Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet14/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
amaloiyot23

15.06.2023
Mavzu: 17-§ Ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish amaliyotini o‘rganish.
1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga sudyalarning e’tibori qaratilsin.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 9-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar kuchga kirgunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham tatbiq etiladi, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa, orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
2. Sudyalar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ish yurituviga qabul qilishda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (bundan keyin matnda MJtK) 245-moddasi talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtKning 303-moddasida nazarda tutilgan masalalarni hal etishi lozim.
4. Ma’muriy ish shu sudning sudlovligiga taalluqli bo‘lmaganda yoki MJtKning 282 va 304-moddalari talablariga rioya qilinmagan holda yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi hujjatlar sudyaning asoslantirilgan xati bilan bayonnomani tuzgan yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga qaratiladi. Ma’muriy hujjatlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish uchun qaytarilgan vaqt ma’muriy ishni ko‘rish va ma’muriy jazo tayinlash uchun MJtKning 36 va 305-moddalarida belgilangan muddat o‘tishini to‘xtatmaydi.
5. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan yuritilayotgan bayonnomalarni va ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorlarning mazmuni MJtKning 281-moddasi talabiga javob berishi lozim. Agarda bayonnoma yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atish haqida qaror tegishli vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan yoki qabul qilingan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan vaqt va huquqbuzarlikning mazmuni, huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar ko‘rsatilmagan yoki javobgarlikka tortilayotgan shaxs hujjatlar bilan tanishtirilmagan, MJtKda nazarda tutilgan hollarda bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan, shu kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilmagan holatlarda, sudya qayd qilingan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bayonnoma va qarorni tegishli organ yoki mansabdor shaxsga qaytaradi.

Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling