Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet9/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

05.06.2023
Mavzu: 11-§ Jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish uchun tayinlash bosqichi bilan bog‘liq xarakatlarni o‘rganish.
Sudlarda jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash va dastlabki eshituv o‘tkazish tartibi bo‘yicha masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda jinoyat-protsessual qonuni bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 49 va 491-boblarida nazarda tutilgan talablarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
2. JPK 396-moddasiga muvofiq, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi shart:
ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;
ishning sud majlisida ko‘rilishi uchun asoslar yetarlimi;
surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish chog‘ida JPK talablariga rioya qilinganmi;
ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganmi;
jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini ta’minlash choralari ko‘rilganmi;
ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi JPK talablariga muvofiq tuzilganmi;
dastlabki eshituv o‘tkazish uchun asoslar bormi.
Sudya, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi xolisona, o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishini ta’minlash maqsadida ushbu masalalar bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan protsessual qarorlar qabul qilinishi va harakatlar bajarilishiga zarurat bor-yo‘qligini aniqlaydi.
3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash chog‘ida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki ishni dastlabki tergovda yo‘l qo‘yilgan texnik yo‘sindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
4. Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda boshqa sudga o‘tkazayotganda, sud zarurat bo‘lganda, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi masalani JPK 395-moddasiga muvofiq, chiqariladigan ajrimda hal etishi mumkin.
Jinoyat ishi sudlovga tegishliligi bo‘yicha yuborilganda, JPK 396-moddasi birinchi qismining 2, 5 — 7-bandlarida ko‘rsatilgan masalalar sud tomonidan hal etilmaydi.
5. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash chog‘ida sudya JPK 396-moddasining 4-bandiga amal qilgan holda, ish bo‘yicha arz qilingan iltimosnomalar bor-yo‘qligini aniqlashi lozim. Bunda faqat asoslangan, tekshirishni talab etmaydigan (masalan, ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi, sudga qo‘shimcha guvohlarni chaqirish to‘g‘risidagi, hujjatlar talab qilib olish to‘g‘risidagi, xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi va hokazo) iltimosnomalar qanoatlantirilishi mumkin.
Sudyaning har bir arz qilingan iltimosnoma bo‘yicha qarori ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda aks ettiriladi.
6. Ishni sud majlisida ko‘rib chiqish uchun asos yetarliligi to‘g‘risidagi masalani JPK 396-moddasining 2-bandiga (muvofiq, hal qilish chog‘ida, sudya JPK 82-moddasida nazarda tutilgan talablardan kelib chiqishi lozim. Ularga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ish bo‘yicha quyidagilar aniqlangan bo‘lishi kerak:
jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlar;
qilmish va kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
jinoyat ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi;
jinoyat sabablari va maqsadlari;
ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘ladi.
7. Sudya JPK 396-moddasining 3-bandiga (https://lex.uz/uz/docs/-111460#-5305470) muvofiq, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritish chog‘ida jinoyat ishini qo‘zg‘atish va yuritish asoslari hamda tartibini belgilovchi JPK talablariga rioya etilganligini aniqlashi zarur.
Jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligi (masalan, boshqa shaxsga nisbatan yangi ayblov bo‘yicha ajratilgan materiallar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkazilganligi), sud tomonidan sud muhokamasi chog‘ida bartaraf etib bo‘lmaydigan boshqa qoidabuzarliklar (masalan, JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etilishi lozim bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi tomonidan protsessual harakatlar amalga oshirilganligi, surishtiruv yoki tergov guruhiga kiritilmagan shaxs tomonidan surishtiruv yoki dastlabki tergov amalga oshirilganligi va hokazo), shuningdek, JPK 40512-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilishi kerak.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni sudda muhokama qilish uchun tayinlash chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan muhim holatlardan biri ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganligi to‘g‘risidagi masala hisoblanadi.
Ehtiyot chorasi o‘zgartirilganda sudyaning ajrimida bunday qaror qabul qilish zaruratini tasdiqlovchi dalillar va vajlar keltirilgan asoslar ko‘rsatilishi lozim.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o‘zgartirilganda qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak (uy qamog‘i qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan hollar bundan mustasno).
9. JPK 396-moddasining 5-bandi va 398-moddasiga muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishga haqli.
Jinoyat ishi materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchida xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, qimmatliklar yoki boshqa mol-mulk mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligi da’voni ta’minlash choralari bevosita sud tomonidan qo‘llanilishi imkoniyatini istisno etsa, sudya ajrim bilan zarur choralar ko‘rish majburiyatini surishtiruvchi yoki tergovchiga yuklaydi. Bunday hollarda sudning ajrimini ijro etish muddati, JPK 405-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, o‘n sutkadan oshmasligi lozim.


Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling