Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari
Download 81.38 Kb.
|
amaloiyot23
24.05.2023
Mavzu: 3-§ Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat,tuman (shahar) sudlarida Ish Yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan tanishish. 25.05.2023 Mavzu: 4-§ Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman (shahar) sudi raisi, sudyalar hamda sud yordamchisining vazifalari bilan tanishish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qitilmagan holda ilk bor sudyalik lavozimlariga tayinlanishi mumkin. Sudyani lavozimga tayinlash tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.Sud raisini, rais o‘rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi. Viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi, rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishib olingan xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi. Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi. Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo‘lgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar sudyasining yoshi esa O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan xuddi shunday besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati besh yil. Shaxs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais o‘rinbosari lavozimini egallab turishi mumkin emas. Sud raisi, rais o‘rinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat o‘tgach tugaydi. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati o‘tganligi yoki u tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning sudyalik vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom ettiradi, mazkur sudda bo‘sh turgan sudyalik lavozimi bo‘lmagan taqdirda, o‘zining roziligi bilan sudyalik vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga o‘tkaziladi. Download 81.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling