Ilmiy-nazariy seminar raisi s.f.d.(DSc), dots. U.X.Bo‘tayev: Ikkinchi taqrizchi tomonidan bildirilgan fikr va tavsiyalar yuzasidan so‘z dissertant D.Xakimovga berildi.
Tadqiqotchi D.Xakimov: ilmiy ishimni sinchkovlik bilan o‘qib chiqqan hamda fikrlarini bildirgan Falsafa fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD) A.Turg’unovga minnatdorchilik bildirib, A.Turg’unov tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalari asosida dissertatsiya qayta ko‘rib chiqiladi.
Ilmiy-nazariy seminar raisi: navbat norasmiy muhokamaga o‘tilishini bildirib, seminar qatnashchilaridan dissertatsiyaga o‘z munosabatlarini bildirishini so‘radi.
Dissertatsiya yuzasidan quyidagi fikrlar bildirildi:
Professor A.Utamuradov tomonidan bildirilgan fikrlar:
D.Xakimov ilmiy ishini kafedra muhokamasiga qo‘yganligi bilan tabriklab, dissertant tanlagan, “Yoshlarning jamiyatdan begonalshuvini oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusi chin ma’noda bugunning dolzarb mavzularidan biridir. Dissertant mavzuni tadqiq qilish jarayonida uning dolzarb jihatlarini ochib bera olgan deb hisoblayman, shu bilan birga rasmiy taqrizchilar va kafedra a’zolari tomonidan fikrlar ham o‘rinlidir. Shu o‘rinda dissertant D.Xakimov ilmiy ishida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizmini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasining yoshlarga oid bandlarini va Yangilangan konstitutsiyada xam yoshlarga oid moddalarini kiritib, yangiliklarini yana bir qator o‘zgartirish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Dissertant D.Xakimovga keyingi ilmiy ishlari va muhokama jarayonlarida muvafaqqiyatlar tilab, ishni keyingi bosqichga tavsiya etdi.
F.f.d. professor, (PhD)., I.Ergashev tomonidan bildirilgan fikrlar:
Dissertant D.Xakimov bilan bir necha marotaba bu mavzu doirasida fikrlar almashganmiz, u haqiqatdan ham o‘zining ilmiy muammolarga bo‘lgan o‘ziga xos fikrlari bilan ajralib turadigan tadqiqotchilardan, shuni alohida ta’kidlash kerakki dissertantning shaxsiy xususiyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa dissertatsiyaning sifati unda ko‘tarilgan mavzuning ilmiy muhokamasi ham shunchalik sifatli bo‘lishi lozim, shundagina mutanosiblik ta’minlanadi. Begonalashuv tushunchasini dissertant o‘zining disertatsiyasida ijobiy yoki salbiy jihatligini aniq ochib bersa maqsadga muofiq bo‘lar edi. Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, dissertantga kelgusi ishlarida omad tilab, bildirilgan takliflarni inobatga olgan xolda ishning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada oshirish ustida ishlab, soha rivojiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |