Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish
Download 386.5 Kb.
|
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodkorlikni rivojlantirish.
- . Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini art pedagogik yondashuvlardan foydalanishga tayyorlash.
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy yo‘nalganlik kompetensiyalarini rivojlantirish.
2. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish. Bu omil ham bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalaridan birining alohida shakllantirishga e’tibor qaratishni taqozo etadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish Tarbiya darslarini samarali tashkil etishda o‘zining o‘rni va ta’siriga egadir. Chunki, o‘qituvchi Tarbiya darsini ayni paytda sodir bo‘layotgan ma’lumotlar bilan boyitishi lozim. Bundan tashqari darsda axborotning turli shakllaridan o‘rinli foydalanish ham o‘quvchini global aloqalar muhitida to‘g‘ri mo‘ljal olishga o‘rgatishning ilk pedagogik yondashuvlaridan hisoblanadi.
3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodkorlikni rivojlantirish. Mazkur omil nafaqat Tarbiya darslarida, balki boshqa darslarda ham o‘zining imkoniyatlariga egadir. Ijodkor o‘qituvchigina o‘quvchilar ko‘z o‘ngida obro‘ga, ijtimoiy mavqega ega bo‘ladi. Agar o‘qituvchi ijodkor bo‘lmasa, bir xillikka o‘rganib qolsa va bu holat uchun odat bo‘lib qolsa, o‘quvchilar uchun uning darsi eng zerikarli va eng qiyin darslardan bo‘lib qoladi. Shuning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida bu sifatni tarkib toptirish va rivojlantirishga oliy ta’limda alohida urg‘u berish lozim. Xattoki, passiv talabalarda ham ijodkorlikni yuzaga chiqarish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir talabaning o‘ziga xos noyob tomonlarini OTM o‘qituvchisi payqashi, uni yuzaga chiqarishi, qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Bunda turli innovatsion texnologiyalar, mexanizmlardan foydalanishga ehtiyoj tug‘iladi. Aynan ijodkorlik pedagogik jarayonning kemtik jihatlarini faol ta’lim shakllari vositasida to‘ldiradi. 4. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini art pedagogik yondashuvlardan foydalanishga tayyorlash. Ushbu omil boshlang‘ich ta’limda keng qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlardan biri ART texnologiyalarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. Nega aynan ART texnologiyalar? Chunki o‘quvchilarning noyob va yashiringan qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda mazkur texnologiyalar keng imkoniyatlarga egadir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mazkur texnologiyalardan foydalanishga oliy ta’lim jarayonida tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozim deb hisobladik. Chunki bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tejamkorlik, vaqt nazorati, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda, o‘z ishidan qoniqishga o‘rgatishda, o‘zgalar ishini baholashga tayyorlashda ART texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari kengdir. Hozirgi kunda san’atning insonning hayoti, uni tarbiyalashdagi roli ortib bormoqda. Artpedagogika bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy bilim asoslarini o‘rganishga davat qiladi. U orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida estetik dunyoqarash shakllanadi. Bu imkoniyatlardan metodik jihatdan samarali foydalanishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash ham bizning tadqiqotimizda alohida metodik yondashuv sifatida tanlandi. 5. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy yo‘nalganlik kompetensiyalarini rivojlantirish. Bu omil ham bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga samarali tayyorlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy yo‘nalganlik deganda kasbiy bilim, ko‘nikmalarga ega holda o‘zini-o‘zi anglashi va baholashi, hayotiy tajribasi, ma’naviy xulqi, xatti–harakati va emotsional holatini boshqarishi kabilarni tushunish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yetarlicha tushunish uchun ushbu bilim, ko‘nikma va tajribani shakllantirish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va ularning rivojlanishi nuqtai nazaridan bolalar bilan muloqotda ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Shu sababli biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida ijtimoiy yo‘nalganlik, moslashuvchanlikni intensiv shakllantirish orqali ularda qaror qabul qilish, vaziyatni tezkor baholash kabi sifatlarni ham shakllantirishga erishiladi deb xisobladik. Yuqorida ta’riflangan barcha omillar birdek bo‘lajak o‘qituvchilarni dars berish mahoratini oshiradi va faoliyatini talabga muvofiq tashkil etishlarida, kasbiy kompetensiyalarini mukammallashishida asosiy o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijtimoiy yo‘nalganligini uning kasbiy o‘sish motivatsiyasi bilan ham bog‘lash mumkin. Kasbiy o‘sish esa, intellektual imkoniyatlarni ishga solish bilan kechadi. Ma’naviy va ma’rifiy komponent uyg‘unlashadi. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida ijtimoiy yo‘nalganlikning kognitiv va operatsional komponentlari asosida kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish orqali Tarbiya fanini samarali o‘qitishga erishiladi. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ga ko‘ra “ ...oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talaba yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlar, ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning to‘rtinchi bosqichi amalga oshiriladi”. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga kasbiy va g‘oyaviy-estetik jihatdan tayyorlashning 3 ta yo‘nalishini ajratdik: Pedagogik-psixologik Таrbiya fanini o‘qitishga tayyorlash йўналишлари
G’oyaviy- siyosiy, estetik Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling