Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 96 statmirror.uz nafaqasi miqdori minimal ish haqiga nisbatan tez oshirilmoqda. Agar 1990-yilda minimal ish haqi va mehnat nafaqasi miqdori teng bo‘lsa, hozirgi kunda minimal mehnat nafaqasi miqdori minimal ish haqi miqdoridan qariyb 2 barobar ortiq. 2. Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam sifatida muntazam berib boriladigan nafaqa pullar; - vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi sifatida moddiy yordam berish, mutaxassislikka tayyorlash jarayonida kasb hunar o‘rganuvchilarni stipendiyalar berib o‘qitish va ishsizlik nafaqasiga ishsizning qaromog‘ida bo‘lgan va har bir jon uchun 10 foizdan qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib berish; - daromadni o‘sib borishi darajasiga qarab jismoniy shaxslardan soliq olish va xakozo (oylik darajasi bir minimal maosh miqdorida bo‘lgan shaxslardan soliq olinmaydi). Jahon iqtisodiyotiga globallashuv sharoitida aholi daromadlarini indeksastiyalash muxim ahamiyatga egadir, chunki bu aholi daromadlarini oshishiga yordam beradi. Indeksatsiya - bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat umumsiyosatining bir turi bo‘lib, aholining ayniqsa, qashshoq qatlamdagi aholining (pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar) pul daromadlarini va ularni sotib olish qobilyatini saqlab qolishga qaratilgan. Indeksastiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo‘lgan baxo indeksi asos qilib olinadi. Indeksastiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati aniqlanadi. “Iste’mol savati” insonga zarur bo‘lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarining tirikchilik uchun kifoya qiladigan xajmidir[5]. O‘zbekistonda ijtimoiy muhofaza tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishi samarali pensiya tizimi, insonga keksayganda yashash manbaini yo‘qotmaslik, o‘z xizmatlari uchun munosib taqdirlanish imkonini beradigan mexanizmning yaratilishi bo‘ldi. Pensiya ta’minoti “Fuqorolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Respublikada qonunga muvofiq pensiyaning 3 xil turi mavjud: yoshga ko‘ra pensiya, nogironligi uchun pensiya, boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya. O‘zbekistonda o‘ziga xos mahalla instituti orqali amalga oshirilayotgan maqsadli ijtimoiy ta’minot tizimi, garchi ayrim kamchiliklarga ega bo‘lsada, boshqa har qanday tizim bilan solishtirganda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda. Ushbu tizimning uzluksiz monitoringini o‘tkazish va uning samaradorligini oshirish uchun mos keluvchi zarur o‘zgartirishlarni kiritish zarur. Ilk tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, bolalar nafaqa to‘lovlari dasturi ijtimoiy yordam dasturiga qaraganda, maqsadli guruhga erishishga nisbatan yaxshiroq ishlaydi[6]. Mahallalar orqali maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatishning asosiy kamchiligi shundaki, maqsadli guruhni faqat har bir mahalla doirasida aniqlasa bo‘ladi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling