Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 97 statmirror.uz mablag‘larni boyroq jamiyatdan qambag‘alroq jamiyat foydasiga qayta taqsimlash mexanizmi esa hali yo‘q. Ajratilishi mumkin bo‘lgan nafaqa to‘lovlari hajmi yordamga muhtoj shaxslar soniga emas, balki har bir mahallaga ajratilgan mablag‘lar umumiy hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Tizimning ushbu kamchiligi maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha uning samaradorligini pasaytiradi. Zaif aholini daromadlar bo‘yicha kam ta’minlanganlikdan himoya qilishga ijtimoiy to‘lovlar samarasi, bunday to‘lovlar xarajatlari umumiy hajmiga, maqsadli to‘lovlar mexanizmining samaradorligiga, to‘lovlar hajmi va qamroviga bog‘liq bo‘ladi. Nafaqalar muntazam yaxshi moliyalashtiriladi, yaxshi hajmga va qamrovga ega bo‘ladi. Biroq, ular o‘z maqsadli vazifasi bo‘yicha kam ta’minlanganlarga yo‘naltirilmaydi. Ular kam ta’minlanganlikni yumshatish rolini o‘ynaydi, biroq bu iqtisodiy samarali usul bo‘lmasligi mumkin. Boshqa tomondan, moliyalashtirish, maqsadli yondashuv, kam ta’minlanganlikni yumshatish uchun maxsus mo‘ljallangan moddiy yordam hajmi va qamrovini yaxshilashi mumkin. Ijtimoiy to‘lovlar tizimiga, shuningdek, ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar ham kiradi, ular ham, nafaqalar kabi kam ta’minlanganlikni kamaytirish imkoniyatiga ega emas, biroq mehnatga layoqatli aholini ishini yo‘qotish bilan bogliq daromadlarning qisqarishidan himoyalash maqsadida, xavfni boshqarish shakli hisoblanadi. O‘zbekistonda mehnat bozoridagi mazkur vaziyatda ularning roli etarli emas. Aslida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush darajasi muammosi ishsizlikdan emas, balki qisman ishsizlikdan (yoki noto‘liq bandlik) iborat[7]. Agar iqtisodiy qayta tarkibiy o‘zgartirishlar bilan birga xususiy sektorda ish o‘rinlari sonining o‘sishi ham ro‘y berganida, ushbu moddiy yordam yanada muhimroq rol o‘ynashi mumkin edi. Ushbu vaziyatda moddiy yordam, ish topish davrida kafolat tayanchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, har tomonlama dinamik o‘sish bo‘lmagani kabi, ishsizlik bo‘yicha moddiy yordamlarning roli ham minimal bo‘lib qolaveradi. Amalda, bandlik fondi moddiy yordam ko‘rsatishdan faol chora-tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan, ish o‘rinlarini yaratish, tayyorlash va qayta tayyorlash, ish izlash va jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ham foydalaniladi. Byudjetning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga (deyarli yarmi) past foizlarda kredit berish orqali sarflanadi. Biroq ishsizlar uchun uzoq, muddatli va samarali bandlikni taklif etishda, ushbu chora-tadbirlar samaradorligini qo‘shimcha baholash talab qilinadi[8]. Xorijiy mamlakatlarning aholining turmush darajasini statistik tahlil qilishdan asosiy maqsad ulardagi turmush qiymatini, yashash minimumini bilishga yo‘naltirilgan. Chunki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar mamlakat aholisi uchun, uning turmush tarzini o‘zgartirishga qaratilgan. Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasini baholash - aholi daromadlari, oziq-ovqat iste’moli, uy-joy shart-sharoitlari, ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling