Tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


Download 138.29 Kb.
bet7/10
Sana10.11.2023
Hajmi138.29 Kb.
#1761213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xakimov D Kafedra bayonomasi

Ilmiy-nazariy seminar raisi : Bildirilgan fikr va kamchiliklar yuzasidan so‘zni dissertant A.D.Xakimovga berildi.
D.Xakimov: Avvalo, ustozimiz f.f.d., prof. B.Tuychiyevga dissertatsiyani chuqur tahlil qilgani hamda asosli tavsiyalar bergani uchun minnatdorchilik bildirib, bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida dissertatsiyani takomillashtirishini qayd etib o‘tdi.
So‘zga chiqdi 2-taqrizchi Falsafa fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD) A.Turg’unov:
Dunyo miqyosida davom etayotgan turli darajadagi inqiroz holatidan chiqish yo‘llarini topish, shuningdek, uning ma’naviy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy tuzilmasini tubdan isloh qilish va yoshlar turmush darajasini yaxshilash eng muhim muammolardan biridir. Hayotning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarini, balki milliy mavjudlikning ma’naviy-axloqiy asoslarini ham qamrab olgan yoshlarni jamiyatdan begonalashuv jarayoni bilan tavsiflangan zamonaviy ijtimoiy-madaniy holatining o‘ziga xos xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan tadqiq qilish dolzarb ahamiyatga ega.
Dunyoning nufuzli universitet va ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, ijtimoiy-madaniy davomiylikning asosiy sub’ekti demak, yoshlar hisoblanadi. Aynan shu haqiqat yoshlar tomonidan jamiyatda mavjud ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni idrok etish bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish muhim ahamiyatga ega.
Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqotchi muammoning dolzarbligi va uni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojning mavjudligini yoshlarning dunyo miqyosidagi ulushi va O‘zbekiston yoshlarining aholi tarkibida salmoqli ulushga ega ekanligi bilan asoslaydi hamda hozirga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoy-siyosiy islohotlar va siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi borasida kuzatilayotgan tendentsiyalarda yoshlar faol subyektga aylanib borayotganligi hamda davlat siyosatida alohida ahamiyat berish mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
Tadqiqotning maqsadi, predmeti va o‘rganish usullarini hamda tadqiqotning vazifalarini aniq yo‘nalishlar orqali ko‘rsatib beradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi 4 ta yo‘nalishda o‘zini aksini topgan va har bir yo‘nalish yangicha yondashilganligi bilan kreativ qarash orqali yoritilganligi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotchi tomonidan chop etilgan maqolalar dissertatsiyaning mazmun-mohiyatini o‘zida aks etadi va OAK talablariga javob beradi.
Dissertatsiyaning “Jamiyatdan begonalashuv jarayonlarini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida begonalashuv tushunchasi uning kelib chiqish tarixi va faylasuflar tominidan ishlab chiqilgan begonalashuv konsepsiyalar xaqida ma’lumot berilgan. Dissertatsiyada yoshlar tushunchasiga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunga tayangan holda jamiyatning eng nufuzli va dinamik qatlam sifatida qaralgan. 2023-yil 1-oktabr holati ko‘ra, aholi soni 36 599 764 kishi bo‘lib, shundan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 27.4 % (9 675 024) ni tashkil etadi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan dalillanadi.
Tadqiqot ishida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan keng foydalanilganligi bilan ajralib turadi va ishning qiymatini oshiradi. Shuningdek tadqiqotda mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning mazmun-mohiyatini tuzilmaviy-funksional nuqtai nazardan tahlil etadi.
Dissertatsiyaning “Yoshlar ma’naviy - axloqiy begonalashuvini oldini olish: muammolar va yechimlar” nomli uchinchi bobida Yoshlarning alohida ijtimoiy-demografik guruh, ammo ular biron bir jamiyatda bir xil emaslarliklari. Yoshlarning asosiy xususiyatlari yosh еmas, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatlari. Yoshlar ma’lum bir ijtimoiy davrda ma’lum bir jamiyatning mahsulidir, shuning uchun jamiyatdagi o‘zgarishlarning yuqori sur’atlari bilan aynan o‘sha davr dinamikasi yoshlar avlodida keskin farqlarni shakllantiradi. Inqirozli jamiyatda yoki xavf ostida bo‘lgan jamiyatda yoshlarning ijtimoiylashuvi an’anaviy jamiyat doirasida shakllanishidan sezilarli darajada farq qiladi. Ba’zi yoshlarning ma’naviy salohiyatiga globallashuv va madaniyatning axborotlashtirish jarayonlari katta ta’sir ko‘rsatmoqda, natijada qadriyatlar tizimi keskin o‘zgarib bormoqda. Aslida, ba’zi yoshlarning ma’naviy madaniyati g‘ariblashmoqda. O‘zbek xalqining tarixiy taraqqiyot mobaynida saqlanib qolgan an’anaviy qadriyatlar tizimi hozirgi bosqichda o‘z ahamiyatini yo‘qotayotgan tendensiyalarni ham kuzatishimiz mumkin
Umuman olganda, tadqiqot mavzusi bugungi kun va istiqbol nuqtai nazardan tuzilmaviy-funksional o‘rganilganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot bo‘yicha tegishli xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar ham keltirilgan.
Tadqiqot ishida ayrim kamchiliklar mavjudligini ta’kidlash lozim. Ularni quyidagilarda ko‘rish mumkin.
Birinchidan, yoshlarning ijtimoiy-axloqiy jarayonlarda faolligini o‘rganganda uning tuzilmaviy-funksional jihatdan yondashish orqali jamiyatning turli ijtimoiy hayot sohalariga ta’siri o‘zaro aloqadorlikda chuqurroq tahlil etish maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, Yoshlarning begonalashuv jarayonlarini chuqurroq o‘rganish kerak va unda yoshlarni ma’naviy begonalashuviga ta’sir qilayotgan omillarni yanda kengroq tahlil etish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, bugungi yoshlarning faollik darajasini baholash va unga ta’sir etuvchi omillarni xususan, siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil etish zarur.
To‘rtinchidan, tadqiqot ishining boblariga xulosa, taklif va tavsiyalarni berish zarur.
Tadqiqot ishi dastlabki muhokamaga qo‘yilgan bo‘lsada, ancha shakllangan, tadqiqotchi mavzuni yoritishga mas’uliyat bilan yondashganligini va manbalardan yetarli darajada foydalanishga harakat qilganligini ta’kidlash lozim. Tadqiqot ishining mavzusi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligiga mos keladi va yuqorida bildirilgan kamchilik va mulohazalarni tuzatgan holda uni keyingi bosqichga tavsiya etish mumkin.

Download 138.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling