Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Mavzu: 2-§ Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat,tuman (shahar) sudining tuzilishi va tarkibini o‘rganish


Download 81.38 Kb.
bet3/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

23.05.2023
Mavzu: 2-§ Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat,tuman (shahar) sudining tuzilishi va tarkibini o‘rganish.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.Tarkibi olti sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni va qonun bilan o‘zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini rais o‘rinbosari bajaradi, u yo‘qligida esa, sud raisining vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari:vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vazifasini bajarib turadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling