Qo‘llanilgan metodlar. Bizga ma’lumki, biror nutqni tarjima qilishda tarjima qilinayotgan nutq ona tili bilan solishtirib, qiyoslab tarjima qilinadi. Xuddi shunday ikkita asar ya’ni, asliyat va tarjima asari bilan ishlaganda qiyoslash metodidan foydalanib undagi o‘xshash va farqli tomonlar o‘rganiladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda ham qiyoslash, tahlil qilish va sintаktik
jаrаyonlаrni tushuntiruvchi trаnsfоrmаtsiоn mеtоdlardan foydalanildi.
Ishning tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi mundarija, kirish qismi,ikkibob, xulosa va takliflar hamdafoydalanilganadabiyotlardan iborat.Kirish qismi tarjima, pragmatika,tarjima pragmatikasi haqida ma’lumot beruvchi yettita tarkibiy qism: ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, ishning predmeti va obyekti, ishning nazariy ahamiyati, amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishida qo‘llanilgan metodlar va ishning tarkibi kabi qismlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bobda tarjimada progmatikaning aks ettirilishi borasida so‘z yiritiladi va misollar orqali tushuntiriladi.Ikkinchi bobda pragmatik adekvatlik hamda pragmatik muammolar haqida ma’lumot beriladi.
TARJIMADA PRAGMATIKA TUSHUNCHASI VA TARJIMASHUNOSLIKDA PRAGMATIKANING O’RNI.
Pragmatika (yunoncha pragma - xarakat) - muayyan nutq jarayonida belgilar va ularning ishtirokchilari urtasidagi munosabatni o’rganuvchi semiotikaning bir bulimidir. Pragmatikaga bugungi kunda til vaqillarining muayyan so’zlar va semantik konstruktsiyalar yordamida o’z munosabatini bildirish va suxbatdoshning munosabatini tushunish darajasi, ya’ni mavjud vaziyatdan kelib chikib munosabat bildirish sifatida karaladi. 1
Pragmatika amaliyotining rivojlanishida uch boskich ko’zatiladi:
Birinchi bosqich. 1930 yilda «pragmatika» atamasi birinchi marta semiologiya-semiotika (belgilar haqidagi fan)ning bulimi sifatida kullanildi. Karnapning ta’kidlashicha (1938), pragmatika tildan foydalanuvchining so’z va munosabatlariga asoslangan bo’ladi. Charlz Morris semiologiyani 3 kismga ajratadi (1940): sintaktika, semantika va pragmatika. Greysning fikricha, implikaturalar xarfiy muqobili bo’lmagan aspektlar ma’no va mantikni ifodalashning ma’kul yo’li xisoblanadi. Ya’ni shu yo’l bilan til birliklarining shartli strukturasida nima nazarda to’tilayotganligi emas, balki nimaga ishora qilinayotgani o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |