Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 386.5 Kb.
|
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va shakllarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar Sh.Abdullaeva, M.Abdujabbarova, Sh.K.Mardonov, N.M.Egamberdieva, X.I.Ibragimov, J.Yo‘ldoshev. R.X.Djuraev, N.A.Muslimov, M.Quronov, J.Sh.Djumabaeva, Z.Ismoilova, M.Vahobov, S.Matchonov, J.E.Usarov, R.B.Yarmatov, K.D.Riskulova, A.Sh.Muxsieva, U.N.Xo‘jamqulov, U.Mahkamov, Sh.Mustafaev, G.Muhamedov, R.Niyozmetova, va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlari A.Aytbaeva, A.Kopыtin, V.Anisimov, J.Shaygozova, M.Sultanova, Ye.Medvedeva, I.Levchenko, L.Komissarova, T.Dobrovolskaya, A.Kuznesova, O.Korjenko, Ye.Zargaryanlar tomonidan bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy amaliyotga metodik tayyorlash jarayonini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik aspektlari o‘rganilgan. Xorij olimlari W.Jhon Morgan, V.Grini, T.Kellagan, M.Meskon, F.Xedouri, T.Skott Myurrey, Tony Bush, Deborah J.Teeter, Lawrence A.Sherr, C.Taylorlarning ilmiy tadqiqotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va uning sifatini monitoring qilishning nazariy va amaliy asoslari bilan bog‘liq qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Talabalarni sifatli talim berish faoliyatiga yo‘naltirish, ularni kasbiy shakllantirish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida turli kompetensiyalarni takomillashtirish kabi masalalar tadqiq etilgan bo‘lsada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining sifatli talim berish kompetensiyasini rivojlantirish yaxlit tarzda tadqiq etilmagan. Bu esa, ularda sifatli talim berish kompetensiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishga qaratilgan quyidagi vazifalarni belgilandi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish; boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik bosqichlarini takomillashtirish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash modelini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirish; “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o‘qitishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy - metodik kompetensiyalarni intensiv rivojlantirishga oid metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling