Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 99 statmirror.uz YO.Abdullaev ta’kidlaganlaridek, Aholi daromadlari - bu oila a’zolari tomonidan muayyan davrda olingan pul va natural ko‘rinishdagi mablag‘lar qiymati yig‘indisini ifodalaydi. Har doim talabda-ehtiyojlar darajasi va tarkibi ortib, uning daromadlari miqdoriga bevosita bog‘liq ravishda ta’sir ko‘rsatadi[13]. Q.X.Abdurahmonov aholining turmush darajasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi” [14]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning aholi turmush darajasini statistik baholashga bag‘ishlangan ilmiy asarlari o‘rganilgan. Vazirlik va idoralarning aholi turmish darajasini ifodalovchi ma‘lumotlarining tahlilida statistik ma‘lumotlarni guruhlash, silishtirma tahlil, tanlanma kuzatuv usullaridan foydalanildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar qiyosiy tahlili, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, statistik guruhlash, turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar va qiyosiy taqqoslash usullaridan foydalanilgan. TAHLIL VA NATIJALAR Bizning fikrimizcha, istiqbolda aholi pul daromadlarining oshirish va ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbalar quyidagilardan iborat: 1. Aholining shaxsiy tomorqa uchastkalarini kengaytirish hisobiga oziq- ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish. Hech kimga sir emas, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozorlarni mo‘l-ko‘lligini ta’minlab turgan va narx-navoni nisbatan past bo‘lishini ta’minlovchi manba sifatida aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari maydonga chiqmoqda. Bu esa aholining umumiy daromadlarini, birinchi navbatda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarini ko‘payishiga zamin yaratadi; 2. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan beriladigan moddiy yordamlar orqali aholining kam ta’minlangan qatlami daromadlari darajasini saqlab qolish; 3. Mehnat nafaqasi va oylik maoshlarini muntazam ravishda indeksastiya qilish hisobiga aholining pul daromadi darajasini qo‘llab quvvatlash; 4. Ommaviy ishsizlikning oldini olish maqsadida norentabel ishlab chiqarishda band bo‘lgan aholini ishdan bo‘shatishda extiyot bo‘lish siyosatini qo‘llash; O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarning 2-bosqichida ya’ni 1995-1999 yillarda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz berdi. Mustaqillikning beshinchi yilida ya’ni 1996-yilda birinchi marta (MDH |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling