Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari
Download 81.38 Kb.
|
amaloiyot23
08.06.2023
Mavzu: 14-§ Sudda appelyasiya, xususiy tartibda berilgan shikoyatlar va protestlarni qabul qilish hamda ularni hisobga olish tartibi bilan tanishish. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan shikoyat berishga bo‘lgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972-moddasiga muvofiq, apellatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ular vakillarining shikoyati, shuningdek, prokuror va uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. Apellatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, hukmning o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida e’tirof etilmagan, biroq o‘zining haqiqiy holatiga ko‘ra, sud himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi. Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart. 3. Qonunga ko‘ra, apellatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida beriladi. Bevosita apellatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4976-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak. Har bir apellatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinishi shart. 4. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 4975-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ko‘rib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan JPK 49711-moddasi birinchi qismiga (https://lex.uz/docs/-111460#-5232663)ko‘ra, yigirma kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) bo‘yicha mazmunan ko‘radi. Bunda ko‘rsatilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ajrim e’lon qilingandan so‘ng apellatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi. 5. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek, sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar bo‘yicha e’tirozlar apellatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin. Hukm chiqarilgandan so‘ng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi bo‘yicha boshqa masalalar qo‘yilgan bo‘lmasa, apellatsiya tartibida alohida ko‘rilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi (https://lex.uz/docs/-111460#-257067)va 541-moddasi birinchi qismi (https://lex.uz/docs/-111460#-257070)qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. 6. JPK 4978-moddasida (https://lex.uz/docs/-111460#-5232613)apellatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart. Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan ko‘rishga to‘sqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK 4977-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi. Mazkur muddat shikoyat (protest)ni uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risidagi ajrim topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling