Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet10/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

06.06.2023
Mavzu: 12-§ Sud muhokamasini o‘tkazish tartibi bilan tanishish.
Sud muhokamasi (OʻzRda) - sud majlislarida muayyan ishlarni koʻrish va hal qilish. Sud muhokamasini sud majlisida raislik qiluvchi tashkil qiladi, unda koʻriladigan masala doirasini belgilaydi, ishtirok etuvchilarni taklif etadi, ularga huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va taʼminlaydi, daʼvogar, javobgar, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning talablari, eʼtirozlari, fikrmulohazalari eʼtiborga olinishini va dalillarning tekshirilishini taʼminlaydi. Sm. baʼzan yshni boshqa sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga, jamoat birlashmalariga yuborish bilan ham tugallanadi. Sud muhokamasi xolisona, sinchkovlik bilan, muhokama qatnashchilarining erkin faolligi va tashabbuskorligi ruhida oʻtkazilishi lozim. Sud muhokamasi oʻtkazish tartibi protsessual qonunlarda batafsil bayon etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi FPK, 162—202 moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi XPK, 125—134moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 406—427moddalar).


06.06.2023
Mavzu: 13-§ Sudda ishlar ko‘rilgandan so‘ng ularni rasmiylashtirishni o‘rganish.
«Sudlarda ish yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomaga muvofiq, ish bo‘yicha chiqarilgan hukm, qaror yoki ajrimlardan nusxalar ko‘chirilib, sud majlisida raislik qilgan sudya imzosi bilan tasdiqlanib, sudning muhri bosilib, kerakli joylarga yuboriladi. Agar bu hujjatlaming nusxalari bir necha varaqdan iborat bo‘lsa, ulaming varaqlari ip o‘tkazilib bog‘lanib, har bir varaqqa muhr bosiladi. Berilayotgan hukm, qaror yoki ajrim qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, bu haqda ulaming nusxasiga yozib qo‘yiladi. Qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi oqlangan taqdirda, shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qoilanilgan sudlanuvchi ozodlikdan mahram etish bilan bogiiq jazoga hukm qilinganda, bu haqdagi hukm nusxalari tegishli mutasaddilarga ish ko‘rilgandan so‘ng darhol yuboriladi. Agarda hukm bir necha shaxslarga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, hukm nusxalari jazoni ijro etish muassasasi boshliqlariga ulaming har biri uchun yuboriladi. Mahkum sud zalidan qamoqqa olinishi kerak bo‘lsa, hukm nusxasi tergov hibsxonasining boshlig‘i nomiga yozilgan xat bilan sudlanuvchilami qo‘riqlovchi soqchiga tilxat orqali yoki imzo qo‘ydirib beriladi. Ish ko‘rilishi bilan hukm nusxalarini darhol tayyorlash imkoniyati bo‘lmagan ayrim hollarda (ish hajmining kattaligi, qorong‘i tushib qolganligi, ishning sayyor sud majlisida ko‘rilganligi va boshqa hollarda) har bir sudlanuvchiga taalluqli hukmning yakunlovchi qismidan nusxa berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo hukmning to‘la nusxasi hukm chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida kechiktirilmasdan yuborilishi kerak. Oqlangan shaxsga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga hukm nusxasi 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi tegishli me'yorda ko'rsatilgan muddatlarda topshiriladi. Ish ko'rilgach, sud majlisi kotibi uni rasmiylashtirishga oid hamma harakatlami uch kundan kechiktirmay bajarishi va ishni devonxona mudiriga topshirishi lozim. Devonxona mudiri sud majlisi kotibining ishni rasmiylashtirish bilan bogiiq barcha zarur harakatlami bajarganligini tekshirib ko‘radi, ishning ko‘rilgan kuni va natijasini ishlami hisobga olish varaqasiga qayd etadi va sud majlisi kotibidan qabul qilib olganligi haqida sudda ko‘riladigan ishlami hisobga olish kitobiga o‘z imzosini qo‘yadi


Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling