emotsional).
«Kiz» so’zining registri quyidagicha bulishi mumkin:
A girl (neytral emotsional) - qiz.
A maiden (ijobiy emotsional) - malak.
Ba’zan neytral yoki emotsional pragmatik ma’no ifodalovchi so’zlar kaxramon xarakterini yorkinrok ifodalash maqsadida makrokontekstdan kelib chikib, salbiy emotsional so’zlar bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, E. Xemengueyning «Alvido, kurol» asaridagi devushki zdes uvideli, chto takoe front jumlasini Ibroxim Gafurov bu onasi upmagan oyimtillalar urush nimaligini shu erga kelib bilishgan shaklida tarjima qiladi. Bu erda kizlarning xolati tarjimon kullayotgan kinoya buyogiga ega bo’lgan pragmatik ma’noli so’z orqali ochib beriladi. 3
Kuyida yana pragmatik emotsional ma’noli so’zlardan misollar keltiramiz:
Money (neytral emotsional).
Dough, Dash (salbiy emotsional).
Food (neytral emotsional).
Meal, Dish (ijobiy emotsional).
Grub (salbiy emotsional).
To live (neytral emotsional).
To hand out (salbiy emotsional).
Do'stlaringiz bilan baham: |