Tasdiqlayman” Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, f-m f. b f. d. (PhD): dosent I. A. Karimjanov
Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Download 386.5 Kb.
|
кафедра мухокамаси Ф Халилов 2 Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova
- 110000- Pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standarti
Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova: - Rahmat! Endi taqrizchining bildirgan fikr va mulohazalariga javob berish uchun so‘z dissertant F.F.Xalilovga beriladi.
Tadqiqotchi F.F.Xalilov: taqrizchi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.A.Usmonovaga dissertatsiya ishimizni chuqur tahlil qilib, baholi fikr va mulohazalarini bildirganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ustozimiz tomonidan ko‘rsatilgan fikr va mulohazalariga javobimiz quyidagicha: 1. “Bir qator sahifalarda ishoraviy, ayrim sahifalarda imloviy xatoliklar ko‘zga tashlanadi” - deyilgan. Mazkur ishoraviy va imloviy xatolar bartaraf etildi. 2. Taqrizda: “Ishning metodologik asoslari to‘g‘risida so‘z ketganda huquqiy-me’yoriy asoslar yetarlicha keltirilgan, lekin ilmiy-nazariy asoslar bilan yanada boyitish kerakka o‘xshaydi” – degan fikr bildirilgan. Bunga javobimiz shundan iboratki, dissertatsiyaning 1-bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tarbiya fanini o’qitishga tayyorlashning nazariy asoslari yoritilgan va ishning 2-bobida yana tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasiga doir ilmiy-metodik ishlar atroflicha bayon etilgan. 3. Taqrizda: “Ishning bir necha joyida ajdodlarimizning mavzuga oid qimmatli fikrlari, qarashlari keltirilgan. Bizningcha, ularni bugungi kunda ta’limga qanday tatbiq etish yo‘llari ko‘rsatilsa, ishning amaliy qimmati oshgan bo‘lur edi” – degan fikr bildirilgan. Bunga javobimiz shundan iboratki, dissertatsiyaning 2-bobida tarbiya fanini o’qitishga tayyorlashning mazmun, metod, va vositalarida yoritilgan. E’tiboringiz uchun rahmat! Rais pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent F.M.Qo‘chqarova: rahmat! Mazkur dissertatsiya va avtoreferat yuzasidan ikkinchi taqrizchi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.A.Ataqulovaning fikrlarini eshitamiz. Marhamat! Taqrizchi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.A.Ataqulova: Bugungi kunga kelib, Pedagogika oliy o‘quv yurtlari oldiga kasbiy va kundalik hayoti faoliyatida ijodiy mahorat ko‘rsatishga qodir bo‘lgan Pedagogik mahoratga ega yoshlarni tayyorlash O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevordir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”. Har bir shaxs potensial ravishda kreativ rivojlanish ehtiyojlariga egadir. O‘zining va xalqining kelajagini buyuk bo‘lishiga intilgan inson borki, har doim o‘zini yangidan yaratishi, kashf etishi lozim. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev 2020-yil 25-dekabr O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuv jarayonida bugungi yoshlar xalq kelajagining katta kuchi ekanligiga ishonch bildirib “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu-shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar”, deb nutq so‘zladilar. F.F.Xalilovning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi tadqiqot ishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya ishining kirish qismida uning dolzarbligi yetarlicha asoslangan, mavzuning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi aniq ko‘rsatilib, mazkur maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, tadqiqotning ob’ekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati belgilangan muammodan kelib chiqqan holda aniq asoslangan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi uchta yo‘nalishda tadqiq etilgan. Bular: mavzuga doir respublikamiz olimlari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va xorijlik olimlarning ilmiy izlanishlari hisoblanadi. Dissertatsiya uchta bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobi “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan. Mazkur bobda tadqiqotning ijtimoiy-pedagogik asoslari, zamonaviy sharoitlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirib o‘qitish tizimiga ta’sir etuvchi omillari, kreativlikka yo‘naltirilgan ta’lim bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida pedagoglar tomonidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirishning asosiy shart-sharoitlari aniqlangan va o‘rganilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil etish, umumlashtirish asosida talabalarning shaxsiy-kreativ kompetensiyasi tuzilishini pedagogik nuqtai nazardan komponentlari ajratib ko‘rsatilgan. Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g‘oyasini amalga oshiradigan yangi avlodni voyaga etkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilayotganini hisobga olgan holatda, “Yangi O‘zbekiston”ning oliy ta’lim tizimida talabalarda shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari (O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”i Qonun, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar, 110000- Pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standarti, 5111700 – Boshlangich ta’lim bakalavriat ta’lim yunalishining Malaka talablari, o‘quv reja va fan dastur kabi me’yoriy hujjatlar) mazmuni ilmiy asosda o‘rganilgan. Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning kognitiv-didaktik tizimi” deb nomlangan ikkinchi bobida tadqiqotning nazariy-pedagogik va nazariy-amaliy asoslari, texnologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy-kreativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli, o‘quv loyiha dasturi va topshiriqlari, texnologiyasi takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘z oldiga shaxsning o‘z shaxsiy mustaqilligi, erkinligi, kreativligi, kompetentligi sifatini shakllantirishni asosiy vazifa qilib qo‘ygan pallada, reproduktiv o‘qitish strategiyasidan voz kechishi kerakligini, bunda ta’lim standartlariga mos keluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga olgan holda o‘quv rejada belgilangan fanlarni tashkil etishda o‘quv loyihalaridan foydalanilgan va talabalarning shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv loyiha topshiriqlari ishlab chiqilgan. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodika samaradorligi doir tajriba-sinov ishlari mazmuni, natijalari yoritib o‘tilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish sifatini baholashga mezonli-tashxisli yondashuv asosida aniqlangan mezonlar, ko‘rsatkichlar va usullar sifat darajasini baholash uchun qo‘llanilgan.Tajriba-sinov natijalari tahliliga ko‘ra, tadqiqot jarayoniga jalb etilgan ishtirokchilar tadqiqotdan keyingi olingan statistik ko‘rsatkichlari o‘sganligi aniqlangan. Bu holatni ob’ektiv baholash uchun statistik tahlil amalga oshirilgan, aniqlashtirilgan xulosalar tajriba-sinov ishlarining ilmiy, pedagogik, texnologik va metodik jihatdan to‘g‘ri samarali olib borilganini tasdiqlaydi. Dissertant tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanma va maqollar dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi. Avtoreferat dissertatsiyaning mazmuniga muvofiq tuzilgan. Ushbu ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan yutuqlar bilan bir qatorda, ba’zi mulohazalarni ham keltirib o‘tish lozim: Muammoning o‘rganilganlik darajasida keltirilgan olimlarning ism-familiyalari alifbo tartibida joylashtirilmagan Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi aks etgan jumlalarda tadqiqot ishining egasi hisoblangan “bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi” birikmasi qayta-qayta ishlatilgan. Bir qator sahifalarda xususan, 23, 71 va 103 sahifalarda ayrim stilistik va orfografik xatoliklar ko‘zga tashlanadi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar dissertatsiyaning asosiy nazariy va amaliy natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Xulosa qilib aytganda, F.Xalilovning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga to‘liq javob beradi va ishni keyingi bosqich muhokamalariga tavsiya etaman. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling