Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 100 statmirror.uz davlatlari ichida 2-o‘rinda) Armanistondan keyin (Armaniston 1994 yilda 1993 yilga nisbatan YaIM 104,3 foizga oshgan edi) YaIM xajmida yuksalish yuz berib, YaIM joriy narxlarda 101,7 foizni tashkil etdi. 1997 yilga kelib, mamlakat ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar berib, aholi jon boshiga YaIMni ishlab chiqarish xajmi 3,3 foizga oshdi. Respublikamizda 1996-yildan buyon YaIM o‘sish xarakteriga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunda aholining kam ta’minlangan himoya qilinmagan qismiga moddiy yordam berish ishlari maqsadli va yo‘naltirilgan tarzda shakllanib bormoqda. Mustaqillik yillarida respublikamizda aholi daromadlari xajmini tartibga solish mexanizmi shakllandi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Nafaqa va stipendiyalar minimal miqdorining hamda byudjet sohasidagi ishchi-xizmatchilar oylik maoshlari miqdorining muntazam o‘sib borishi. Bunda respublikada pensionerlar farovonligini ta’minlash maqsadida minimal mehnat nafaqasi miqdori minimal ish haqiga nisbatan tez oshirilmoqda. Agar 1990-yilda minimal ish haqi va mehnat nafaqasi miqdori teng bo‘lsa, hozirgi kunda minimal mehnat nafaqasi miqdori minimal ish haqi miqdoridan qariyb 2 barobar ortiq. 2. Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam sifatida muntazam berib boriladigan nafaqa pullar: - vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi sifatida moddiy yordam berish, mutaxassislikka tayyorlash jarayonida kasb hunar o‘rganuvchilarni stipendiyalar berib o‘qitish va ishsizlik nafaqasiga ishsizning qaromog‘ida bo‘lgan va har bir jon uchun 10 foizdan qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib berish; - daromadni o‘sib borishi darajasiga qarab jismoniy shaxslardan soliq olish va xakozo (oylik darajasi bir minimal maosh miqdorida bo‘lgan shaxslardan soliq olinmaydi). Jahon iqtisodiyotiga globallashuv sharoitida aholi daromadlarini indeksastiyalash muxim ahamiyatga egadir, chunki bu aholi daromadlarini oshishiga yordam beradi. Indeksastiya - bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat umumsiyosatining bir turi bo‘lib, aholining ayniqsa, qashshoq qatlamdagi aholining (pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar) pul daromadlarini va ularni sotib olish qobilyatini saqlab qolishga qaratilgan. Indeksastiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo‘lgan baxo indeksi asos qilib olinadi. Indeksastiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati aniqlanadi. “Iste’mol savati” insonga zarur bo‘lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarining tirikchilik uchun kifoya qiladigan xajmidir. Quyidagi rasmda 2022-yil holatiga ko`ra aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (37518,0 ming so‘m) hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling