Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet2/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

22.05.2023
Mavzu: 1-§ “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati bilan tanishish.
Ushbu qonunga ko‘ra, sud tizimi o‘zgartirildi, Konstitusiyaviy sud va Sud'yalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi esa alohida qonunlar bilan belgilanadi. Mazkur Qonun 14 bob va 101-moddadan iborat.
Sudlar tizimi quyidagilardan iborat:
- Konstitusiyaviy sud;
- Oliy sudi;
- harbiy sudlar;
- Qoraqolpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
- Qoraqolpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
- tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
- tumanlararo ma'muriy sudlari.
Shuningdek, sudlarning maqomi va sud'yalar mustaqilligining kafolatlari, ularning huquqlari va majburiyatlari, sud'yalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar, shuningdek sud'yalarni, sudlarning raislari va rais o‘rinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi belgilangan. 35 yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud'yalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin.
Yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 15 yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sud'ya sifatida kamida 7 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs Oliy sud sud'yasi bo‘lishi mumkin.
Yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 10 yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sud'ya sifatida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqolpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining sud'yasi bo‘lishi mumkin. 35 yoshga to‘lgan va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida 7 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sud'yasi bo‘lishi mumkin.
Ilk bor sud'yalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Sud'yalar oliy kengashi huzuridagi Sud'yalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart.
O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi saqlanadi.
Mazkur Qonun bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom;

  • Sud'yalarning malaka darajalari to‘g‘risidagi nizom;

  • Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizom.

  • Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling