Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari
Download 81.38 Kb.
|
amaloiyot23
22.06.2023
Mavzu: 21-§ Sudda elektron baza bilan ishlash tartibini o‘rganish. TOSHKENT – AQSH tomonidan moliyalashtirilgan sud hujjatlarini boshqarish elektron tizimi o‘zbekistonliklar orasida ommalashib bormoqda. O‘zbekistonda 2013-yilda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida amaliyotga joriy etilgan E-SUD tizimi keraksiz qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali, O‘zbekistonda sud ishlarini olib borishni tezlashtirmoqda. Hozirgi kunda bu tizim O‘zbekistonning barcha fuqarolik sudlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. “Foydalanuvchi uchun E-SUD xuddi oddiy veb-saytga o‘xshaydi”, deydi Toshkentning Yashnobod tumani fuqarolik sudi xodimi Mahmud Abbosov Karvonsaroy nashriga. Bu tizim foydalanuvchilarga da’vo arizalari berish, fuqarolik sudlari uchun arizalarni to‘ldirish, hujjatlarni ilova qilish, sud majlisi o‘tkaziladigan sana va uning vaqtiga oid bildirishnomalarni olish, chaqiruv qog‘ozini olish va ish materiallari bilan tanishish imkonini beradi”.
Avvallari o‘zbekistonliklar “juda ko‘p vaqt va asab sarflanishi” sababli kamdan-kam hollarda o‘z huquqlarini himoya qilishga harakat qilardilar, deydi toshkentlik Abror Musakov Karvonsaroy nashriga. O‘tgan yili sudga topshirilgan arizalarning 40 foizi E-SUD tizmi orqali yuborilgan, deb xabar bergan edi UNDP fevral oyida. E-SUD tizimining joriy etilishi har bir ish bo‘yicha sudga o‘rtacha tashriflar sonini 6-7 tadan 2-3 tagacha kamaytirdi, deb xabar beradi UNDP. Ayblanuvchi va da’vogarlarning sarf-xarajatlari 10 foizga kamaygan. 2017-yilda E-SUD tizimi chekka hududlarda yashovchi 3000 nafar ayolga farzandlari uchun aliment pullarini yig‘ib olishga yordam berdi. Xalqaro mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sudlarida bunday texnologik innovatsiyadan foydalanish davlat rivoji yo‘lida muhim qadamdir. “Biz O‘zbekistonning qonun ustuvorligini ta’minlash, sudlar mustaqilligi va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini olqishlaymiz”, dedi BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiiy vakili Helena Freyzer 7-fevral kuni O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. “Fuqarolar ushbu o‘zgarishlarni his qila boshladilar”, dedi u Oliy sud matbuot xizmati bergan xabarda. “Sudlar bilan ishlash osonlashdi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi bilan ularning faoliyati shaffofligi ta’minlandi.” Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling