Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 93 statmirror.uz determination of the main directions that Bliss the standard of living of the population and the monetary income of the population in its territories, the sources of their formation. The article examines the issues of studying differences in the standard of living of the population of Uzbekistan using statistical methods, providing them with statistical measures, the main directions of increasing the standard of living of the population in Uzbekistan have been studied. Keywords: population income, wages, transfer income, allowance, income from entrepreneurship, budget, indexation, consumer basket, population income, food consumption, social payments, diversification. KIRISH Bozor munosabatlari sharoitida turli qatlamdagi aholini ijtimoiy himoyalash muhim o‘rin tutadi. Hozirgi iqtisodiyot va mulkchilikning turli tumanligi sharoitida har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy himoyalash va ularga yordam berish zaruriy holdir. Respublikamiz aholisi turmush farovonligini baholash uchun ularni ishlab chiqarishdagi ishtirok etish darajasi e’tiborga olinadi. Uy xo‘jaligi byudjeti ham ana shu ishlab chiqarishdan olingan daromadlar bilan belgilanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida respublikamizda fuqorolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha sifatida joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan “Fuqorolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini va ijrosini saqlagan holda jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi ishlab chiqilmoqda. Bundan asosiy maqsad bundan buyon pensiyaga chiqqan har bir ishlovchi fuqoro ikkita manbadan pensiya to‘lovlari olish huquqiga ega bo‘ladi ya’ni birinchisi, davlat pensiya ta’minoti belgilangan tartib va qoidalar asosida bo‘lsa, ikkinchisi yangidan joriy etilgan fuqorolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqalarida yig‘ilgan mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. Barcha yuridik shaxslar-ish beruvchilar uchun mehnat qilayotgan xodimlari foydasiga omonatchi sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimida ishtirok etishi majburiydir[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 29-dekabr 2020-yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “2020-yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Avvalo, aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni boshladik. Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – “temir daftar” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling