Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin»


Download 2.58 Mb.
bet23/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin» deyiladi.
So‘zlash va fikrlash bilan inson yer yuzidagi boshqa mavjudodlardan farq qiladi. Insonlar esa bilim darajasi, dunyoqarashi kengligi bilan bir-biriga nisbatan farqlanadi.
Insonlar fikrlarini bayon etishda o‘zgalarning shaxsiyatiga, sha’niga qadr-qimmatiga tegadigan darajada so‘zlashlari mumkin emas. Xuddi shuningdek, davlatning sirlari, xizmat sirlari va harbiy sirlarni oshkor etish ham mumkin emas.
Bunday sirlarning ochilishi davlat manfaatlariga, xavfsizligiga, taraqqiyotiga nisbatan katta zarar olib kelish xavfini vujudga keltiradi. Nemis adibi Klaudius Mattias erkinlikka bergan ta’rifi to‘g‘ridir. U shunday degan: «Erkinlik - o‘zgalarga ziyon yetkazmay turib, jamiki narsalarni qila olish huquqidir».
Konstitutsiyamizda fuqarolarning erkinliklari davlat tomonidan himoyasi kafolatlanganligi belgilangan. 19 – moddada shunday deyiladi: «O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» deb qat’iy mustahkamlangan.
Milliy istiqlol mafkuramizda shaxs erkinligi g‘oyasi mavjud. O‘z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o‘z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan insongina milliy g‘oyamiz tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi.
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan ekanmiz albatta erkinlik degan tushunchani qonunlarga amal qilish deb tushunish to‘g‘ri bo‘lar edi. Zero, fransuz faylasufi Sharl Lui Montesening «Erkinlik qonun yo‘l qo‘ygan barcha narsalarni qila bilish huquqidir» degan haqli mulohozasi hozirda biz qurayotgan jamiyatning har bir a’zosini erkinlikka qonun nuqtai nazaridan yondoshish lozimligini talab etadi.
Erkinlik degan tushuncha bilan yonma - yon intizom degan tushuncha ham birga yuradi. Intizom kim uchundir o‘ta ahamiyatli tushuncha bo‘lsa, kimgadir o‘zi e’zozlagan tushunchalardan keyinda turuvchi tushunchadir. Qattiq intizom o‘rnatilgan Iskandar Zulqarnay armiyasi, Chingizxon, Amir Temur va Suvorov qo‘mondonlik qilgan armiyalar dunyoning eng qudratli davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirishgan. Donishmandlar inson komillikka erishishida o‘n to‘rtta qoidaga amal qilishi kerakligini o‘qtirishgan. Shulardan biri intizomdir. Ular: «Kishi o‘z ish va amallarini ma’lum tartib – qoida asosida amalga oshirishi kerak. Agar kishi bir kunlik faoliyati davomida o‘z maqsadini aniq qilib, harakat qilmasa hech narsaga erisha olmaydi. Har kuni uyqu oldidan bir kunda qilgan ishlarini eslab, yutuq va kamchiliklarni tahlil etish hamda ertangi kunda amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarni rejalashtirish aqli raso kishining ishidir» deyishgan. Har birimiz o‘z maqsadimizni aniq qilib, o‘zimizga reja tuzgan holda kunlik faoliyatimizni amalga oshirishimiz talab etiladi.
O‘zbek xalqining sevimli adibilari ham erkinlik va intizom haqida o‘z qarashlarini bildirishgan. Zamonamiz donishmandlaridan biri O‘tkir Hoshimov ushbu mavzuga doir o‘z qarashlarini «Daftar xoshiyasidagi bitiklar» asarida ifodalagan. U:
«Inson tabiati shu: hamma erkni orzu qiladi. Hamma ozodlikka intiladi. Shunaqa-ku....
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima uchun Yer kurrasi o‘z o‘qi atrofida nuqo‘l bir tomonga qarab aylanadi? Bugun bir tomonga, ertaga boshqa tomonga aylansa, nima bo‘lardi?
Nima uchun Yer o‘z o‘qi atrofida 24 soatda bir aylanadi? Bugun 24 soatda, ertaga 30 soatda aylansa nima bo‘ladi?
Nima uchun Zamin Quyosh atrofini 365 kunu, 6 soatda bir marta aylanib chiqadi? Bir yil 365 kunu, 6 soatda, ikkinchi yili 200 kunda aylansa nima bo‘lardi?
Nima uchun Yer kurrasi har yili 22 – iyunda Quyoshga eng yaqin masofaga boradi, 22 – dekabrda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi? Shunda ham keragidan ortiq yaqin bormaydi, keragidan ortiq uzoq ham ketmaydi?
Bu qonunlarni, aniqrog‘i qonuniyatlarni kim yaratgan? Olloh emasmi?
Inson esa Ollohning bandasi emasmi?
M utloq erkni orzu qilish Tangriga ham hush kelmaydi...
Tangri jami tiriklik dunyosini o‘ta aniq bir intizom bilan harakatlantirib qo‘yibdi. Biz esa mana shu intizom bilan harakatlanayotgan dunyoda yashayapmiz va o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, guvohi bo‘lib, intizomning mevasidan bahra olmoqdamiz. Har qanday o‘quv muasassasida, tashkilot yoki korxonada adolatli tartib - intizom bilan ish olib borilar ekan o‘sha joyda taraqqiyot va yuksalish uchun yo‘l ochiq.
Mavzuni o‘zbekning millatparvar o‘g‘loni bobomiz Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida intizom to‘g‘risida bildirgan fikrlari bilan yakunlaymiz. «Intizom deb qiladigan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibli qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar. Janobi Haq yer-u osmonlarni, oy va yulduzlarni, inson va hayvonlarni, qurt va qushlarni shunday bir nizom ila tarbiyat berib yaratmishdirki, aql bilmakdan, qalam yozmakdan, til so‘zlamakdan ojizdir. Dunyoga kelgan payg‘ambarlarning har birlari din va shariatlarini tarbiyat va nizom ila yuritmishlar. Xususan, islom dini mukammal ravishda tartib va nizomni rioya qilmishdir».
Davlatni koni, manbai tartib-intizom,
Sarvatni poydori erur iqtisodi tom.
Muhtojlik yuzini ko‘rar deb gumon qilmang,
Tartibi birla yursa, kishinig ishi mudom.8
“TASDIQLAYMAN”
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova

5 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOAT REJASI





Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling