Tarmoqlar va sohalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 94 statmirror.uz tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi. Dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so‘m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda yangi yo‘nalishga aylandi [2]. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanuvchi fuqorolar (dehqon xo‘jaligi a’zolari bilan birgalikda) pensiya ta’minoti tizimida ishtirok etishi ixtiyoriydir. Yuqoridagilarni hisobga olib, aytish mumkinki, respublikamizda turli qatlamdagi aholini ijtimoiy himoyalashni asosiy yo‘nalishlarini belgilash, kam ta’minlanganlar, pensionerlar, talabalar va vaqtincha ishlamayotganlarni himoyalash tizimini kuchaytirish kelgusida bajarilishi zarur bilan muhim ijtimoiy masalalar hisoblanadi O‘zbekiston o‘tish davrining boshidanoq aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini ta’minlash uchun katta kuch va resurslar sarflamoqda. Xususan, 1994-yilgacha Hukumat avvalgi ijtimoiy himoya tizimining ayrim elementlarini saqlab kelgan. Asosiy oziq-ovqat va xizmat turlariga subsidiyalar saqlab qolindi, sog‘liqni saqlash va ta’lim xarajatlarini avvalgi darajada saqlashga harakat qilib ko‘rildi. Nafaqa tizimi saqlab qolindi, vaqti-vaqti bilan nafaqalar indeksastiyasi o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, ish haqini «umumiy» indeksastiyalash muntazam o‘tkazib turildi. Biroq bu choralarning barchasi mamlakat byudjetiga katta yuk bo‘lib tushdi. Universal subsidiyalardan voz kechish va maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatishga o‘tish qaror qilindi. 1994-yilda (milliy valyuta joriy qilingandan so‘ng) asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga subsidiyalar bekor qilindi (cheklandi) va kam ta’minlangan oilalarga maqsadli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi joriy qilindi (mahalla tizimi orqali). 1997-yilda bolalar uchun to‘lov tizimi har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad, belgilangan chegaradan past bo‘lgan, 16 yoshgacha bolali oilalar olishi mumkin bo‘lgan maqsadli to‘lovlar bilan almashtirildi. 1999-yildan boshlab mahalla tizimi orqali ikki yoshdan kichik bolali ishlamaydigan onalar uchun maqsadli to‘lovlar beriladigan bo‘ldi [3]. Aholining umumiy daromadlari doimiy yoki takrorlanuvchi xususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda, uy xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan pul va natura shaklidagi tushumlardan tashkil topadi. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022-yil holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 634,8 trln.so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling