Tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
S.f.d.,professor. B.Omonov tomonidan bildirilgan fikrlar
Download 138.29 Kb.
|
Xakimov D Kafedra bayonomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majlis raisi
- Ilmiy-nazariy seminar raisi s.f.d. (DSc), dots . U.X.Bo‘tayev
S.f.d.,professor. B.Omonov tomonidan bildirilgan fikrlar:
Dissertant D.Xakimov “Yoshlarning jamioyatdan begonalshuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusi ustida bir necha yillardan beri ilmiy izlanishlar olib borayotganidan barchamiz habardormiz va mazkur mavzu tadqiqoti tugal amalga oshirilsa sohaga oid muammolarga yechim bo‘ladigan ilmiy xulosalar qilinadi degan fikrdaman. Dissertatsiya ishida Sadulla Atamuratovning “Yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish omillari” kitobidan foydalanib dissertatsiyani yanada boyitib kelgusi bosqichlarda muvafaqqiyat tilab qolaman. Majlis raisi: Norasmiy muhokama yuzasidan bildirilgan fikrlar fikr va tavsiyalar yuzasidan so‘zni dissertant D.Xakimovga berildi. Tadqiqotchi: D.Xakimov: ilmiy ishimni o‘qib chiqib, fikrlarini bildirgan professor A.Utamuradov, f.f.d professor., I.Ergashev va s.f.d., professor. B.Omonovlarga minnat-dorchilik bildirdi. Yuqorida aytilgan fikrlarga qo‘shilgan xolda ilmiy ishning yanada takomillashtirib, OAK talablari asosida to‘g‘irlashini ta’kidladi. Ilmiy-nazariy seminar raisi s.f.d. (DSc), dots. U.X.Bo‘tayev: tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi O’zbekiston Respublikasi OAK tomonidan qo’yilgan talablarga javob beradi hamda dissertasiya ishini O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi DSc03/30.12.2019.F.01.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarga himoyaga tavsiya etish taklifini ovozga qo’ydi: Rozilar - 29 nafar, Qarshilar - Yo’q. Betaraflar - Yo’q. Taklif bir ovozdan qabul qilindi. Ovoz berish natijalari va muhokamada bildirilgan fikr-mulohazalar asosida yakuniy xulosa qabul qilindi: XULOSASI 1 Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvining oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligiga to‘la mos; 2. Dissertatsiyada tadqiq va tahlil etilgan masalalar mantiqiy izchillikka ega, ularning tadqiqot natijalari joriy etilishi bilan asoslangani tadqiqotning real voqelikka mosligi va tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi; 3. Tadqiqot ishidan olingan natijalarning asoslanganligi ishda qo‘llanilgan usullar va ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar asoslangani, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani bilan izohlanadi. 4. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - falsafa va gumanitar fanlarda “begonalashuv” va “jamiyatdan begonalashuv”, “mehnatdan begonalashuv”, “ma’naviy-axloqiy begonalashuv”, “madaniy begonalashuv”, “siyosiy begonalashuv”, “iqtisodiy begonalashuv” muammosini shakllanishining asosiy bosqichlarini aniqlanib, ularning zamonaviy ijtimoiy voqelikni tushunishdagi ahamiyati ochib berilgan; - ijtimoiy-gumanitar fanlarda mavjud bo‘lgan begonalashuv tushunchalari va shaxs nazariyalarining tarixiy qiyosiy tahlili o‘tkazilib, ma’naviy-axloqiy rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda turli shakl va darajadagi begonalashuv jarayonining asosiy xususiyatlari tanqidiy tahlil metodi orqali o‘rganilgan; - arxaik jamiyatlarda begonalashuvning kelib chiqishi haqidagi ba’zi gipotezalarni postulatsiya qilish va yaqin kelajakda begonalashish harakatining mumkin bo‘lgan senariylarini modellashtirish orqali yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishda diniy va dunyoviy ilmlarning uyg‘unligini ta’minlash tamoyillari ochib berilgan; - empirik ma’lumotlarning ko‘p faktorli, regression tahlilini berish asosida yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan; 5. Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati: - “madaniyat”, “submadaniyat” va “aksilmadaniyat” tushunchalarining falsafiy mazmunini tahlil qilish orqali yoshlarda ma’naviy-axloqiy madaniyatini yuksaltirishning ilmiy, ijodiy va innovatsion mexanizmlari aniqlanib, bu borada aniq ilmiy amaliy xulosalar, taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan; - yoshlarning ma’naviy-axloqiy begonalashuvini oldini olishda submadaniyatini shakllantirishning shart-sharoitlari va omillari ilmiy-amaliy nuqtai-nazardan o‘rganilib, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-madaniy makonida ularning joylashuvi qonuniyatlari va chegaralari ko‘rsatib o‘tilgan. 6. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 9 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta maqola, shundan, 4 ta xorijiy jurnallarda va 5 ta respublika nashrlarida chop etilgan. Dissertatsiyani himoyaga tavsiya qilish uchun yetarli. Download 138.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling