Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 95 statmirror.uz inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 109,7 % ni tashkil etdi. Aholi pul daromadlarining asosiy manbaini 1980-1990-yillarda 80 foizini ish haqi tashkil etib kelgan. Bozor munosabatlari sharoitida esa aholi pul daromadlarini tadbirkorlikdan olingan daromadlar (qariyb 53,0 foizini), mehnat haqi (38,6) va transfert daromadlari (14,7 foiz) tashkil etmoqda. Bizning fikrimizcha, istiqbolda aholi pul daromadlarining oshirish va ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbalar quyidagilardan iborat: 1. Aholining shaxsiy tomorqa uchastkalarini kengaytirish hisobiga oziq- ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish. Hech kimga sir emas, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozorlarni mo‘l-ko‘lligini ta’minlab turgan va narx-navoni nisbatan past bo‘lishini ta’minlovchi manba sifatida aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari maydonga chiqmoqda. Bu esa aholining umumiy daromadlarini, birinchi navbatda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarini ko‘payishiga zamin yaratadi; 2. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan beriladigan moddiy yordamlar orqali aholining kam ta’minlangan qatlami daromadlari darajasini saqlab qolish; 3. Mehnat nafaqasi va oylik maoshlarini muntazam ravishda indeksastiya qilish hisobiga aholining pul daromadi darajasini qo‘llab quvvatlash; 4. Ommaviy ishsizlikning oldini olish maqsadida norentabel ishlab chiqarishda band bo‘lgan aholini ishdan bo‘shatishda extiyot bo‘lish siyosatini qo‘llash; O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarning 2-bosqichida ya’ni 1995-1999- yillarda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz berdi. Mustaqillikning beshinchi yilida ya’ni 1996-yilda birinchi marta (MDH davlatlari ichida 2-o‘rinda) Armanistondan keyin (Armaniston 1994-yilda 1993- yilga nisbatan YaIM 104,3 foizga oshgan edi) YaIM xajmida yuksalish yuz berib, YaIM joriy narxlarda 101,7 foizni tashkil etdi. 1997 yilga kelib, mamlakat ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar berib, aholi jon boshiga YaIMni ishlab chiqarish xajmi 3,3 foizga oshdi [4]. Bugungi kunda aholining kam ta’minlangan himoya qilinmagan qismiga moddiy yordam berish ishlari maqsadli va yo‘naltirilgan tarzda shakllanib bormoqda. Mustaqillik yillarida respublikamizda aholi daromadlari xajmini tartibga solish mexanizmi shakllandi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Nafaqa va stipendiyalar minimal miqdorining hamda byudjet sohasidagi ishchi-xizmatchilar oylik maoshlari miqdorining muntazam o‘sib borishi. Bunda respublikada pensionerlar farovonligini ta’minlash maqsadida minimal mehnat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling