Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov


Download 386.5 Kb.
bet16/20
Sana30.04.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1404428
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен

Dotsent F.M.Qo‘chqarova: rahmat. Yana savollar bo‘lsa marhamat! Savollar bo‘lmasa, so‘z birinchi taqrizchi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.Usmonovaga beriladi, marhamat!


Taqrizchilarni taqrizlarini qo ‘yinng

Taqrizchi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.Usmonovaga:
Jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intelektual salohiyatni oshirish kabi qo‘plab talablarni qo‘ymoqda.
Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g‘oyasini amalga oshiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, allaqachon, raqamli muhit bilan o‘ralganmiz va ta’lim unga tezda moslashishi, uning afzalliklaridan foydalanishi kerak. Buning uchun esa jamiyatni raqamli ko‘nikmalarga ega va ilg‘or texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan mahoratli pedagoglarni yetishtirish lozim.
F.F.Xalilovning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishga qaratiladi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiyaning “Bo`lajak bоshlаng`ich sinf o`qituvchilаrini tarbiya fanini o`qitishga tayyorlashning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida tadqiqotning ijtimoiy-pedagogik asoslari, xorijiy tajribalar asosida Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishning madaniy va individual omillari yoritilgan bo‘lib, uning davlat ta’lim siyosati, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi ifodasi aks ettirilgan. “Ta’lim”, “tarbiya”, “tarbiyaviy qadriyat” “iymon-e’tiqod”, “ong”, “dunyoqarash” “mafkuraviy immunitet” “inson-jamiyat-davlat” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati pedagogik nuqtai nazaridan keng yoritib berilgan.
Tadqiqot jarayonida pedagoglar tomonidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasining asosiy shartlari aniqlangan va o‘rganilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil etish, umumlashtirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi pedagogik nuqtai nazardan komponentlari ajratib ko‘rsatilgan.
Talabalarda tarbiya fanini o’qitish kompetensiyalarini rivojlantirishda talaba shaxsiga qaratilgan individual omillar: talabaning psixologik hususiyatlari (yoshi, jinsi, harakteti, temperamenti); turli vaziyatlarga nisbatan loqaydlik; o‘z shaxsiy fikrining mavjud emasligi yoki noto‘g‘ri yoki barqaror emasligi; talabalik davrining boshlang‘ich nuqtasidan harakatlarini to‘g‘ri, unumli tarzda yo‘naltirmaganligi yoki o‘z qobiliyatlarini to‘liq anglamaganligi; o‘z o‘tmish tajribalarini tahlil etgan holatda bugungi kun va kelajak uchun aniq maqsadni belgilamaganligi kabilar sifatida aniqlangan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi pedagogning individual omillari: pedagogning o‘zida o’qitish sifatlarning rivojlanmaganligi; pedagogik faoliyat uchun yetarlicha kasbiy kompetentlikning (ijtimoiy kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, texnologik, ekstrimal kompetentlik1) shakllanmaganligi; talaba shaxsini ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida ko‘ra olmasligi, uning qarashlarini e’tiborsiz qoldirish; auditoriyada talabalar sonining ko‘pligi va ular bilan maxsus shug‘ullanish uchun vaqtning yetishmasligi; pedagog tomonidan talabalarga ijodiy topshiriqlarni, muammoli masallarni yetarlicha berilmaslik kabi holatlari belgilangan.
Hozirgi kundagi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Oliy ta’lim Davlat ta’lim standartining qabul qilinishi ta’lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat, fan hamda ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan Milliy modelning ba’zi qisimlaridagi katta o‘zgarishlar, ya’ni davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, jamiyat xayotiga kirib kelgan innovatsion axborot-kommunikatsiya vositalar, fanning so‘ngi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnika va texnologiyalari, kechagi yoshlardan farqli bugun shaxsiy-ijodiy fikr yurituvchi va o’z kasbinin sevuvchi mas’uliyatli yoshlar vujudga kelishi bilan izohlangan.
Ishning “Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tarbiya fanini o`qitishga tayyorlashning mazmun, metod va vositalari” deb nomlangan ikkinchi bobida tadqiqotning nazariy-pedagogik va nazariy-amaliy asoslari, texnologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuni, modeli, o‘quv loyiha dasturi va topshiriqlari, texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tadbiq etish shart-sharoitlari aniqlangan.
Tadqiqot doirasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash modelining amaliyotga tatbiqi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga asos bo‘lgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash modelini (maqsadga yo‘naltirilgan, mazmunli-texnologik, tashkiliy-vazifaviy, natijaviy-baholash komponentlari asosida) ishlab chiqish professor-o‘qituvchilarning talabalarga mos keladigan ta’lim uslubi va rivojlanish strategiyasini tez aniqlash, turli xil pedagogik vositalar, usullarni tasniflash, mavjud manbalar va boshqa yordamchi materiallardan foydalanish imkonini bergan.
Tadqiqot jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Umumiy pedagogika” fanidan mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish uchun o‘quv loyiha dasturi ishlab chiqilgan va tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash texnologiyalari takomillashtirilgan.
Tadqiqotning “Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tarbiya fanini o`qitishga tayyorlashga yo`nаltirilgаn tаjribа-sinоv ishlаrining sаmаrаdorligi” deb nomlangan uchinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasiga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni, bosqichlari, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan metodik ishlar o‘rganilib, tavsiflandi va matematik-statistik tahlili yoritib berilgan.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida olingan xulosa va tavsiyalar dissertatsiya ishining mazmuniga muvofiqligi bilan asoslanadi.
Dissertant tomonidan e’lon qilingan ishlar dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi.
Ushbu ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan yutuqlar bilan bir qatorda, ba’zi mulohazalarni ham keltirib o‘tish lozim:

  1. Bir qator sahifalarda ishoraviy, ayrim sahifalarda imloviy xatoliklar ko‘zga tashlanadi.

  2. Ishning metodologik asoslari to‘g‘risida so‘z ketganda huquqiy me’yoriy asoslar yetarlicha keltirilgan, lekin ilmiy-nazariy asoslar bilan yanada boyitish kerakka o‘xshaydi.

  3. Ishning bir necha joyida ajdodlarimizning mavzuga oid qimmatli fikrlari, qarashlari keltirilgan. Bizningcha, ularni bugungi kunda ta’limga qanday tatbiq etish yo‘llari ko‘rsatilsa, ishning amaliy qimmati oshgan bo‘lur edi.

Ko‘rsatilgan kamchiliklar dissertatsiyaning asosiy nazariy va amaliy natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Xulosa qilib aytganda, F.F.Xalilovning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga to‘liq javob beradi va ishni keyingi bosqich muhokamalariga tavsiya etaman.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling