Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet12/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

09.06.2023 12.06.2023
Mavzu: 15-§ Hukm, ajrim va sud qarorlarini ijroga berish bilan bog‘liq hujjatlar bilan tanishish.
Odil sudlovni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilotlaming huquqlarini qo‘riqlash uchun chiqarilgan qarorlaming ijrosi protsessning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, ulami ijro ettirish sud zimmasiga yuklatiladi. Sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hujjatlaming nuxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellatsiya, kassatsiyayoki nazorat tartibida ko‘rilganida sud hujjatlari o‘zgartirilgan bo‘lsa, ulaming nusxasiga apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi. Sudning hukmi, ajrim va qarorlari qonuniy kuchga kirganidan keyin ijroga beriladi (14-15- ilovalar). Hukm, ajrim va sud qarorlari ijrosi bilan bog‘liq barcha yozishmalar sud devonxonasiga yuklatiladi. Ushbu hujjatlaming ijrosiga oid sud harakatlari sudda yuritiladigan ma’lumotlar varaqasiga qayd etiladi. Hukm va sud qarorlarining ijroga yuborilishi ustidan nazorat sud raisi yoki shu ishlami ko'rishda raislik qilgan sudya tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur hujjatlaming nusxalari ulami ijroga yuborish vaqtida sud raisi yoki shu ishni ko‘rishda raislik qilgan sudyalar to-monidan imzolanadi va sud muhri bosiladi. Sud majlisi kotibi hukmning yetkazilgan zarami qoplash (undirish) bilan bog‘liq qismi bo‘yicha ijro varaqasi yozib, hukmdan ko‘chirma, mol-mulkning xatlanganligi haqidagi hujjatlardan ko‘chirma olib, ijroga yuborishi lozim.
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- ishning tartib raqami;
- ishni ko‘rgan sudning nomi;
- taraflaming familiyasi, ismi va sharifi;
ijro harakatining mazmuni;
- ijro harakati yuzasidan sud qarorining qisqacha mazmuni;
- sud qarorining qonuniy kuchga kirgan sanasi;
- qarzdor va undiruvchining tug‘ilgan yili, manzili;
- ijro varaqasi berilgan sana;
- sudyaning va sud kotibining imzosi, sud nuihri;
Xususiy (alohida) ajrimlar nusxasi tegishli tashkilotlar, mehnat jamoalari va mansabdor shaxslarga yuboriladi. Bu xat nusxalari va kelganjavoblar yig‘majildga tikiladi. Ish yurituvi tamom bo‘lgan jinoyat va ma’mui;iy huquqbuzarlikka oid ishlar sud raisining imzosi bilan arxiv mudiriga topshirilishi lozim. Ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan shikoyat va protest keltirilmasa hamda u qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, shikoyat yoki protest muddati o‘tishi bilan hukm kuchga kirganligi haqida qamoq joyi boshlig‘iga sudya tomonidan maUumotnoma yuboriladi. Hukmning sudlanganlaming ayrimlariga tegishli qismiga shikoyat yoki protest keltirilgan hollarda (guruhli ishlar bo‘yicha yuqori sud tomonidan ular haqidagi hukm bekor qilinmasa) apellatsiya tartibida ko‘rilishi bilan hukm barcha sudlanganlarga nisbatan qonuniy kuchga kiradi va ijroga beriladi. Qamoq joylarida hukm, ajrim va qarorlar ijrosi bo‘yicha kelgan ma'lumotlar haqida devonxona mudiri ishlami hisobga olish varaqasiga tegishli belgi qo‘yadi, Devonxona mudiri ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan ammo hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar munosib xulq-atvorda bo’lish to‘g‘risida tilxat, shaxsiy, kafillik, jamoat birlashmasi yoki ja- moaning kafilligi, garov, voyaga yetmaganlami kuzatib turish uchun berish kabi ehtiyot choralari qoilanilgan shaxsga nisbatan hukm yuqori sud tomonidan o‘zgarishsiz qoldirilganligi haqidagi ajrimni olgach yoki hukm ustidan shikoyat berilmagan va protest bildirilmagan bo’lsa, uning shikoyat yoki protest bildirish muddati o‘tgach, 2 ta hukm nusxasini 3 kundan kechiktirmasdan mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ijro uchun yuboradi. Hukmni ijroga yuborish haqidagi xatda iming qachon qonuniy kuchga kirganligi ko‘rsatiladi va bu xat sudya tomonidan imzolanadi. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan voyaga yetmaganlarga nisbatan sud hukmi yoki ularga nisbatan majburlov choralari qo‘llash haqidagi ajrimning nusxalari ular yashaydigan joydagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullnuvchi komissiyalarga yuborilishi kerak. Hukmning tarbiyaviy ta’sirini oshirish maqsadida uning nusxasi sudlanganning o‘qish, yashash joylariga ham muhokama qilish uchun yuborilishi mumkin.


Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling