Tasdiqlayman” “kelishildi” Amaliyot rahbari Qabulqiluvchi tashkilotdan Tayinlangan amaliyot rahbari


Download 81.38 Kb.
bet8/19
Sana21.06.2023
Hajmi81.38 Kb.
#1642308
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
amaloiyot23

01.06.2023
Mavzu: 9-§ Sud ishlari va hujjatlarni qabul qilish, qayd etish xisobga olish hamda jo‘natish tartibi bilan tanishish.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

02.06.2023
Mavzu: 10-§ Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rishga tegishli bo‘lmagan sud ishi yuzasidan bildirilgan taklif, ariza va shikoyatlarni qayd etish hamda hisobga olish tartibi bilan tanishish.
Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qat’i nazar, basharti O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (https://lex.uz/docs/-20596), ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Agar sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning ko‘rilishi uni yakka tartibda ko‘rib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi.
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni ko‘rish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.

Download 81.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling