Tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Savol: Yoshlarning manfatlari va extiyojlari qondirilmoqdami? Javob
Download 138.29 Kb.
|
Xakimov D Kafedra bayonomasi
Savol: Yoshlarning manfatlari va extiyojlari qondirilmoqdami?
Javob: Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish - Yangi O‘zbekistonni barpo etishimizda juda dolzarb masaladir. Harakatlar Strategiyasidan Taraqqiyot starategiyasi sari biz bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz. Ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi yo‘nalish-yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda - biz avvalo ularni jismonan sog‘lom, ruhan tetik, dunyo qarashi keng, zamonaga mos, hamnafas fikrlaydigan, Vatanga sodiq tarbiyalash bilan birga demokratik islohotlarni olib bormoqdamiz. Bu jarayonda davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, yoshlar tashkilotlarning samarali faoliyatlarini tashkil etmoqdamiz. Yoshlarni qo‘llab quvvatlashda, ularning xuquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashda qonun chiqaruvchi Oliy Majlis o‘rni bugungi kunda juda sezilarli. Uning qoshida "Yoshlar Parlamenti" tashkil etilishi ham ularga bo‘lgan diqqatni yorqin misolidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari xalqaro maydonda yoshlar manfatini ifoda etishda ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza mavjud. U yildan yilga zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilingan. Ushbu qabul qilingan hujjatlarning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilgan - 2018 yilda O‘zbekiston Prezidenti Farmoniga muvofiq “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu hujjat orqali tadbirkorlik, StartUPlar, g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarildi; -2020 yilda yoshlar yo‘nalishida yana bir muhim qadam tashlanib, Prezident qaroriga binoan mamlakatda yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi davlat tashkiloti – Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Yoshlarni yuqori darajada rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi; va yana ko‘plam misollar keltirishimiz mumkin. Download 138.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling