Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- _______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 101 statmirror.uz Navoiy (27420,4 ming so‘m), Buxoro (21382,0 ming so‘m), Xorazm (19643,5 ming so‘m) va Toshkent (18129,4 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (13253,4 ming so‘m), Farg‘ona (13607,9 ming so‘m) va Namangan (13880,7 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi ( 1-rasm). 1-rasm. Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, 2022-yil bo‘yicha, ming so‘m [16] Quyidagi jadvalda 2022-yil holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 107,5 % ni tashkil etdi. Xuddishu ko‘rsatkich 2021-yilning yanvardekabr holatiga 110,7 % ni tashkil etgan. Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 61,6 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 29,8 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan (1-jadval). TARMOQLAR VA SOHALAR _______________________________________________________________________________________ “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 102 statmirror.uz 1-jadval Aholining umumiy daromadlari tarkibi [17] Daromad turlari 2021-yil 2022-yil Umumiy daromadlar –jami 100,0 % 100,0 % Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 65,0 % 65,0 % Shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar 6,70 % 6,3 % Mol-mulkdan olingan daromadlar 2,1 % 2,3 % Transfertlardan olingan daromadlar 26,2 % 29,8 % Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilar va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) sezilarli ulushni tashkil etdi. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 2021-yil 65,0 %, 2022-yili esa 61,6 % ni tashkil etdi (2-rasm). 2-rasm. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2021- yili 123,4%, 2022-yili esa 115,% tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan 115,9 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 10,3 % ga o‘sishini ta’minladi. Doimiy aholi soni – ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan vaqtda muayyan aholi punkti yoki hududda doimiy istiqomat qilayotgan aholidan iborat bo‘lib, bunga ushbu hududda doimiy ro‘yxatda turib, lekin vaqtincha yashamaydigan aholi ham kiritiladi. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar Yollanma ishchilar daromadlari Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling