Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni


TARJIMA JARAYONIDA PRAGMATIK MA’NONING TUSHIRIB QOLDIRILISHI


Download 50.61 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi50.61 Kb.
#1495162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tarjimaaaa

TARJIMA JARAYONIDA PRAGMATIK MA’NONING TUSHIRIB QOLDIRILISHI.

AKShdagi Massachusetts, Oklahoma, Virgina; Kanadadagi Alberta, Manitoba yoki Middlesex, Surrey kabi jugrofiy nomlarni o’zbek tiliga tarjima qilishda, odatda, shtat, provintsiya, graflik kabi so’zlar qo’shiladiki, bu bilan o’zbek o’quvchisiga nomlarning nimani anglatishi haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, bunday qo’shimchalar tashkilot, kompaniya va nashriyotlar nomlari kabilarga ham qo’shilishi mumkin.
The ecological movement in Spain is on the increase, «Newsweek» reports. -
«Nyusvik» jurnalining yozishicha, Is-paniyada ekologik xarakatlar tobora avj olmotsda. Bu jumla tarjimasida so’z oldiga jurnal so’zi qo’shilmasa, u o’zbek tarjimoniga tushunarli bo’lmay kolishi mumkin.
Bunday izoxlar asliyat tilida mavjud bo’lgan, birok o’zbek kitobxoni uchun notanish bo’lgan xalq va uning turmush sharoitiga oid vokeaxodisalarni yaxshirok tushunishga yordam beradi. Ayrim xollarda bu kabi qo’shimcha izox matn ichida yoki xavola (snoska)da ham berilishi mumkin:
Against my will Ifelt pleased that he should have considered my remarks interesting, though I knew that it was Dale Carnegie stuff, a small apparently casual compliment. (J. Braine) - Bu Deyl Kar-negi retsepti buyicha qilingan arzimas maqtov bo’lsa-da, mening gaplarim unga qiziq tuyulayotganidan beixtiyor zavqlanib ketdim. 7
Bunday xolatda xavola (snoska)da quyidagi izoxni keltirish zarur bo’ladi: Deyl Karnegi «Qanday qilib dustlashish va o’zgalarga ta’sir qilish mumkin» nomli mashxur ommabop kitob muallifidir.
Ba’zan asliyat matnidagi pragmatik imkoniyatning kitob-xonga noma’lum elementlarini tushirib koldirishga ham to’g’ri keladi:
There were pills and medicine all over the place. And everything smelled live Vicks'Nose drops. - Xar tomonda allaqanday shisha idishchalar, dorilar turar, hammasidan tumov dorining isi antsirdi.
Kurinadiki, bu tarjimadan Vicks deb ataladigan, o’zbek kitobxoni uchun xech narsani anglatmaydigan dori tomchisining nomi tushirib koldirilgan. Bu asliyatda mazmunga biroz putur etkazsa-da, o’zbekcha matnda tushunilishi qiyin elementning tushirib koldirilishi asosiy mazmunga putur etkazmaydi.
Bunday qo’shimchalar boshqa tilda so’zlovchilar yashash tarzi va xayotiga doir turli xos narsa-xodisadagi pragmatik ma’noni to’g’ri tushunishni ta’minlaydi:
A house of Long Island. - Long-Aylend orolidagi uy
I could see not only the five boroughs of the city but much of New Jersey as well. - Men nafatsat shaxarning besh tumanini, balki Nyu-Jersi shtatining kattagina qismini kura olardim.
Ba’zi xolatlarda qo’shimcha ma’lumot tarjima matniga aloxida xavola (snoska) sifatida ham berilishi mumkin.
Borough - Nyu-Yorkda tumanlar shunday nomlanadi. Ular beshta:
Manxetten, Bronks, Bruklin, Kuins va Richmond (Steyten Aylend).
We took a cab from Union Station to Ramada Inn. - Biz Yunion steyshen vokzalidan «Ramada Inn» mexmonxonasigacha taksida bordik.
Sab - taxi so’zining sinonimi bo’lib, undan cabbie - taksichi so’zi ham yasalishi mumkin.
Sometimes I bought a submarine sandwich from a local deli. Submarine sandwich - hero sandwich. Deli - delicatessen.
Shuningdek, pragmatik ma’noni ifodalashda tarjimada konkretizatsiya usulidan ham foydalaniladi. Bunda umumiy ma’noli so’zning ushbu ma’nosi o’quvchiga to’liq ochib berish maqsadida tor va konkret ma’noga ega so’z bilan almashtiriladi. 8
The British people are still profoundly divided on issue of joining Europe. -Inglizlarda Angliya «Umumiy Bozor»ga qo’shilishi kerakmidi degan masala buyicha katta kelishmovchilik xaligacha mavjud.
Yukorida keltirilgan misollarda tarjima shaxsiy xususiyatlar emas, balki mazkur xalqning madaniy-tarixiy xayoti va inglizlarga xos vokeaxodisalar haqidagi pragmatik tag bilimlar bilan belgilanadi.
Tarjimaning pragmatik muammolari tarjimaning kimga muljallangani, asliyatning joriy-uslubiy janr xususiyatlari va o’quvchi saviyasiga ham bevosita bog’liq.
Badiiy adabiyot tarjimonlari asliyatning pragmatik saloxiyatini berishda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Tarjima o’quvchi tomonidan to’g’ri tushunilishi uchun asliyat va tarjima matnlar orasidagi pragmatik farqlarga tegishli o’zgartishlar kiritilishini talab etadi.
Tarjima qilinayotgan matnni axborot qabul qiluvchiga tushunarli tilda kayta yaratish zarurati tarjimonni asliyatdagi tushunilishi qiyin bo’lgan elementlarni pragmatik ma’noda etkazish uchun qo’shimcha izoxlar berishga majbur qiladi. Bunday elementlar asliyat tili kitobxonlari uchun bemalol tushunarli bo’lsa-da, tarjima tili kitobxonlari uchun xech narsani anglatmaydi.
The Prime-Minister spoke a few words from a window in No. 10.
Bu jumlani ukigan xar qanday ingliz Londonning Dauning strit kuchasidagi 10-uyda Bosh vazir karorgoxi joylashganini yaxshi tushunadi. Ammo o’zbek kitobxoni buni bilmasligi mumkin va shu sababli tarjimada bu jumladagi so’zlarni leksik transformatsiya orqali izoxli o’girishga, ya’ni ayrim leksik birliklar o’rniga boshqa so’zlar ishlatishga majbur:
Bosh vazir o’z karorgoxi balkonidan qisqa nutq so’zladi. 9


  1. Download 50.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling