Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov


Download 386.5 Kb.
bet4/20
Sana30.04.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1404428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен

Tadqiqotning ob’ekti bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlarida Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Andijon davlat universitetlarining “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi talabalari ishtirok etgan.
Tadqiqotning predmeti bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmuni, shakl, metod va vositalari hisoblanadi.
Olib borilgan izlanishlar natijasida biz quyidagilarni tadqiqotning yangiligi sifatida himoyaga olib chiqmoqdamiz. Ya’ni:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi “inson-jamiyat-davlat” munosabatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tarbiya fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy-metodik amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning umumpedagogik texnologiyalari muntazamlilik, transformativlik, shaxsiy na’muna tamoyillarini pedagogik amaliyotga yo‘naltirish asosida kasbiy o‘sish imkoniyatlari takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi “inson-jamiyat-davlat” munosabatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan. 302-0905 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan kasbiy faoliyatda foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirish hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy-metodik amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning umumpedagogik texnologiyalari muntazamlilik, transformativlik, shaxsiy na’muna tamoyillarini pedagogik amaliyotga yo‘naltirish asosida kasbiy o‘sish imkoniyatlari takomillashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan. 302-0905 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida Tarbiya fanini o‘qitishga doir metodik imkoniyatlardan foydalanish malakalarini rivojlantirish ta’minlangan;
tarbiya fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ni tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan. 302-0905 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tarbiya fanini o‘qitishga doir kompetensiyalarini umumpedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy amaliyotga metodik jihatdan tayyorlashning konseptual asoslari yoritilgan bo‘lib, uning davlat ta’lim siyosati, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi ifodasi aks ettirilgan. “Tarbiya”, “kompetensiya”, “texnologiya”, “metodik kompetensiya” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati pedagogik nuqtai nazaridan talqin qilingan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan Tarbiya darslari qanchalik samarali tashkil etilsa, o‘quvchilar shunchalik ma’rifiy, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan barqaror kamol topadilar. Shuning uchun biz tadqiqqot davomida Tarbiya darslarining natijadorligini oshirishga, o‘quvchilarni har tomonlama ahloqiy, huquqiy, ijtimoiy me’yorlar asosida tarbiyalashdek muhim ijtimoiy-siyosiy vazifalarni to‘laqonli bajarishiga ta’sir etuvchi omillarni alohida ajratish lozimligi ko‘rinadi.
Har bir munosabat o‘z zamirida ma’lum tajribani, muayyan maqsadga erishish yo‘lidagi hatti-harakatlarni taqozo etadi. Eng muhimi mazkur maqsadlar insonparvarlik, Vatanga sodiqlik, halollik, o‘zgalarning vaqtiyu naqdiga xiyonat qilmaslik tuyg‘ulariga sug‘orilgan bo‘lmog‘i lozim. Bu kabi ijtimoiy sifatlar Tarbiya darslarida hayotiy vaziyatlar misolida, ajdodlar nasihatlari mazmunida taqdim etiladi. O‘qituvchi bu o‘quv-tarbiyaviy materiallarni o‘quvchilarga yetkazishda ta’sirchan nutq, amalli harakatlarda bardavom bo‘lmog‘i lozim. Aksincha bo‘lsa, o‘quvchilar dildan so‘zlangan buyrug‘u-da’vatni quruq saf-satadan tez ajrata oladigan shaxslardir. Shuning ta’lim jarayonidagi “o‘quvchi-o‘quvchi”, “o‘quvchi–jamoa”, “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘quvchilar-o‘qituvchi” va boshqa shaklidagi munosabatlar hamda o‘zaro axborot almashinuv muxiti insonlarning bir-birlarini tushunishlariga bevosita bog‘liqdir. Aks holda jarayondan kutilgan natijalar aksi ta’sirga aylanishi mumkin.
Tadqiqotimizda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida kasbiy kompetensiyalar, xususan, kommunikativlik kompetensiyasini rivojlantirish Tarbiya darslarini samarali tashkil etishning muhim omili sifatida belgilandi.


  1. Download 386.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling