Tarbiyaviy ta’sir vositalarini tanlashda namunaviylik tamoyili. Bu tamoyil bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida yuksak insoniy sifatlar shakllanganligini taqozo etadi. So‘zi va amali birlikni o‘qituvchi namoyon qilsagina o‘quvchilar uning ortidan ergashadi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili. Boshlang‘ich ta’limda keng joriylangan tamoyil bo‘lib, har bir ma’lumotning hayotiy modellarini taqdim etishda rasmlar, slaydlar, videolavhalar, tarqatmalar shaklidagi ko‘rgazmalardan foydalanishni anglatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi rang-barang rasmli, sxemali ma’lumotlarga diqqatini tezroq qaratadi va unda ushlab turadi. Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnikalarini o‘rgatish alohida ahamiyatga egadir.
San’at vositasida tarbiyalash tamoyili. Bu tamoyil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini san’at turlariga qiziqtirish, estetik jihatdan zavqlanishga o‘rgatish bilan namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning musiqaga, raqsga, badiiy asarlarni o‘qishga, kompozitsiyalarni yaratishga qiziqishini tarbiyaviy tasir omili sifatida tanlash lozim. Sana’t shaxsni tarbiyalaydi, unda yuksak insoniy sifatlarni tarkib toptiradi. O‘z-o‘zidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ham san’atga shaydo, undan zavq. Ma’naviy ozuqa oladigan shaxs sifatida o‘zini namoyon qilishlariga sharoit yaratish lozim. Tarbiya fanini o‘qitishda bu tamoyilning ham o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
Shaxsga yo‘nalganlik tamoyili. Mazkur tamoyil bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan har bir bolani alohida bir olam sifatida qabul qilishga undaydi. Har bir bolaning imkoniyatlari tarbiyaviy ta’sir markazida bo‘lishini bo‘lajak mutaxasislarga o‘ragtish lozim. O‘quvchining ma’lumotlarni o‘zlashtiish qobiliyati, xususiyati turlichaligi bois, mos yo‘llarni, qulay vositalarni tanlash talab etiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini bu jarayonga tayyorlashda oliy ta’lim pedagogik jarayonida ham bu tamoyilga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |