Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov


Tarbiyada o‘zaro ishonch tamoyili


Download 386.5 Kb.
bet9/20
Sana30.04.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1404428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен

Tarbiyada o‘zaro ishonch tamoyili. Bu tamoyil shaxslaaro munosabatlar tizimiga tayanadi. O‘qituvchiga o‘quvchi bor sirlarini aytishi mumkin. Aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchining o‘zini tarbiyalash uchun asos qilib olishda o‘qituvchi ehtiyot bo‘lishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchidan pedagogik etika, etiket malakalari taqozo etiladi. O‘quvchilar ishongan o‘qituvchilariga shaxsiy muammolarini aytadilar. Mayda-mayda shaxsiy muammolar katta-katta muammolarning olldini oladi.

  • Yuzma-yuz suhbat tamoyili. Mazkur tamoyil asosida pedagogik jarayon davomida shaxslararo muloqotni tashkil etish, suhbat ishtirokchilariga bo‘lgan ishonchni, hurmatni shakllantirish vazifalari amalga oshiriladi.

  • Shaxsiy tajribaga tayanish tamoyili. Oliy ta’limda ham, umumta’lim maktablarida didaktik muhit ishtirokchilarning hayotiy tajribalari darajasida yaratilishi lozim, ammo fan bo‘yicha DTS talablaridan chetga chiqmagan va o‘ta suniylashtirilmagan holda amalga oshirilishi lozim. Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘z o‘quvchilarining nimaga qodirligini va nima qilinsa, ular o‘zini namoyon eta oladi, o‘quv topshiriqlarini bajarishda motivatsion intilishni yuzaga chiqaradi kabi savollarga javobi bo‘lishi kerak.

    Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga kompetentli yondashuv asosida tayyorlash ijtimoiy - pedagogik omil hisoblanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatining har bir kasbiy faoliyat tizimi bu ijtimoiy yo‘nalgan harakat bo‘lib, bunda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalari muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash jarayoniga kompetensiyaviy jihatdan yondashishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘rinadi.
    Tarbiya fanini o‘qitishga bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda sharq mutafakkirlari hayoti, faoliyati, ijodiga oid ma’lumotlarga tayanish, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida shaxs ta’lim-tarbiyasiga oid pedagogik qarashlar, ta’limotlar, yondashuvlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotda tarixiylik, qadriyatlilik tamoyili ustuvor tamoyillar sifatida belgilab olingan.
    «Tarbiya» fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini takomillashtirishda tajriba-sinov ishlari yo‘nalishlari tanlab olinishi va ularni quyidagi tartib amalga oshirish belgilandi:
    1) tarbiya darslarini o‘tishga talabalarni kompleks (pedagogik, psixologik, metodik, g‘oyaviy-siyosiy, estetik tayyorlash;
    2) kasbiy amaliyotda yuzaga keladigan to‘siqlar va muammolarni mustaqil yoki hamkorlikda tadqiq etish orqali bartaraf etish yoki ularning oldini olishga tayyorlash;
    3) hamkorlikda ishlashning samarali yo‘llarini talabalarga o‘rgatish.
    Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmun, metod va vositalari” deb nomlangan ikkinchi bobida tadqiqotning nazariy-pedagogik va nazariy-amaliy asoslari, texnologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuni, modeli, o‘quv loyiha dasturi va topshiriqlari, texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tadbiq etish shart-sharoitlari aniqlangan.


    Download 386.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling