Tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Yuridik fanlar nomzodi dotsent. V.E.Umaraliyev tomonidan berilgan savol
Download 138.29 Kb.
|
Xakimov D Kafedra bayonomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-nazariy seminar raisi s.f.d. (DSc), dots. U.X.Bo‘tayev
Yuridik fanlar nomzodi dotsent. V.E.Umaraliyev tomonidan berilgan savol: Dissertatsiyangizda begonalashuvni aynan kimga yoki nimaga nisbatan qo‘lagansiz?
Javob: savol uchun rahmat dissertatsiya ishimizda asosan zamonaviy jamiyatda yoshlarning maʼnaviy-axloqiy begonalashuv jarayoni biz tadqiqotimizning obekti sifatida olganmiz. Ilmiy-nazariy seminar raisi s.f.d. (DSc), dots. U.X.Bo‘tayev savol javoblardan keyin so‘zni birinchi taqrizchi f.f.d., prof. B.Tuychiyevga berildi. B.Tuychiyev: Tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvini oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasi hozirgi zamon ijtmioiy-falsafasining muhim masalalari asosida tayyorlangan va bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Dissertatsiyaning boblari va paragraflari bir-biriga mantiqan bog‘liq holda, tadqiqotning asosiy mazmuni yoritilgan. Ilmiy ish yaxlitligi va tugaganligini ta’minlagan. Xususan, dissertatsiyaning “Jamiyatdan begonalashuv jarayonlarini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida begonalashuv tushunchasi uning kelib chiqish tarixi va faylasuflar tominidan ishlab chiqilgan begonalashuv konsepsiyalar xaqida ma’lumot berilgan . Dissertatsiyada "Begonalashuv" tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida u birinchi bo‘lib 17-18-asrlardagi ijtimoiy shartnoma nazariyalarida paydo bo‘ladi, unda begonalashuv shaxslarning ayrim huquqlarini davlatga o‘tkazish harakati sifatida talqin etiladi. Begonalashuv tushunchasi nemis romantizm va nemis klassik falsafasining taniqli vakillari asarlarida yanada yaqqol aks ettirilgan. Nemis mumtoz falsafasida eng umumiy ma’noda begonalashuv - bu qandaydir mavhum ratsional mavjudot joylashgan va shu holatda bo‘lgan holda o‘zining namoyon bo‘lishini tan olmaydigan maxsus holatdir, va agar biz inson aql-idrok sohibi ekanligini qabul qilsak, begonalashuv va demak, uni yеngib o‘tish bu borliqning zaruriy lahzalari johiliyatdan bilim olishgacha bo‘lgan tabiiy harakatdir. Begonalashuv majburiy mehnatni yеngishni talab qiladigan ijtimoiy hodisa sifatida K. Marksning konseptual konstruksiyalarida ham batafsil ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u L.Feyerbaxning "begonalashuv" tushunchasini shaxslarning kundalik hayotidagi o‘ziga xos murakkab voqelikni tavsiflash niyatida bu tushunchani ishlatganligiga guvoh bo‘lamiz. kasbiy faoliyatni ijtimoiy-falsafiy pozitsiyadan uzoqlashtirish hodisasi. Begonalashuv so‘z ma’nosi jihatidan kimningdir boshqa narsadan yoki shaxsdan uzoqlashishini, ularning boshqa narsa yoki odam bilan funksional yoki semantik almashinuvining tugashini anglatadi. Begonalashuv turli xil shakllari, masalan, madaniy begonalashuv, professional begonalashuv va diniy begonalashuv dolzarb masalalar qatoriga kiradi. “Yoshlar ma’naviy-axloqiy begonalashuvining ijtimoiy omillari” deb nomlangan ikkinchi bobda, yoshlar bila bog‘liq masalalar keng yoritilgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, o‘tmishda ham, bugungi kunda ham yoshlar bilan bog‘liq masalalar har doim davlat hukumati e’tiborida bo‘lib kelgan. Xususan, qadimgi davrlarda davlat siyosatida yoshlar masalasi ustuvor ahamiyat kasb etgan va yoshlar muhim intellektual-jismoniy kuch sifatida qaralib, ularni mamlakat xavfsizligini ta’minlash va davlat taraqqiyot strategiyasining maqsadlarini amalga oshirishdagi o‘rni yuqori baholangan. Shuning uchun ham bunday ijtimoiy jihatdan faol yoshlar qatlami har qanday davlat va jamiyatning eng muhim manbalaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda yoshlarning aqliy va intellektual salohiyati jismoniy jihatdan ustunlikka ega. Shuning uchun alohida mamlakatlar va hukumatlar zamonaviy dunyoda yangi g‘oyalar va nazariyalar jamiyat va davlat rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanligini angladilar. O‘zbekiston Respublikasi ham bundan mustasno emas. Mamlakatimiz aholisi bo‘yicha dunyodagi eng yosh davlatlardan biri (aholining 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lganlar), uning aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi va ular mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarning salohiyati yangi ilmiy va ijodiy g‘oyalar va nazariyalar manbai, ijtimoiy barqarorlik va davlat xavfsizligi omili bo‘lgan taqdirdagina faxr va iftixorga loyiq bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu ulkan kuch jamiyat va davlatda qoloqlik, tartibsizlik, shuningdek, mintaqada va dunyo miqyosida davlat obro‘sining pasayishi omili bo‘lishi ham mumkin. Bunga ba’zi beqarorlik xukum surayotgan davlatlar misolida ham kuzatishimiz mumkin. Shu boisdan ham yoshlar tarbiyasi mamlakat kelajagini barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiyaning “Yoshlar ma’naviy - axloqiy begonalashuvini oldini olish: muammolar va yechimlar” nomli uchinchi bobida Yoshlarning alohida ijtimoiy-demografik guruh, ammo ular biron bir jamiyatda bir xil emaslarliklari. Yoshlarning asosiy xususiyatlari yosh еmas, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatlari. Yoshlar ma’lum bir ijtimoiy davrda ma’lum bir jamiyatning mahsulidir, shuning uchun jamiyatdagi o‘zgarishlarning yuqori sur’atlari bilan aynan o‘sha davr dinamikasi yoshlar avlodida keskin farqlarni shakllantiradi. Inqirozli jamiyatda yoki xavf ostida bo‘lgan jamiyatda yoshlarning ijtimoiylashuvi an’anaviy jamiyat doirasida shakllanishidan sezilarli darajada farq qiladi. Ba’zi yoshlarning ma’naviy salohiyatiga globallashuv va madaniyatning axborotlashtirish jarayonlari katta ta’sir ko‘rsatmoqda, natijada qadriyatlar tizimi keskin o‘zgarib bormoqda. Aslida, ba’zi yoshlarning ma’naviy madaniyati g‘ariblashmoqda. O‘zbek xalqining tarixiy taraqqiyot mobaynida saqlanib qolgan an’anaviy qadriyatlar tizimi hozirgi bosqichda o‘z ahamiyatini yo‘qotayotgan tendensiyalarni ham kuzatishimiz mumkin Yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, uni turli tahdidlardan asrash, ongini yuksaltirish ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotchi mavzu doirasida katta hajmli ishlarni amalga oshirgan, xususan, statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan, sotsiologik so‘rovlarni o‘tkazgan. Barcha ilmiy tadqiqotlarda bo‘lgani kabi dissertatsiyada yuqorida ta’kidlangan yutuqlar qatorida, bizning nazarimizda, ba’zi juz’iy kamchiliklar uchraydi. Ushbu kamchiliklar shaxsiy fiklarimiz bo‘lib, tadqiqotning umumiy saviyasiga putur yetkazmaydi. 1. Dissertatsiyaning kirish qismini OAK talablari asosida qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq 2. Dissertatsiyaning o‘rganiganlik darajasi kengayligi sababli, uni qisqatirish lozim; 3. Dissertatsiyaning xulosalarini ixchamlashtirish lozim; 4. Dissertatsiyaning taklif-tavsiyalarini kuchaytirsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 5. Dissertatsiyada arfografik va stilistik xatolar uchrab turadi. ularni bartaraf etish lozim. 6. Dissertatsiyaning 3 bobi paragraflariga yana bitta paragrif qo‘shish kerak. Yuqoridagi nuqsonlar dissertatsiyaning ilmiy qimmatiga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi. Dissertatsiyaning nazariy kontseptual strukturasi ishning mantiqiy izchil reja bo‘yicha yoritilganligi va ilmiy ishning tugallanganligidan dalolat beradi. Avtoreferat va muallif tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar dissertatsiya mazmunini aks ettiradi. D. Xakimovning dissertatsiyasi OAK “Nizom”i talablariga javob beradi. Yuqoridagi fikrlar asosida, tadqiqotchi Xakimov Dilmurod Abdulbokiyevichning “Yoshlarning jamiyatdan begonalashuvini oldini olishning ijtimoiy-axloqiy asoslari” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi mustaqil tugallangan tadqiqot ekanligini ta’kidlab keyingi bosqichga tavsiya qilindi. Download 138.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling