Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari
Download 81.38 Kb.
|
amaloiyot23
21.06.2023
Mavzu: 20-§ Sud arxiviga ishlarni, xujjatlarni topshirish, qabul qilish va saqlash qoidalari bilan tanishish. Sud arxiviga topshirilgan ishlar hamda hujjatlaming muqovasiga, shuningdek, hisobga (ro‘yxatga) olish varaqasi yoki ro‘yxatga olish kitobiga arxiv raqami qo‘yiladi. Ishlar sud arxivida yillar asosida arxiv raqamlari tartibi bo‘yicha saqlanadi. Arxiv mudiri har yili kamida bir marotaba doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan, sud arxivida saqlash muddati o‘tgan hujjatlami doimiy saqlash uchun arxiv tashkilotlariga topshirish ishlami amalga oshiradi. Hujjatlaming doimiy-amaliy ekspertizasi hujjatlaming mazmun va mohiyatlarini aniqlash, ulami saqlash, saqlash muddatini belgilash maqsadida o‘tkaziladi. Ekspert komissiyasi viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislarining buyrug‘i bilan 3-5 kishidan kam boMmagan tartibda tasdiqlanadi. Tuman (shahar) sudining ekspert komissiyasi davlat arxiviga topshirilishi lozim bo‘lgan yig‘majildlar va ulaming dalolatnomasini, shuningdek, doimiy yoki vaqtincha (10 yildan ko‘p) saqlanadigan yig‘majild va ulaming ro‘yxatini ko‘rib chiqib, arxiv tashkilotlari tasdig‘iga berish haqida qaror chiqaradi. Shuningdek, ehtiyoj bo‘lmagan boshqa yig‘majildlar dalolatnomasini ko‘rib chiqadi. Yo‘q qilib tashlashga ajratilgan hujjatlar va ishlar dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, yuqori sudda ma’lum qilinadi. Dalolatnomalaming ijrosi ular arxiv tashkilotlari tomonidan tasdiqlangach, tuman (shahar) sudi tomonidan amalga oshiriladi.Yig‘majildlami rasmiylashtirish deganda, ulami muqovalash, uning nomini muqova sirtiga yopishtirish, alohida qog‘ozga katta harflar bilan yozish, varaqlarini tikish va unga tartib raqami qo‘yish, so‘ngra barcha raqamlaming umumlashtirilgan sonini ko‘rsatib imzolash tushuniladi. Yig‘majildlar qattiq muqovalarga tikiladi. Ulaming tartib raqami undagi hujjatlaming turkumlarga qarab qo‘yiladi. Yig‘majildlarda doimo saqlanadigan hujjatlaming ro‘yxati muqova orqasiga yopishtirilgan qog‘ozga yozib borilishi kerak.Yig‘majildlar ro‘yxati sud raisi nazorati ostida devonxona mudiri (har bir tarkibiy tarmoqlardagi mas’ul) tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan tavsiyalar asosida tuziladi. Joriy etilgan barcha yig‘majildlaming to‘g‘ri yuritilishi sud raisi va devonxona mudiri kuzatuvida bo‘ladi. Yig‘majildlar ro‘yxati uch nusxadan iborat tuzilib, ekspert komissiyasining raisi va uni tuzgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi, bunga sud raisi o‘z roziligini bildirishi kerak. Mazkur ro‘yxat arxiv tashkilotlari tomonidan tasdiqlangach, uning ikki nusxasi shu tashkilotda, bir nusxasi sudda qoladi. Vaqtinchalik saqlanayotgan ro'yxatlar ham xuddi shunday rasmiylashtiriladi, ammo arxiv tashkilotlariga yuborilmaydi. Yig‘majildlar ish yurituvga olingan kimdan boshlab arxivga topshirilgunicha yoki yo‘q qilib tashlangunga qadar devonxonada alohida ajratilib, shkafda saqlanadi. Doimiy saqlanadigan yig‘majildlardan ayrim hujjatlami olish man etiladi, ammo zaruriyat tug‘ilgan hollarda sud raisining roziligi bilan ayrim hujjatlar olinishi mumkin. Bu holda maxsus dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma olingan hujjatning nusxasiga qo‘shilib, yig‘majildda qoldiriladi.Joriy yil o‘tganidan so‘ng, 1- apreldan kechiktirilmay o‘tgan yilgi yig'majildlar arxivga topshirilishi kerak. Vaqtincha (1 yildan ko‘p) saqlanadigan yig‘majildlar arxivga sud raisi belgilagan vaqtda topshirilishi mumkin.Yig‘majildlar sud arxiviga sud raisi tomonidan tasdiqlangan tartib jadval asosida ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi. ro‘yxatlarda yig‘ma jildlar nomi ko‘rsatilishi kerak. Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling