Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov


Download 386.5 Kb.
bet2/20
Sana30.04.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1404428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен

Kotib (Phd) F.M.Komilova: Assalomu alaykum hurmatli yig‘ilish raisi va kafedra a’zolari! Ijozatingiz bilan dissertant haqida qisqacha ma’lumotni o‘qib eshittiraman.
Xalilov Farxod Furqat o‘g‘li 1993 yil 12 dekabrda Andijon viloyati Asaka tumanida tavallud topgan. Millati - o‘zbek. 2014-2018 yillari Andijon davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 2018-2020 yillari Andijon davlat universiteti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligida magistraturani tamomlagan.
2019-2020 yillari Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasida o‘qituvchi, 2021 yildan Andijon davlat universiteti 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant sifatida faoliyat olib bormoqda.
Dissertant faoliyati davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma 30 ga yaqin maqolalar chop ettirgan. Xalilov Farxodbek oilali, 2 nafar farzandning otasi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova: dissertant haqidagi ma’lumot yuzasidan kotibga savollar bormi? (Yo‘q, yetarli). Endi dissertatsiyaning asosiy mazmuni bilan tanishtirish uchun so‘zni tadqiqotchi F.F.Xalilovga beramiz. Ilmiy ishning umumiy mazmunini so‘zlab bersangiz, marhamat!
Tadqiqotchi F.F.Xalilov: Assalomu alaykum, hurmatli yig‘ilish raisi va kafedra a’zolari!

Ilmiy-tadqiqot ishimning mavzusi “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi“ deb nomlanadi.
Jahon ta’lim tizimida malakali, ijodkor, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini kompetensiyaviy yondashuvlar, innovatsion hamda integratsion ta’lim texnologiyalari asosida tizimli takomillashtirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan davlatlarda zamonaviy ta’lim sharoitlarida faoliyat olib boradigan mutaxassisni mehnat bozori talablari asosida tayyorlashda ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik islohotlar uyg‘unligiga ustuvorlik berish, YuNESKO xalqaro tashkilotining ta’lim siyosatini yuritish sektori (Education Sector) dasturlarida «butun hayot davomida ta’lim olishni ta’minlash (Life learnine)» alohida vazifa sifatida belgilangan. Jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan o‘zgartirish, raqobatbardosh, o‘zgarishlarni tez anglagan holda makon va zamonda maqsadli mo‘ljal oladigan, moslashuvchan bo‘lajak mutaxassislarda shaxsiy fazilatlar va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish zaruratini asoslaydi.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling