Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov
Download 386.5 Kb.
|
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmun, metod va vositalari
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi
- Umumiy pedagogika”
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi”
pedagogik-psixologik (o‘qituvchilarga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni o‘qish davomida shakllantirib borishning pedagogik-psixologik jihatlarini egallash);
refleksiv (olingan integrativ bilimlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida qo‘llash ko‘nikmasi); metodik (kasbga xos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish. Ilmiy sohalarning nazariy asoslarini amaliyotga tadbiq etish, boshlang‘ich ta’lim asoslarini bilish). Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish biz taklif etayotgan modelning asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, mazkur jarayonni takomillashtirishda ilg‘or pedagogik tajribalar va zamonaviy o‘qitish vositalari, eng qulay va samarali hisoblangan metodlar va yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash hamda talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlarini baholashda belgilangan vazifalarni tahlil qilish va takomillashtirish jarayonida refleksiv aloqa ta’minlanishi zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan model quyidagi talablarga javob beradi: zamonaviy pedagogikada ko‘pincha tarbiyada muammoli vaziyatga tushgan bolalarga yordam berish, ularni ma’nan sog‘lomlashishga yo‘llash sifatida qarashadi. Buning uchun bolaga tarbiyaviy ta’sirni ta’minlovchi va unga hissiy kechinmalarini tuzatishga yordam beruvchi, jismoniy va psixik zo‘riqishni bartaraf qiluvchi va qo‘rquv hamda tortinchoqlikdan xalos qiluvchi turli xil san’at turlari va badiiy faoliyat vositalaridan foydalaniladi; pedagogika sohasida hayotiy muammolarni hal etishning maxsus tashkillashtirilgan guruhiy shakli – psixodrama, shaxsiy rivojlanish, muloqot treninglari qo‘llanila boshlandi va odat tusiga kirdi. Bunda psixoterapiya yutuqlari pedagogik amaliyotga ko‘chirilayotgandek taa’ssurot hosil bo‘ladi. Ammo aslida hammasi o‘zgacha: yetarlicha uzoq muddat davomida amaliy tibbiy psixologiya yuzlab yillar davomida sinovdan o‘tgan tarbiya texnologiyalariga qaram bo‘lgan bo‘lsa, ana endi ularning pedagogikaga qaytishi sodir bo‘lmoqda va yangilangan usullar jamlanmasi va psixologik terminologiya takomillashadi; taklif etilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modeli qat’iy mutanosiblik asosida quriladi, talabaning individual qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga oladi; muntazam o‘zgarib borayotgan axborot jamiyatida boshlang‘ich sinfning zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchisiga qo‘yiladigan asosiy talablar; boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tarbiya fanini o‘qitishga metodik tayyorlashning integrativ jihatlarini o‘z ichiga oladi; kasb faoliyati tuzilishi haqidagi pedagogik-psixologik tasavvurlar; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik tayyorgarlik (kasbiy tayyorgarlik ko‘rsatkichi sifatida) darajalariga qo‘yiladigan asosiy mezonlarni hisobga oladi; umumiy kasbiy kompetensiyasining ahamiyatiga molik elementlarini asoslaydi: konseptual element (pedagogika, psixologiya, didaktika, tarbiya fani, tarbiya fanini o‘qitish metodikasi); refleksiv (protsessual) element (metodik, integrativ ko‘nikmalar); integrativ-shaxsiy element (bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlari, integratsiyalash qobiliyati va boshqalar); bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy kompetentligiga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlar qo‘llanilishini nazarda tutadi; tarbiyaga kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan kompetensiyalar majmui mutlaqlik kasb etmaydi. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da tarbiya nuqtai nazaridan kompetensiyalarni “fazilatlar” sifatida talqin qilinganiga guvoh bo‘lish mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, qachonki fazilatlar qadriyatlar interiorizatsiyasi (ichki anglanganlik) darajasida namoyon bo‘lsa, u holda mazkur jarayonga nisbatan “kompetensiya” tushunchasini qo‘llash mumkin. Aniqrog‘i, fazilatlarning motivatsion va kognitiv darajada namoyon bo‘lishini kompetensiyaning shakllanganligi sifatida e’tirof etish mushkul. Kundalik faoliyat va kasbiy ahamiyatga ega ko‘nikmalar – hayot sohibi bo‘lmish inson – mamlakat fuqarosini tarbiyalashga umumdavlat-ijtimoiy buyurtmasi bilan; davlat va jamiyatdagi iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, ma’naviy o‘zgarishlar dinamikasi, inson potensiali (intellektual, jismoniy, ma’naviy) bilan belgilanadi va kompetensiyalar ana shu qarashlar doirasida shakllanadi; kompetensiyaviy yondashuvning o‘ziga xos jihati – kompetensiyalarni ularning o‘zaro aloqalari, bog‘liqliklari, o‘zaro bir-birini to‘ldirishi, boyitishi bilan bog‘liqlikda qarab chiqilishi va aniqlanishi bo‘lib, bu uning amalga oshirilishi natijasini o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalar tizimi sifatida tasavvur etish imkonini beradi; nafaqat bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, balki kelgusida kasbiy o‘sish istiqbollarini ham o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish kompetensiyalari nazorat qilinadi, tashxislanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli to‘liq amalga oshirilganda kasbiy faoliyatining sifat samaradorligiga erishiladi. Ushbu bosqichda “telefondan foydalanish qoidalari”, “tashqi ko‘rinish odobi”, “dasturxon atrofida o‘tirish odobi”, “mosini top”, “jamoat joylarida o‘zini tutish”, “mening sevimli qaxramonlarim”,“soy bo‘yida”, “notanish kishi kim”, “tartib intizom – muvaffaqiyat sari ilk qadam” interfaol o‘yinlaridan foydalanildi. Texnologiyaning ikkinchi bosqichi “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmun, metod va vositalari” deb nomlanib, mazkur bosqichda mavzularni o‘rganishda tarbiya fanini o‘qitishganing ijtimoiy-ta’limiy, shaxsiy ahamiyatini aniqlash va tahlil etish vazifalari hal etildi. Mavzularni o‘rganishda tarbiya fanini o‘qitishning ijtimoiy-ta’limiy, shaxsiy ahamiyatini aniqlash va tahlil etish individuallikka yo‘naltirilgan o‘yinlar asosida tashkil etildi. Bu bosqich ““vatan ishonchi””, “mening mahallamda yashash yaxshi”, “bilim olish sirlari”, “maktabim gulshanim”, “zukko o‘quvchi o‘yini”, “yumshoq mahorat (Soft Skills)”, “sexrli so‘zlar”, “qalb oynasi”, “yaxshi va yomon odatlar”, “imkoniyatlar va extiyojlar”, “men qanday inson bo‘lishim kerak”, “kim bo‘lsam ekan?”, “yaxshi va yomon odatlar”, “yolg‘onning umri qisqa”, “birovning xaqqi”, “insonparvarlik”, “do‘stlik – oliy fazilat” kabi texnologiyalar asosida tashkil etildi. Texnologiyaning uchinchi bosqichi “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi” deb nomlanib, mazkur bosqichda tarbiya fanini o‘qitish kompetensiyalarini rivojlantirishga va assesment topshiriqlarni bajarishda sifatli talimni tashkil etish yechimlardan foydalanish vazifalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. “Umumiy pedagogika” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bilan bir qatorda “binar dars”lar ham tashkil etilgan va o‘quv jarayonida samarali foydalanilgan. Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasiga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni, bosqichlari, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan metodik ishlar o‘rganilib, tavsiflandi va matematik-statistik tahlili yoritib berilgan. Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash kompetensiyani rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni, bosqichlari, talabalar tomonidan amalga oshirilgan metodik ishlar o‘rganilib, tavsiflandi va matematik-statistik tahlili yoritib berilgan. Tajriba-sinov ishlari Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Andijon davlat universitetlarida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda (asoslovchi, shakllantiruvchi, ta’kidlovchi) amalga oshirildi. Tadqiqot davomida bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini (ilmiy va ilmiy tadqiqot, eksperimental-tadqiqiy ko‘nikma, malakalarining) rivojlanganlik darajasini o‘rganishning ilmiy amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Buning uchun esa mazkur holat ilmiy-pedagogik jihatdan o‘rganildi va natijalarni baholashga oid mezonlar (ko‘rsatkichlar) asoslandi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Talabalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi 2. Metodik tayyorgarligi 3. G‘oyaviy-siyosiy, estetik tayyorgarligi Mazkur mezonlarga (ko‘rsatkichlarga) tayangan holda bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini egallash daraja ko‘rsatkichlari aniqlandi (1- jadvalga qarang). Pedagogik - mpsixologik Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling