So‘zga chiqdi dissertant D.Xakimov: Ustozlarga qimmatli vaqtlarini ayamay, dissertatsiyani chuqur tahlil qilganlari hamda dissertatsiya yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ilmiy izlanishlarim yuzasidan bildirilgan barcha taklif va tavsiyalarni inobatga olaman. Hammangizga yana bir bor tashakkur.
Talabgor Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi yuzasidan kafedra ilmiy-seminarida ushbu masalani atroflicha muhokama qilib, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” va “Huquqiy fanlar” kafedralarining qo’shma kengaytirilgan 1-sonli ilmiy-nazariy seminari
QAROR QILADI:
Tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi tugallangan, mustaqil tadqiqot deb hisoblansin.
Tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy Kengashga himoyaga tavsiya etilsin.
Ilmiy-nazariy seminar raisi -
“Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri
s.f.d. (DSc), dots. U.X.Bo’tayev
Kotib – s.f.f.d. (PhD) N.Qarshiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |