Tasdiqlayman” Maktab direktori
Download 3.58 Mb.
|
4-sinf Sinf soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Oila - muqaddas dargoh. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish , insoniylik fazilatlarini tarbiyalash. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi II.Asosiy qism: Rivoyat Sherning oilasida uch nafar shervachcha dunyoga keldi.Ularning hali ko`zlari ochilmagan, shuning uchun ona sherning bag`ridan hech qayoqqa jilishmas,talashib-tortishib sut emishar edi.Oradan kunlar o`tib,sher bolalari ancha katta bo`lib qolishdi. Ular bir-birlari bilan kurash tushishar va vaqti- vaqti bilan ona sherning oldiga borib,sutga to`yib kelishar edi.Ularning o`sishini chetdan kuzatayotgan ota endi bolalarini ov qilishga o`rgatish payti kelganini tushundi va sekin irillab bolalarini chaqirdi. Lekin shervachchalar ota chaqirig`iga e`tibor ham berishmadi, avvalgidek o`yinlarini davom ettirib, yana talashib-tortishib onalarini ema boshladilar.Buni ko`rgan sherning jahli chiqib, qattiq na`ra tortdi. Uning ovozi hamma yoqni larzaga soldi, barcha jonivorlar tum-taraqay qochib ketishdi. Sher bolalari ham dahshatdan joylarida qotib qolishdi.Otalarining bunday vajohatini ular hech ko`rishmagan edi.Mag`rur turgan sherga ular ham qo`rquv, ham g`urur bilan qarashdi va shu paytda kimning naslidan ekanlarini ,hamda ulardan nima talab qilinayotganini birdan tushunishdi.Ona sher ularga xotirjam qarab turar edi. III.Yakuniy qism: Qissadan hissa shuki tarbiya oiladan boshlanadi.Oilada otaning o`rni alohida.uning qattiqqo`lligi esa farzandlari uchun foydalidir. Oila tuyg`usi har bir insonning qon-qoniga tabiatan singdirilgan bo`ladi. Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta unda yashaydigan kishilar-oila a`zolariga bog`liq.Ular o`zaro hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa, bu xonadon obod bo`ladi.Tejamkorlik, mehnatning to`g`ri taqsimlanishi, shukronalik bilan yashash oilaga qut-baraka keltiradi. O`zbekistonda oilaga e`tibor katta, uning farovonligi haqida qayg`urish ustivor vazifaga aylangan.Kam ta`minlangan oilalarga berilayotgan katta ahamiyat ham g`amxo`rlikning bir ko`rinishidir. Oila mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish. “Galereo”metodi O`quvchilar guruhlarga bo`linib,”oila”mavzusi bo`yicha rasm ishlanadi.Guruhlar o`z ishlarini devorlarga osib qo`yishadi.Bitta guruh a`zolari qolib, boshqa guruh a`zolari ishlarini ko`rib, o`z fikrlarini bildirishadi. Oila haqida maqol yoki hikmatli so`z topish Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling